Ilm anglash turi Reja


Download 19.04 Kb.
bet1/3
Sana21.10.2023
Hajmi19.04 Kb.
#1714584
  1   2   3
Bog'liq
Ilm anglash turi


Ilm anglash turi
Reja :

  1. Ilm-fan tarifi.

  2. Ilmiy bilishning alomatlari, shakllari, uslublari va tuzilishi.

  3. Ilm fan rivojlanishining asosiy bosqichlari.



  1. Ilm-fan tarifi.



Fan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida insoniyatning kundalik ehtiyojlariga javob sifatida paydo bo Idi. Kop sonli tariflarga kora fan bilim, faoliyat va ijtimoiy hodisa sifatida namoyon boladi. Bilim sifatida fan atrof-borliq narsalari va jarayonlarini amalda aniq, izchil va tadrijiy bilishga qaratilgan. Z.Davranov. Fan inson va jamiyat faoliyatining muhim mahsuli bolib, narsa va hodisalarning xossalari, munosabatlari hamda qonuniyatlarini organishga qaratilgan tizimlar yigindisidir. V.I.Vemadskiy fanning aynan faoliyat sifatidagi talqinini alohida qayd etgan edi: «Fanning mazmuni ilmiy nazariyalar, gipotezalar, modeller bolib, u yaratuvchi dunyoning manzarasi bilan cheklanmaydi, uning negizi asosari ilmiy omillar va ulaming empirik xulosalaridan tashkil topadi, tirik odamlaming ilmiy ishi uning asosiy jonli mazmunini tashkil etadi». Faoliyat sifatida fan maqsadlarni belgilash, qarorlar qabul qilish, yol tanlash, оz manfaatlarini коzlash, mas'uliyatni tan olish maydonida amal qiladi.
1. Tevarak-atrofni mukammalroq bilishga yordam beradi.
2. Insonlar faoliyati bilan obektlarning ozaro aloqasini ifodalaydi va moslashtiradi.
3. Narsa va hodisalarning rivojlanish qonuniyatlarini ochishga komaklashadi.
4. Fan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, manaviy - axloqiy qadriyatlarni ozida mujassamlashtiradi va avloddan-avlodga etkazishga xizmat qiladi.
5. Fan monitoring vazifani bajaradi. Tabiat va jamiyat hodisalarining global holatlarini nazorat qilishga hamda turli yangi sohalarni barpo qilishga oz hissasini qoshadi.
6. Axborotlar toplaydi va axborotlar bilan insonlarni taminlaydi.
Miloddan awalgi I ming yillikdan XVI asrgacha boigan davr ilk fan davridir. Bu davrda asrlar mobaynida avloddan-avlodga otib kelgan, hayot tajribasi va mehnat faoliyati jarayonida olingan amaliy bilimlar bilan bir qatorda juda umumiy va mavhum mushohadalarga asoslangan nazariyalar xususiyatiga ega boigan tabiat haqidagi dastlabki falsafiy tasavvurlar (naturfalsafa) vujudga kela boshlagan. Ilmiy bilim kurtaklari naturfalsafa doirasida uning elementlari sifatida shakllangan. Matematik, astronomik, tibbiy va boshqa masalalami yechishda foydalaniladigan malumotlar, usullar va metodlar jamlanishi bilan falsafada tegishli boiimlar vujudga kelgan va keyinchalik asta- sekin shakllanayotgan ayrim fanlar: matematika, astronomiya, tibbiyot va hokazolarga ajralib chiqgan. XVI-XVII asrlar - 1 ilmiy inqilob davri boiib, и klassik fan davri deb nomlanadi va XIX asrgacha davom etadi. U Kopemik va Galiley tadqiqotlaridan boshlanib, Nyuton va Leybnitsning fizika va matematika sohasidagi fundamental asarlari bilan oz choqqisiga kotarilgan. Galiley vafoti (1642-yil 8-yanvar)dan song oradan bir yil otgach Nyuton tugilgani (1643-yil 4-yanvar) ramziydir. Fanning bu buyuk ijodkorlari yashagan davr -kashfiyotlar hamda yangi ilmiy goyalaming mualliflari sxolastika va diniy dunyoqarash dogmatizmiga qarshi kurash olib borgan romantik davrdir. Bu davrda hozirgi vaqt tabiatshunosligining asoslari yaratilgan. Hunarmandlar, tabiblar, alximiklar tomonidan qoiga kiritilgan ayrim dalillar tizimli tahlil qilinib, umumlashtirila boshlagan. Ilmiy bilim tuzishning tabiat qonunlarini matematik tariflash, nazariyalami tajribada sinash, tajribada asoslanmagan diniy va naturfalsafiy dogmalarga tanqidiy qarash bilan bogiiq boigan yangi meyorlari va ideallari vujudga kelgan.
XIX asr oxiri XX asming 70-yillar fani noklassik fan davri deb ataladi. Bu davrda koplab ayrim ilmiy fanlar vujudga keladi, ularda ulkan dalilik material to'planadi va tizimga solinadi. Matematika, fizika, klmyo, geologiya, biologiya, psixologiya va boshqa fanlarda fundamental nazariyalar yaratiladi. Texnika fanlari vujudga keladi va moddiy Ishlab chiqarishda yanada sezilarliroq rol oynay boshlaydi. Fanning ijtimoiy roli ortadi, uning rivojlanishi osha davr mutafakkirlari tomonidan ijtimoiy taraqqiyotning muhim omili sifatida etirof etiladi. XX asrning 70-yillarida fan rivojlanishida yangi bosqich boshlanadi. Bu davr fani postnoklassik deb ataladi, chunki mazkur asr bo'sag'asida fanda inqilob yuz beradi va buning natijasida и oldingi davrning klassik fanidan sezilarli darajada farq qila boshlaydi. XIX-XX asrlar chegarasida amalga oshirilgan inqilobiy kashfiyotlar bir qancha fanlaming asoslarini Iarzaga soladi. Matematikada toplamlar nazariyasi va matematik tafakkuming mantiqiy asoslari tanqidiy tahlil qilinadi, bir qancha yangi fanlar vujudga keladi. Fizikada klassik fizikaning falsafiy asoslarini qayta korishga majbur qilgan fundamental nazariyalar - nisbiylik nazariyasi va kvant mexanikasi yaratiladi. Biologiyada genetika rivojlanadi. Tibbiyot, psixologiya hamda inson haqidagi boshqa fanlarda yangi fundamental nazariyalar paydo boiadi. Ilmiy bilimning shakl-shamoyilida, fan metodologiyasida, ilmiy faoliyatning shakl va mazmunida, uning meyorlari va ideallarida olamshumul ozgarishlar yuz beradi.



  1. Download 19.04 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling