Ilk yozuvlar


Turkiy yozuv va uning ravnaqi. (runik yozuvi)


Download 225.89 Kb.
bet4/7
Sana16.04.2023
Hajmi225.89 Kb.
#1360938
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
“Avesto” tarixiy manba sifatida

Turkiy yozuv va uning ravnaqi. (runik yozuvi)
Reja:
1.Turkiy yozuvlarning o’rganilishi.
2.Turkiy qabilalarning yashash tarzi va ular hayotida yozuvning o’rni.
3. Runik yozuvlar.
Enisey daryosi havzasidagi rus yozuvi yodgorliklari XVIII asrning boshlaridayoq rus xizmatchisi Remezov xabari va so`ngra shved ofiseri Iogani Stralenberg va olim Messershmidt asarlaridagi ma’lumotlar orqali ilm-fanga ma’lum bo`lgan edi. Biroq uzoq vaqt davomida olimlar bu yodgorliklarni o`qib aniqlashga muvaffaq bo`lolmadilar. XIX asrning birinchi choragida «Sibirskiy vestnik» («Sibirь axboroti») jurnalida Grigoriy Spasskiyning Enisey yodgorliklari haqida maqolasi bosildi. Bu maqola lotin tiliga tarjima qilindi, yodgorliklar haqidagi ma’lumotlar ko`p mamlakatlarning olimlariga ma’lum bo`ldi. Lekin tekshirish va yozuvni o`rganish harakatlari yana natija bermadi, chunki yodgorliklarning «siri» ochilmadi.
1889 yilda fin olimlari Enisey yodgorliklari atlasini nashr etib, bu yodgorliklar fin madaniyatiga taalluqli deb taxmin qildilar. Biroq fan olimlarining taxmini uzoqqa bormadi. O`sha 1889 yiliyoq rus sayyohi va yozuvchisi N.M. Yadrinsev Mo`g`ulistondagi Kosho-Saydam vodiysida O`rxo`n daryosi bo`ylarida Enisey yodgorliklariga o`xshash juda ko`p yodgorliklar topdi. «Noma’lum yozuv» bilan birga ayrim tekstlar xitoycha belgilar bilan xitoy tilida ham yozilgan edi. Bu hol yodgorliklarning «siri»ni topishga xiyla yordam berdi.
1980 yilda Fin-ugor ilmiy jamiyati O`rxo`n daryosiga arxeologik ekspedisiya uyushtirdi. 1981-yilda esa Rossiya Fanlar akademiyasi V.V.Radlov boshchiligida O`rxo`nga katta ekspedisiya yubordi. 1982 yilda bu ikki ekspedisiyaning ish natijalari ikkita atlas holida nashr qilindi. Atlaslarda noma’lum yozuv yodgorliklarining surati, ular topilgan joylarning plani, xaritasi va boshqalar ko`rsatildi.
Yodgorliklarni birinchi bo`lib Daniya olimi Vilgelm Tomsen o`qishga muvaffaq bo`ldi. U bu yodgorliklarni o`qishda turli alfavitlarga tayanmadi, aksincha, dastavval harflarning o`zaro nisbati va o`xshashliklarini aniqlashga kirishdi. U bu yodgorliklarda bir- biriga monand harflar turkumi va bir- biriga monand bo`lmagan harflar turkumi borligini aniqladi, bu ikkala turkumdagi harflar oldingi va keyingi qator harflari bo`lsa kerak , bu xususiyat esa turkiy tillarga xos degan taxminga keldi. Uning taxmini to`g`ri chiqdi. U dastlab «tangi», «turk» degan so`zlarni o`qib olishga erishdi va 1893-yilning 25-noyabrida deyarli barcha harflarni aniqlab, yodgorliklarning «siri» ni ochdi. Bu orada akademik Radlov ham 15 ga yaqin harflarni aniqlab olgan edi. V.V. Radlov V. Tomsenning va o`zining O`rxo`n daryosi atrofida topilgan katta yodgorliklar tekstini birinchi bo`lib tarjima qildi.
N.M. Yadrinsev topgan yodgorliklar turk hoqoni Bilka- Qoon- Mog`ilyon (734 yilda vafot etgan) va uning ukasi Kul- Tagin (732 yilda vafot etgan) qabr toshlariga o`yib yozilgan yodgorliklar ekan. Shu vaqtdan boshlab Enisey va g`o`rxo`n daryolari atrofidagi yodgorliklar «O`rxo`n- Enisey yodgorliklari» deb atala boshladi.
Shu bilan birga, yodgorliklar yozuvi turkiy- run yozuvi deb ham yuritiladi. Chunki olimlar qadimgi german, got, fin yozuvi va boshqa yozuvlarni topganda, ularni run (runik) yozuvi («yashirin», «sirli» yozuv) deb nomlagan edilar. Endi bu termin O`rxo`n- Enisey yozuviga nisbatan ham qo`llanila boshladi. Keyinchalik O`rxo`n-Enisey yozuvining yangi-yangi yodgorliklari topildi, o`rganildi va aniqlandi. N.M. Yadrinsev 1891 yilda Ongin daryosi atrofida yangi yodgorliklar topdi. Aka-uka Klemenslar Selenga daryosi atrofida turk hoqonlarining maslahatchisi To`nyukukka atab yozilgan katta yodgorlikni kashf qildilar. 1896-1897 yillarda Avliyo-ota (hozirgi Jambul) shahri yaqinida, Talas daryosi bo`yida V-VI asrlarga doir beshta tosh yodgorliklari va boshqa yana ko`p yodgorliklar, jumladan, qog`oz, charm, yog`och va turli idish-tovoqlarga yozilgan yodgorliklar topildi.
O`rxo`n-Enisey yodgorliklarini tekshirish va o`rganishda V.Tomsen V.V.Radlov, P.M.Meliornanskiy, A.Geykel va Yu.Nemet kabi rus va chet el olimlari hamda sovet olimi S.E.Malovning va o’zbek olimlaridan Qayumov, Abdurahmonov va boshqalarni xizmatlari benihoya kattadir.
2. VI asr o`rtalarida Oltoy, Ettisuv va Markaziy Osiyodagi turli qabila va xalqlar birlashib, turk hoqonligi deb atalgan davlat vujudga keldi. Biroq bu davlat markazlashgan davlat bo`lmay, balki o`nta turk qabilasining federasiyasi edi. Turk xoqonligidagi qabila va xalqlar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoning turli bosqichida yashar edilar. Dehqonchilik bilan shug`ullanuvchi o`troq aholi bilan birga chorvachi ko`chmanchilar ham juda ko`p edi; o`troq aholi patriarxal-feodal bosqichida yashasa, ko`chmanchi aholi, asosan, patriarxal-jamoa tuzumi bosqichida bo`lib, ularning jamoasi sinfiy ziddiyatlarning chuqurlashuvi va tobelarning ko`payishi bilan asta-sekin feodallashib bormoqda edi. Davlat boshida «xoqon» va zodagonlarning kengashi «qurultoy» turar edi. Qabila boshliqlari «bek», yirik amaldorlar «tagin», «shodi» va boshqa nomlar bilan, aholi «budun» yoki «qora budun nomi bilan yuritilar edi. Turk hoqonligi Xitoy, Vizantiya va boshqa mamlakatlar bilan savdo-sotiq aloqalarida bo`lgan. Davlat territoriyasida yagona hokim din bo`lmay, osmon kulьti, zardushtiylik, shamanizm va boshqa dinlar hamda ularning sinkretik formasi tarqalgan edi.
Xitoy yilnomasi «Tan-shu»da turklarning kumish marosimi bunday ta’riflanadi: murda boyliklari, jangda mingan oti bilan birga kuydiriladi, xoki dafn qilinib, marhum qancha dushmanni o`ldirgan bo`lsa, uning qabriga shuncha tosh qo`yiladi va marhumning surati ishlanadi, uning qilgan ishlari o`yib yoziladi.
O`rxo`n-Enisey yodgorliklarining ko`pi mana shunday qabr toshi yodgorliklaridir. Bulardan Mog`ilyon va, xususan, Kul-Tag0innnig qabr toshlari juda muhimdir.
Shundan so`ng Bilka-Qoon o`zining davlat chegaralarini, qo`shni xalqlar bilan bo`lgan do`stoni munosabatda hamda olib borgan urush-yurishlari va boshqalarni hikoya qiladi. U o`zini «Yo`qsul xalqni boyitgan», «Oz sonli xalqni ko`paytirgan» «adolatli hukmron» sifatida tasvirlaydi.
Qul-Tagin qabr toshi yozuvi turk xoqonligi davlatining ijtimoiy-siyosiy hayoti, qabila va xalqlarning urf-odatlari, tili va ma’lum darajada badiiy so`z san’ati bilan tanishtiradi.
O`rxo`n-Enisey yozuvidagi xotiralar V-VIII asrlarning juda qimmatli yodgorligidir. Ular qabr toshlariga o`yib yozilgan tarix va marsiyalardan, turli xil hujjat, tamg`a, pul va boshqalardan iborat. «To`nyukuk», «Uyuk-arxon», «Borliq», «Tuva» va boshqalar ham Kul-Tagin va Bilka-Qoon yodgorliklari singri muhim yodgorliklardir. Bular Oltoydan Mo`g`ulistonga qadar cho`zilgan bepoyon territoriyada yashagan xalqlar va qabilalar tomonidan yaratilgan. Tekstlarda qirg`iz, uyg`ur, o`g`uz va yana bir qancha xalqlarning, qabilalarning nomlari tilga olinadi, ayrim tarixiy shaxslar u yoki bu etnik qatlamga mansub kishilar sifatida gavdalanadi. Yodgorliklarning tili bir-biridan birmuncha farq qiladi. Shular asosida ayrim yodgorliklarni hozirgi ma’lum bir tilning qadimgi yodgorligi deb aytish mumkin. V-VIII asrlarda Movarounnahrda turkiy til juda keng yoyildi. O`rxo`n-Enisey yodgorliklariga xos leksik boylik va grammatik shakllarni qirg`iz, uyg`ur, tuva, turkman, o`zbek va boshqa turkiy tillarda ko`rish mumkin. Shunga ko`ra, S.E. Malov ta’kidlaganidek, bu yodgorliklar ko`pchilik turkiy tillar tarixini o`rganishda mushtarak bir manba sifatida ahamiyatlidir. Shu jihatdan qaraganda, hozirgi o`zbek tilining ildizlarini ham O`rxo`n-Enisey yodgorliklarida ko`rish mumkin.
O`rxo`n-Enisey yodgorliklarining ma’lum badiiy qimmati ham bor. Ularda ko`pgina she’riy misralar bo`lishi bilan birga ba’zi nasriy parchalar ham she’r kabi jaranglaydi, turli tarixiy voqealar bayonida ayrim lavhalar birmuncha badiiy uslubda tasvirlanadi, badiiy til vositalari qo`llaniladi. Xususan, qabr toshlaridagi «marsiyalar»ning badiiy ahamiyati ko`proq. Ular orqali biz vafot etgan kishining ma’lum portreti bilan, motam tutuvchilarning ichki ruhiy kechinmalari bilan tanishamiz. Shunga ko`ra, S.E. Malov V asr Enisey yodgorliklarini «qabriston poeziyasi» deb atadi. I.V. Stebleva o`z tadqiqotini «Poeziya tyurkov VI-VIII vekov» (Moskva, 1965) deb nomladi.
Masalan, Qizil-chir (Enisey havzasi)dan topilgan bir yolgorlikda quyidagilarni o`qiymiz:

Download 225.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling