Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi olma rasmini ko’rsatib deydi: Bolajonlar, qaranglar, qanday chiroyli olma! Men uni yuqoriga joylashtiraman. (Olma rasmini flanelegrafning yuqori qismiga joylashtiradi). Yuqorida qancha olma bor? Menda yana olmalar bor, men ularni pastga joylashtiraman. (Ko’p olmalarni flanelegrafning pasti qismiga joylashtiradi). Yuqorida qancha olma bor? 1 ta olma qayerda? Pastda qancha olma? Qayerda olmalar ko’p?».
Flanelegrafdan olmalarni olib, daraxt rasmi yopishtiriladi va bolalarga navbati bilan bittadan kelib barglarni joylashtirib chiqish taklif qilinadi. «Siz bargni daraxtning yuqoridagi shoxiga joylashtirishni xoxlaysizmi yoki pastdagi shoxigami. Yaxshi, yuqoriga joylashtirishni xoxlasangiz, marhamat, joylashtiring». Xuddi shu tarzda olmalar xam daraxt shoxlariga yopishtiriladi. Oxirida so’raladi: «Bolalar, daraxtimizning barglari qancha? To’g’ri, daraxtimizning barglari ko’p. Barglarning rangi qanday? Barglar yashil rangda. Har birimiz nechtadan barg yopishtirdik? To’g’ri, 1 tadan. Bolajonlar daraxtimizda olmalar qancha? To’g’ri, daraxtimizda olmalar kup. Olmalarning rangi qanday? Olmalar qizil rangda.
Har birimiz nechta olma joylashtirdik? To’g’ri, 1 tadan. Kimlar olma va barglarni yuqoriga joylashtirdi? Yuqoriga joylashtirganlar o’ng qo’lini ko’tarsin. Yaxshi, demak Kamol, Jamol, Feruzalar olma va barglarni yuqoriga joylashtirdilar. Kimlar olma va barglarni pastga joylashtirdi? Qani o’ng qo’lini ko’tarsin. Yaxshi Ulugbek, Maftuna, Sarvarlar olma va barglarni pastga joylashtirdilar».
Bolalar bilimini mustahkamlash uchun O’yin: «Yuqorida-pastda».
Tarbiyachi: «Bolalar, qaranglar, guruhimizga kim mehmon bo’lib kelibdi? Kachal polvon. Kachal polvon toza, chiroyli kiyimlarini kiyib kelgan. Uning qalpogi qanday rangda? Ko’ylagichi?» Kachal polvon bolalarga «Kim to’g’ri ko’rsatadi va aytadi?» O’yinini o’ynashni taklif qiladi. «Mening boshim yuqorida, sizlarnikichi? Shoxruxning boshi kaerda? Salimanikichi? va b.»
So’ng bolalardan ko’kragini, o’ng qo’lini, chap qo’lini, oyogini ko’rsatishni va aytishni so’raydi hamda o’ng (chap) oyog’i bilan mashq bajartiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |