Ilk yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish uslubiyoti referat
Ilk yoshgacha bo’igan bolalar nutqini rivojlantirish bo’yicha mashg’ulotlar o’tkazishni loyihalashtirish
Download 20.66 Kb.
|
1 2
Bog'liqMAKTABGACHA TA’LIM YOSHDAGI BOLALARNI NUTQIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH FAOLIYATINI LOYIHALASHTIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: Asqarova М., Abdultayev К, Omilxonova M.
2 . Ilk yoshgacha bo’igan bolalar nutqini rivojlantirish bo’yicha mashg’ulotlar o’tkazishni loyihalashtirish
‘Bolalar bog’chasida ta’lim-tarbiya dasturi’’da 2 yoshgacha bo’lgan bolalar nutqini rivojlantirish bo’yicha vazifalarni bajarishga yordam beruvchi mashg’ulotlarning ro’yxati berilgan. Ushbu nutqni rivojlantiruvchi mashg’ulotlar to’rt guruhga taq- simlangan. Bunda mashg’ulotda foydalanish mumkin bo’lgan ko’rgazmali vositalar hisobga olingan. Ko’rgazmali vosita sifatida jonli (mushuk, kuchuk, jo’ja, akvariumdagi baliq, qafasdagi qush va hokazo) va jonsiz (o’yinchoqlar) obyektlar, narsa- buyunilar, o’yinchoqlarning tasviri tushirilgan suratlar va boshqalar bo’lishi mumkin. Nutqni rivojlantirishda bolalarni hayvonlar va harakatlanuvchi transport vositalari (avtomobil, tramvay, trolleybus, matoroller va hokazolar) bilan tanishtirish katta ahamiyatga ega. Bu obyektlarni guruh xonasida olib boriladigan mashg’ulotlarda va sayr vaqtida kuzatish mumkin. Tabiiy sharoitda hayvonlarni va harakatlanayotgan turli transport vositalarini kuzatish bolalarda ixtiyorsiz diqqatning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Bu esa tarbiyachining kuzatilayot- gan obyektning muhim belgilariga, harakatlariga bolalar e’tiborini qarata olishiga yordam beradi. Masalan, sayr vaqtida hamshira- tarbiyachi: ‘Salim, qaragin, kuchukcha yuguryapti. Ana, u nimanidir qidiryapti. U suyak topib oldi, uni g’ajiyapti. Kuchukcha qochib ketdi“, ‘Qaranglar, mushuk kelyapti. Yurib, yurib, to’xtadi. Boshini burib, bizga qarayapti. Cho’qqayib o’tirdi. Hali ham o’tiribdi. U charchagan. O’tirib, dam olyapti. Uning ko’zi qani? Qu!oqlari-chi? Dumi qani9 Ana. mushukcha yurib ketyapti, endi yuguryapti. Mushukcha ketib qoldi“. Takroriy kuzatishga bolalarni oldindan tayyorlash kerak. Tayyorgarlikning mazmuni quyidagicha bo’ladi: ‘Bugun sayr qilgani boramiz, ko’chada qanday mashinalar yurayotganini kuzatamiz. Qushlarning uchishini kuzatamiz. Daraxtda qo’nib o’tirgan qushlarni kuzatamiz, qanday sayrashini tinglaymiz". Bolalarni jonsiz obyekt bilan tanishtirish sayr vaqtida tashkil etilishi mumkin. Masalan, bolalar bog’chasi binosining tashqi ko’rinishi bilan tanishtirish niashg’uloti quyidagicha o’tkaziladi: (Ushbu mashg’ulot yilning ikkinchi yarmida o’tkaziladi.) Mashg’ulotning mavzusi: ‘Bizning bog’cha". Maqsadi: bolalarni bog’cha binosining tashqi ko’rinishi bilan tanishtirish. Hamshira-tarbiyachi bolalarni sayrga olib chiqqandan keyin, bolalar 15—20 daqiqa o’ynaydilar. So’ngra hamshira-tarbiyachi bolalarni to’plab, bog’cha binosiga diqqat bilan qarashni aytadi. Mashg’ulotning borishi. ‘Salim, Komila, Oliva, qaranglar, mana bu katta bino bizning bog’chamiz. Biz hammamiz unda yashaymiz. Mana bu eshik, biz undan sayr qilish uchun chiqdik. Sayrdan keyin, shu eshik orqali o’tib, o’z guruhimiz xonasiga kiramiz. Bog’chamizning eshiklari juda ko’p. Mana yana bitta eshik. Bu eshik orqali oshxonaga kiriladi. Bular esa deraza. Qaranglar, qancha ko’p deraza. Mana deraza, mana yana deraza. Mana bizning guruhimiz xonasining dcrazasi". Bu mashg’ulot bir necha marta takrorlanadi (2 — 4 marta). Takrorlash vaqtida quyidagi savollarni berish mumkin: ‘Bizning bog’chamiz qani? Bu nima? Sayrdan keyin biz qaysi eshikdan ichkariga kiramiz? Bizning guruhimizning eshigi qani?" Keyingi mashg’ulotlarda esa bolalarga katta va kichkina uylarni ko’rsatib, har bir uyning derazasini va eshigini ko’rsatishni taklif etish kerak. Ikki yoshli bolalar bilan o’yinchoqlar yordamida mashg’ulot o’tkazishda quyidagilarga katta ahamiyat beriladi: 1) o’yinchoqning xususiyati bilan tanishtirish uchun bitta o’yin- choqni ko’rsatish; 2) o’xshash va farqli tomonlarini aniqlash uchun ikkita o’yinchoqni taqqoslash; 3) bir qancha o’yinchoq ichidan bitta o’yinchoqni tanlab olish; 4) bir qancha o’yinchoqni ko’rsatish — ‘Ajoyib xaltacha"; 5) o’yinchoqni ko’rib chiqish va u haqda hikoya qilish uchun o’yinchoqlarni qidirib topish. O’yinchoqlar bilan o’tkaziladigan mashg’ulotlarni ikki qismdan iborat qilib tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Mash- g’ulotning birinchi qismida o’yinchoqlar ko’rsatiladi, u orqali turli harakatlar qilib ko’rsatiladi, turli so’zlar aytiladi, bolalar tarbiyachi (kattalar) tomonidan aytilgan turli so’zlarni tak- rorlaydilar. Masalan: hamshira-tarbiyachi (ota-ona) qo’g’irchoqni bolaga ko’rsatib: ‘Lola, qara, qo’g’irchoq qanday raqsga tushadi, tinglagin, u qanday ashula aytadi? Uni chaqir va shunday degin: ‘Karima, bizning yonimizga kel“. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: Asqarova М., Abdultayev К, Omilxonova M. O’zbek tili darsligi (7- sinf)- Т., ,,0’qituvchi". Razbayeva E. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan suhbat o’tkazish. Т., ‘O’qituvchi". Usmonova 0’. Talaffuz madaniyati. Т., ‘Fan" Download 20.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling