Ilk yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish uslubiyoti referat


Ilk yoshgacha bo’igan bolalar nutqini rivojlantirish


Download 29.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana27.10.2023
Hajmi29.85 Kb.
#1726127
1   2
Bog'liq
MAKTABGACHA TA\'LIMDA FAOL RIVOJLANUVCHI MUHITNI YARATISH UCHUN STEAM TA\'LIM TEXNOLOGIYALARINI QO\'LLASH

2 . Ilk yoshgacha bo’igan bolalar nutqini rivojlantirish 
bo’yicha mashg’ulotlar o’tkazishni loyihalashtirish 
‘Bolalar bog’chasida ta’lim-tarbiya dasturi’’da 2 yoshgacha 
bo’lgan bolalar nutqini rivojlantirish bo’yicha vazifalarni bajarishga 
yordam beruvchi mashg’ulotlarning ro’yxati berilgan. Ushbu nutqni 
rivojlantiruvchi mashg’ulotlar to’rt guruhga taq- simlangan. Bunda 
mashg’ulotda foydalanish mumkin bo’lgan ko’rgazmali vositalar 
hisobga olingan. Ko’rgazmali vosita sifatida jonli (mushuk, kuchuk, 
jo’ja, akvariumdagi baliq, qafasdagi qush va hokazo) va jonsiz 
(o’yinchoqlar) obyektlar, narsa- buyunilar, o’yinchoqlarning tasviri 


tushirilgan suratlar va boshqalar bo’lishi mumkin. Nutqni 
rivojlantirishda bolalarni hayvonlar va harakatlanuvchi transport 
vositalari (avtomobil, tramvay, trolleybus, matoroller va hokazolar) 
bilan tanishtirish katta ahamiyatga ega. Bu obyektlarni guruh xonasida 
olib boriladigan mashg’ulotlarda va sayr vaqtida kuzatish mumkin.
Tabiiy sharoitda hayvonlarni va harakatlanayotgan turli transport 
vositalarini kuzatish bolalarda ixtiyorsiz diqqatning paydo bo’lishiga 
sabab bo’ladi. Bu esa tarbiyachining kuzatilayot- gan obyektning 
muhim belgilariga, harakatlariga bolalar e’tiborini qarata olishiga 
yordam beradi. Masalan, sayr vaqtida hamshira- tarbiyachi: ‘Salim, 


qaragin, kuchukcha yuguryapti. Ana, u nimanidir qidiryapti. U suyak 
topib oldi, uni g’ajiyapti. Kuchukcha qochib ketdi“, ‘Qaranglar
mushuk kelyapti. Yurib, yurib, to’xtadi. Boshini burib, bizga 
qarayapti. Cho’qqayib o’tirdi. Hali ham o’tiribdi. U charchagan.
O’tirib, dam olyapti. Uning ko’zi qani? Qu!oqlari-chi? Dumi 
qani
9
Ana. mushukcha yurib ketyapti, endi yuguryapti. Mushukcha 
ketib qoldi“.
Takroriy kuzatishga bolalarni oldindan tayyorlash kerak. 
Tayyorgarlikning mazmuni quyidagicha bo’ladi: ‘Bugun sayr qilgani 
boramiz, ko’chada qanday mashinalar yurayotganini kuzatamiz. 


Qushlarning uchishini kuzatamiz. Daraxtda qo’nib o’tirgan qushlarni 
kuzatamiz, qanday sayrashini tinglaymiz".
Bolalarni jonsiz obyekt bilan tanishtirish sayr vaqtida tashkil 
etilishi mumkin. Masalan, bolalar bog’chasi binosining tashqi 
ko’rinishi bilan tanishtirish niashg’uloti quyidagicha o’tkaziladi:
(Ushbu mashg’ulot yilning ikkinchi yarmida o’tkaziladi.)
Mashg’ulotning mavzusi: ‘Bizning bog’cha".  
Maqsadi: bolalarni bog’cha binosining tashqi ko’rinishi bilan 
tanishtirish.


Hamshira-tarbiyachi bolalarni sayrga olib chiqqandan keyin
bolalar 15—20 daqiqa o’ynaydilar. So’ngra hamshira-tarbiyachi 
bolalarni to’plab, bog’cha binosiga diqqat bilan qarashni aytadi.
Mashg’ulotning borishi. ‘Salim, Komila, Oliva, qaranglar, mana 
bu katta bino bizning bog’chamiz. Biz hammamiz unda yashaymiz. 
Mana bu eshik, biz undan sayr qilish uchun chiqdik. Sayrdan keyin, 
shu eshik orqali o’tib, o’z guruhimiz xonasiga kiramiz. 
Bog’chamizning eshiklari juda ko’p. Mana yana bitta eshik. Bu eshik 
orqali oshxonaga kiriladi. Bular esa deraza. Qaranglar, qancha ko’p 


deraza. Mana deraza, mana yana deraza. Mana bizning guruhimiz 
xonasining dcrazasi".
Bu mashg’ulot bir necha marta takrorlanadi (2 — 4 marta). 
Takrorlash vaqtida quyidagi savollarni berish mumkin: ‘Bizning 
bog’chamiz qani? Bu nima? Sayrdan keyin biz qaysi eshikdan 
ichkariga kiramiz? Bizning guruhimizning eshigi qani?" Keyingi 
mashg’ulotlarda esa bolalarga katta va kichkina uylarni ko’rsatib, har 
bir uyning derazasini va eshigini ko’rsatishni taklif etish kerak. Ikki 
yoshli bolalar bilan o’yinchoqlar yordamida mashg’ulot o’tkazishda 
quyidagilarga katta ahamiyat beriladi: 1) o’yinchoqning xususiyati 


bilan tanishtirish uchun bitta o’yin- choqni ko’rsatish; 2) o’xshash va 
farqli tomonlarini aniqlash uchun ikkita o’yinchoqni taqqoslash; 3) bir 
qancha o’yinchoq ichidan bitta o’yinchoqni tanlab olish; 4) bir qancha 
o’yinchoqni ko’rsatish — ‘Ajoyib xaltacha"; 5) o’yinchoqni ko’rib 
chiqish va u haqda hikoya qilish uchun o’yinchoqlarni qidirib topish.
O’yinchoqlar bilan o’tkaziladigan mashg’ulotlarni ikki qismdan 
iborat qilib tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Mash- g’ulotning 
birinchi qismida o’yinchoqlar ko’rsatiladi, u orqali turli harakatlar qilib 
ko’rsatiladi, turli so’zlar aytiladi, bolalar tarbiyachi (kattalar) 
tomonidan aytilgan turli so’zlarni tak- rorlaydilar.


Masalan: hamshira-tarbiyachi (ota-ona) qo’g’irchoqni bolaga 
ko’rsatib: ‘Lola, qara, qo’g’irchoq qanday raqsga tushadi, tinglagin, u 
qanday ashula aytadi? Uni chaqir va shunday degin: ‘Karima, bizning 
yonimizga kel“.
 
 


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 
1. Asqarova М., Abdultayev К, Omilxonova M. O’zbek tili darsligi 
(7- sinf)- Т.,
,,0’qituvchi".
2. 
Razbayeva E
.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan suhbat 
o’tkazish. Т.,
‘O’qituvchi".
3. 
Usmonova 0’. Talaffuz madaniyati. Т., ‘Fan"

Download 29.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling