Bolalar uchun amaliy ish.
Tarbiyachi: Bilmasvoy poezd qurganligini aytadi. Poezd yura oladimi? Nima uchun yurolmaydi? Ma’lum bo’ladiki, vagonlarning gildiraklari yo’q ekan. «Nimadan gildirak qilsa buladi? Nima uchun? Kvadratlardan gildirak qilish mumkinmi? Yo’q! Nima uchun?» Bir bolani chaqirib doira va kvadratni yumalatib ko’rishni taklif qiladi.
Keyin tarbiyachi bolalarni navbat bilan chaqirib, doirani topib vagonga gildirak qilib yopishtirishni o’rgatadi. Oxirida tarbiyachi so’raydi: «Poezdning gildiraklari qancha? Jamolbek nechta gildirak qo’ydi? Kamol nechta qo’ydi? Yulduzchi? Farrux nechta qo’ydi?»
«Poezd» O’yini.
Bolalar bir-birlarining orqasidan bir qator bo’lib turib oladilar. Poezd yo’lga chiqishga tayyorlanadi, gudok beradi: U-u-u! Bolalar qo’llarini xarakatlantirib tarbiyachi bilan birga talaffuz qiladilar: «Chux-chux, chux-chux, chux-chux».
Bolalar bilimini mustahkamlash va tekshirish uchun savollar:
1. Doiraning burchaklari bormi?
2. Kvadratning yumalashiga nimalari halakiq beradi?
Faoliyat yakunida bolalarni rag’batlantirish.
Geometrik shakllar
Mavzu: Uchburchak shakli bilan tanishish
Maqsad:
Kutilayotgan natija:
Kerakli jihozlar:
Tarkatma material:
Har bir bolaga kvadrat va uchburchaklar.
Savatchada kichik o’yinchoqlar ( 3-4 tadan).
5-rasm (xar bir bolaga).
Plakat va geometrik shakllar (doira, kvadrat, uchburchak) to’plami.
Do'stlaringiz bilan baham: |