Ilk qadam davlat o‘quv dasturi asosida kichik guruhlarda yil davomida
Download 151.6 Kb.
|
Son va sanoq-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bolalar uchun amaliy ish.
- Guruhiy ish.
Faoliyatning borishi:
«Qiziq, «Sehrli xaltacha»da nima bor ekan?»- so’raydi tarbiyachi. U xaltachadan kvadratni chiqarib oladi va bolalarga ko’rsatadi. «Bu shakl qanday nomlanadi? U qanday rangda? Bolalar, sizlar xam kvadratlaringizni ko’rsatinglar. Yaxshi. «Sehrli xaltacha»da yana nimalardir bor». Tarbiyachi uchburchakni ko’rsatib tushuntiradi: «Bu uchburchak. Uchburchak qanday rangda? Sizlarda uchburchak bormi? Qani, uchburchakni o’ng qo’lda ushlab, baland ko’taringlarchi. Yulduzdagi uchburchak qanday rangda? Kamolning uchburchagi qanday rangda?» Tarbiyachi uchburchakning konturi bo’ylab qo’lini yurgizib chiqadi, bolalarni ham qo’lini havoda shunday harakat qilishga o’rgatadi. «Biz qanday shakl ustidan barmogimizni yurgizib chiqdik? Oldin uchburchakning chetidan, keyin kvadratning chetidan o’ng qo’lingizning ko’rsatkich barmogini yurgizib chiqing. Uchburchakni yumalatib ko’ramiz. Uchburchak yumaladimi? Yo’q. Nima uchun? To’g’ri, burchaklari halaqit beradi. Kvadrat yumalaydimi? Kvadrat yumalamaydi, chunki o’nga ham burchaklari halaqit beradi. Uchburchakni chap qo’lda, kvadratni o’ng qo’lda ushlanglar. Uchburchakni chapga, kvadratni o’ngga qo’yinglar». Keyin yana topshiriq beradi: Chapdagi uchburchakning ustiga bitta sabzi, o’ngdagi kvadratning ustiga ko’p sabzi qo’ying. Tarbiyachi: «Uchburchak va kvadratning ustiga qanchadan sabzi qo’ydingiz?» - deb so’raydi. Bolalar: «Uchburchakning ustiga bitta sabzi qo’ydik, kvadratning ustiga ko’p sabzi qo’ydik», deb javob beradilar. Atrofimizdagi qaysi predmetlar uchburchak shakliga o’xshaydi? Bolalar uchun amaliy ish. Bolalarga uchburchak, doira va kvadrat shakllari tasvirlangan kartochkalar tarqatiladi va quyidagicha topshiriq beriladi: Rasmdagi uchburchak shakllarini birlashtirib chiqing. Bolalar uchburchak shakllarini qalam yordamida birlashtirib chiqadilar.
Guruhiy ish. Tarbiyachi bilan bolalar gilam ustida doira qurib o’tiradilar. Gilamda katta klyonka ustida plakat va geometrik shakllar (doira, uchburchak, kvadrat) to’plami. Tarbiyachi boshchiligida geometrik shakllardan turli narsalarni applikatsiya usulida yopishtiradilar. Buning uchun goyani bolalardan so’rash mumkin. Masalan: «Bolajonlar, mana shu geometrik shakllardan turli narsalarni yasash mumkin, hozir nimalar yasashni xoxlashingizni aytasizlar. Men yozib olaman va birgalikda yasaymiz. Download 151.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling