- Insoniyat sivilizastiyasi davomida ta‘lim va ilm-fanni yuqori darajada rivojlantirish ijtimoiy, texnik hamda iqtisodiy taraqqiyotning muhim vositalaridan hisoblangan. Qadimgi mamlakatlar va sivilizastiyalar erishgan muvaffaqiyatlar butun dunyoga ma‘lum. O‘sha davrlardagi hukmdorlar ilm-fan, san‘at va madaniyatni rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratgan. O‘rta asrlarda qadimgi Misr, Xitoy, Yunoniston va Rim tarixi insoniyat rivojlanishida nafaqat buyuk davr, balki bugungi kunda ham o‘rnak olsa arziydigan namuna hisoblanadi. Inson rivojlanishining yangi tarixi, chunonchi Yaponiya, Evropa davlatlari, AQSh, Singapur, Tayvan (Xitoy) va boshqa qator mamlakatlarning o‘z farovonligi hamda rivojlanishiga ilmiy kashfiyotlar katta ta‘sir ko‘rsatganidan dalolat beruvchi tajribasidan saboq olsa bo‘ladi. Bu yutuqlar jamiyatda ta‘lim va ilm-fanga, shuningdek, ular asosida shakllanadigan madaniyat hamda san‘atga bo‘lgan e‘tiborli munosabat natijasidir.
- XXI asr arafasida jahon hamjamiyati inson sivilizatsiyasini shakllantirish, mamlakatlar va alohida shaxsni rivojlantirishda ta‘limning roli hamda vazifasini tubdan qayta ko‘rib chiqa boshladi. Dastlab, ta‘limni tubdan isloh qilish ilmiy-texnik inqilobning « ijtimoiy natijalari « dan biri sifatida ko‘rib chiqildi. Ammo keyinchalik natija sababga aylandi. Ta‘lim iqtisodiy va ilmiy-texnik taraqqiyotning hal qiluvchi omili hamda sharti, jamiyatning ijtimoiy tuzilmasini shakllantirish,unda ijtimoiy maqomlarni taqsimlash mexanizmi bo‘ldi.Ta‘limni rivojlantirish, uni tubdan qayta o‘zgartirishda aniq yo‘nalishlar belgilandi. Birinchisi — bu ta‘limni tubdan demokratlashtirish. Ushbu ilg‘or yo‘nalish yangi sanoatlashgan va ma‘lum darajada rivojlanayotgan mamlakatlarni qamrab oldi.Yaxshi rivojlangan davlatlar o‘z oldiga tobora rivojlanib borayotgan oliy ta‘limning umumiylikka aylantirish masalasini qo‘ydi
Do'stlaringiz bilan baham: |