2.2. Tarbiyaviy ishlar tizimiga “ilm –fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ”ni yosh avlodga foydali jihatlari - O‘zbekiston Respublikasida xalq ta’limi tizimida maktabgacha ta’lim eng asosiy tizim hisoblanadi. Ushbu soha uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblanib, u har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik yillarida respublikada ta’lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari darajasiga ko‘tarildi. Biroq o‘tkazilgan tahlillar maktabgacha ta’lim sohasida olib borilayotgan ishlarning samarasi va natijasi yetarli darajada emasligini ko‘rsatmoqda.
- Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish yuzasidan qabul qilingan qaror va farmoyishlari bugungi kunda maktabgacha ta’lim dasturlari va o‘quv-tarbiyaviy rejalariga qo‘yilgan davlat talablarini takomillashtirish, maktabgacha ta’limga qamrab olinayotgan bolalarni maktab ta’limiga to‘laqonli ravishda tayyorlab berish ishlarini o‘z ichiga oladi. Bu qarorlar ichida “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli qaror dastur sifatida faoliyat boshladi. Bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish ko‘rsatkichini qo‘tarish, mavjud muammolarni amaliy bartaraf etish maqsadida dastur asosida keng ko‘lamli kompleks tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan: - bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun ilg‘or xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda zarur shart-sharoitlar yaratish; - maktabgacha ta’lim muassasalari uchun pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish o‘quv reja va dasturlarini zamonaviy pedagogik texnologiya va metodlarni inobatga olgan holda takomillashtirish; - 2200 ta maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jumladan qishloq aholi punktlarida yangi maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, uskunalar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar, multimedia resurslari bilan ta’minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |