Ilk qadam davlat o‘quv dasturi asosida kichik guruhlarda yil davomida


Koptokni chap qo’l bilan nishonga otish osonmi, o’ng qo’l bilan


Download 151.6 Kb.
bet7/50
Sana31.01.2024
Hajmi151.6 Kb.
#1831998
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   50
Bog'liq
Son va sanoq-fayllar.org

1. Koptokni chap qo’l bilan nishonga otish osonmi, o’ng qo’l bilan
otish osonmi?
2. Tugmalarni qaysi qo’lda terish oson buldi, o’ng qo’ldami, chap
qo’ldami?
Faoliyat yakunida bolalarni rag’batlantirish.

Fazoviy tasavvur

Mavzu: Predmetlarni o’ng qo’l bilan chapdan o’ngga qo’yishni o’rgatish

Maqsad:

      • 2 xil rangdagi qatorga predmetlarni navbati bilan chapdan o’ngga taxlab chiqishni (bitta va ko’p), predmetlarni o’ng qo’l bilan chapdan o’ngga qo’yish, qatorning rangini va o’yinchoqlarning miqdorini aytishni, chap va o’ng tomonni farqlashni o’rgatish.

      • Bolalarni topshiriqni diqqat bilan eshitishga va topshiriqni aniq bajarishga odatlantirish.



Kutilayotgan natija:
  • Bolalar predmetlarni o’ng qo’l bilan chapdan o’ngga taxlab qo’yishni va o’ng-chapni farqlashni o’rganadilar.


Kerakli jihozlar:


      • Har bir bolaga savatchalarda kichikroq o’yinchoqlar to’plami.

      • Qizil va ko’k rangda qog’oz (eni 10 sm, buyi 20 sm).

Faoliyatning borishi:



Tarbiyachi: Bolalar, qaranglar, savatchalaringizda chiroyli quyonchalar bor. Bittadan quyoncha olinglar. Jamol nechta quyoncha oldingiz? Muxayyo sizchi? Bolalar, savatchada qancha quyoncha qoldi? Quyonchani o’ng qo’lingizda ushlab baland ko’taring.

Agar biron kishi adashsa, tarbiyachi esiga tushiradi, o’ng qo’lingiz-bu qoshikni ushlaydigan qo’lingiz. O’ng qo’lini ko’tarmagan bolalar yoniga borib, tushuntiradi: «Mana bu sizning o’ng qo’lingiz, bunisi chap qo’lingiz. Quyonchani savatchaga kuyib turamiz. Bolalar stolda har biringizning oldingizga ko’k va qizil qog’ozlar qo’yilgan.

(Har bir bolaning qog’ozi stol ustida bir xil turishi kerak).

Chap qo’lingizni ko’k qog’ozga qo’ying, o’ng qo’lingizni qizil qog’ozga qo’ying. Ko’k qog’oz sizning chap tomoningizda, chap qo’l tomonda. Qizil qog’oz o’ng tomoningizda, o’ng qo’l tomonda. Endi savatchadan bitta quyoncha olib baland ko’taring. Chap tomonga ko’k qog’ozga 1 ta quyoncha qo’ying. O’ng tomonga qizil qog’ozga ko’p quyonchalar qo’ying. Buning uchun, chap qo’lingiz bilan qizil qog’ozni ushlab turing va o’ng qo’lingiz bilan quyonchalarni chapdan o’ng tomonga terib chiqing».


Bolalar qo’yib bo’lishganidan so’ng qizil va ko’k qog’ozlarga qanchadan quyonchalar qo’yilgani so’raladi. Avval savollar alohida beriladi, so’ng qizil va ko’k qog’ozlarga nechtadan quyon qo’yganini darrov aytishi lozim. Agar bolalar javob berishga qiynalishsa, tarbiyachi javob namunasini aytadi.



Mashq topshiriqni almashtirish bilan davom ettiriladi. Masalan: chap tomondagi qog’ozga ko’p o’yinchoqlarni qo’yish, o’ng tomondagi qog’ozga 1 ta o’yinchoq qo’yish yoki qizil qog’ozni chapga, ko’k qog’ozni o’ngga qo’yish.



Download 151.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling