Ilm anglash turi Reja


Ilm fan rivojlanishining asosiy bosqichlari


Download 19.04 Kb.
bet3/3
Sana21.10.2023
Hajmi19.04 Kb.
#1714584
1   2   3
Bog'liq
Ilm anglash turi

Ilm fan rivojlanishining asosiy bosqichlari.

Insonning jismoniy mehnatni engillashtirishga intilishi texnika sohasida ulkan kashfiyotlar, ixtirolarning yaratilishiga olib keldi. Binobarin, texnika – bu ekskavatorlar, turli xil traktorlar, kombaynlar, buldozerlar, yengil va yuk, yo‘lovchi tashuvchi transport vositalari, samolyot, kosmik raketalar, televizor, kompyuter, electron hisoblash mashinalari, internet tarmoqlari va boshqalardir. Samolyotlarsiz, kompyuterlarsiz, uyali telefonlarsiz yoki internetsiz insonning bugungi hayotini tasavvur etib bo‘lmaydi. Yoki tibbiyot texnikalarini olaylik. Bu sohada amalga oshirilgan ulkan ixtirolar inson tanasining xastalangan turli a’zolarini, shu jumladan, yuragini ham ko‘chirib o‘tqazish imkonini berdi. Inson texnika rivoji tufayli hatto Oyga qo‘nishga, kosmik apparatlarni boshqa sayyoralarga ham uchirishga muvaffaq bo‘ldi. Dunyoda ilm-fan sohasida buyuk kashfiyotlarni amalga oshirgan olimlar xalqaro Nobel mukofoti hamda milliy mukofotlar bilan taqdirlanib
kelinmoqda.
Ilm-fan XXI asrda XX asrdagidan ham shiddat bilan rivojlanmoqda Kompyuter yordamida katta hajmli ma’lumotlar yaratish, to‘plash, saqlash, qayta ishlash va ularni uzatish oddiy hodisaga aylanib qoldi. Texnologiyalarning bunday ixchamlashuvi nanotexnologiya (milliardning bir bo‘lagi) deyiladi. U eng zamonaviy texnologiya bo‘lib, barcha axborot vositalarini
mittilashtirishga imkon beradi. Binobarin, XXI asrda ilm-fan yutuqlari davlatlar taraqqiyotining bosh omili bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham XXI asr – ilm-fan va taraqqiyot asri, deb yuritiladi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy ilm-fan markaziga aylanishi uchun ko‘p ishlar amalga oshirildi. Prezident Islom Karimov Fanlar akademiyasi olimlari bilan bir necha
bor uchrashdi.
1997-yilda Respublikamizda «Umid» jamg‘armasi tuzildi. Bundan maqsad – iste’dodli yoshlarni saralab olib, ularning chet ellarda o‘qishini qo‘llab-quvvatlash edi. Yoshlarni chet ellarda o‘qitish orqali dunyo tajribasini o‘rgangan, yuqori malakali mutaxassislar sonining ko‘payishiga erishildi. Oliy o‘quv yurtlarida fanning turli sohalarini puxta egallayotgan, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayotgan eng iste’dodli talabalari va yosh olimlar o‘z yo‘nalishlari
bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti stipendiyasi, «Navoiy», «Beruniy» va «Kamolot» stipendiyalari sohibi bo‘lmoqdalar.
Download 19.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling