Bolalar bilimini mustahkamlash va tekshirish uchun savollar:
1. Biz qaysi geometrik shaklni o’rgandik?
2. Kvadratning yumalashiga nimalari halaqit beradi?
3. Xonamizda kvadratga o’xshaydigan narsalar bormi?
Faoliyat yakunida bolalarni rag’batlantirish.
Geometrik shakllar
Mavzu: Doira va kvadratni bir-biridan farqlashga o’rgatish
Maqsad:
Kvadrat va doira shakllarining nomini to’g’ri aytishni, ularning konturi bo’ylab ko’rsatkich barmoqni yurgizib farqlashni o’rgatish.
Kutilayotgan natija:
Kerakli jihozlar:
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi doirani ko’rsatadi va so’raydi: «Bu nima?» O’zlaridagi shunday shaklni topishni va ko’rsatishni taklif kiladi.
So’ng kvadratni ko’rsatib so’raydi: «Bu nima? Bu kvadrat! Sizlarga berilgan shakllardan qaysi biri kvadrat? Kvadratni topinglar va ko’rsatinglar.
Ulugbek nimani ko’rsatdi? Jamolbekchi? (Shakllar flanelegrafga joylashtiriladi.) Men doiraning chetidan barmogimni yurgizib chiqaman, sizlar menga yordam berasizlar. Havoda doiraning chetidan barmoq yurgizib chiqing. Qo’limiz to’siqqa uchradimi? Uchramadi. Endi kvadratning chetidan barmogimizni yurgizib chiqamiz. Barmogimizni to’g’ri yurgizamiz, mana bu burchak, barmogimizni buramiz, yana to’g’ri yurgizamiz, yana burchak barmogimizni buramiz. Yana doiraning chetidan barmoq yurgizib chiqing, keyin kvadratning chetidan. Sizlar nimaning chetidan barmoq yurgizdingiz? Kelinglar hammamiz birgalikda aytamiz: kvadrat! Doirani yumalatamiz. Doira yumaladimi? Kvadratni yumalatamiz. Nima uchun kvadrat yumalamadi? Kvadratning ustiga doirani qo’yaman. Kvadratning burchaklari ko’p ekan. (Kvadratning burchaklarini ko’rsatadi.) Kvadrat yumalamaydi, burchaklari halaqit beradi. Doiraning burchaklari yoq. Shuning uchun doira yumalaydi.
Bolalarga o’ng qo’liga kvadratni, chap qo’liga doirani olish taklif qilinadi. Keyin ularni oldilaridagi stol ustiga qo’yib doira va kvadratning chetidan barmoq yurgizib chiqadilar. Tarbiyachi ular nima qilayotganlarini tushuntirib berishlarini suraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |