Mavzu. Turli materiallardan bayram sovg’asini tayyorlash
Ajratilgan soat – 2
Mashgulot turi – amaliy
Asosiy masalalar:
Turli materiallar bilan ishlash texnologiyasi
Sovg’a uchun vaza tayyorlash
Sovg‘alar insonlarga yaxshi tilaklar bildirish, bayramlar bilan, tug‘ilgan kunlari bilan tabriklash uchun foydalaniladigan vositadir. Sovg‘alar asosan gullar, turli taqinchoqlar, suvenirlar, kitoblar va hokazo ko‘rinishlarda bo’ladi. Agar yaqin kishilarimiz uchun sovg'alami o‘z qo’limiz bilan tayyorlasak, sovg‘a yaqin kishimiz va o‘zimiz uchun qadrliroq bo’ladi. Har kuni atrofimizda bir qancha narsalar ishlatilib bo‘ lgandan so‘ng keraksiz narsa sifatida chiqindiga tashlanadi. Biz shu keraksiz materiallardan foydalanish mumkin bo’lgan turli narsalarni tayyorlashimiz mumkin. Masalan: Tabriknomalardan gullar uchun vaza tayyorlash mumkin. Buning uchun bizga karton, gullar shakli tushirilgan tabriknomalar, igna, ip, qaychi kerak bo’ladi.
Kartondan vaza tayyorlash texnologiyasi
Yasash bosqichlari:
- Vaza andozasini tayyorlash uchun uzunligi 15 sm, bo‘yi 10 sm bo’lgan karton kesib olinadi.
- Kartonga vazaning rasmi chiziladi va qaychi yordamida kesib olinadi.
- Vazani tayyorlash uchun bizga gullar rasmi tushirilgan tabriknomalar kerak bo’ladi.
- Kartondan tayyorlangan andozalar asosida gullar rasmi tushirilgan tabriknomalar ustiga qo‘yib chizib olinadi va shu chiziq asosida kesib olinadi.
- Vazani tayyorlash uchun uch xil gulli karton kerak bo‘ladi.
- Har bir kartonni bir-biriga biriktirib tikib chiqiladi.
- Vazani tikishda archasimon chokdan foydalanib bir xil o‘ lchamda tikish tavsiya etiladi.
Vaza tayyor bo‘ldi. Unga turli hajmdor gullarni solib onajonlarimizga, buvilarimizga, opa-singilllarimizga sovg'a qilishimiz mumkin.
Mustaqil ish topshiriqlari:
Turli materiallar to’plang
O’zingiz mustaqil boshqa bir bayram sovg’asini yaratishga harakat qiling
Do'stlaringiz bilan baham: |