Ilm eng buyuk sharaf


ISHTIYOQ, G'AYRAT, HAYAJON


Download 142.5 Kb.
bet10/12
Sana19.06.2023
Hajmi142.5 Kb.
#1624321
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
ILM ENG BUYUK

ISHTIYOQ, G'AYRAT, HAYAJON
Koinotda atomdan to quyosh tizimigacha bo‘lgan olamda zerikish, charchashdan xoli bir g‘ayritabiiy harakat hukmron. Atom atrofida bir soniyada yuz ming kilometr tezlik bilan harakat qiladigan elektronlarda bu ishtiyoqning alomati bor. Quyosh atrofida juda katta suratda aylanib yuruvchi sayyoralarda ham shu sir yashiringan. Yomg‘ir shu shavq bilan yog‘adi, gullar o‘shanday shavq bilan ochiladi, quyosh shu shavq bilan chiqib botadi, tabassum bilan bizga salom beradi.
Shavq va hayajon yukli karvonga yer yuzining hokimi bo‘pmish inson butun borlig‘i bilan qo‘shilishi kerak. Bu tuyg‘udan uzoq insonning barcha ishlari ostin-ustin bo‘pib ketadi. Ishtiyoq va g‘ayratdagi cheksiz lazzatni his qilgan kishi o‘zini qo‘yarga joy topolmaydi. «G'ayratning qanchalik qiymatli ekanini bilganingizda bir soniya ham bo‘sh o‘tirmas edingiz»,- degan olimlar bu haqiqatni ifodalab berganlar.
Boshqa narsaga hojat yo‘q, g‘ayrat va ishtiyoqning zamiridagi lazzat bizni harakatga keltirish uchun yetadi. Chunki shavq va g‘ayrat ruhning qamchisidir. Hayotning yana faoliyat va harakatdan iborat ekanini aytib o‘tgan olimlar "Ishtiyoq hayotning ulovidir" deb ta'kidlaganlar. Bu nuqtai nazardan ishtiyoq uloviga g‘ayrat bilan minib, hayot maydonida olg‘a intilmoq lozim. Ishtiyoq, g‘ayrat va hayajon bilan amalga oshirilgan ishlargina samara beradi. Bu tuyg‘ulardan uzoqlashmaslik kerak. Quvvat manbai bo‘lgan bu tuyg‘ular bilan "Muvaffaqiyatga erishaman, bajaraman, uddasidan chiqaman!", desak baxtga erisha olamiz. Ishtiyoq, baxt, kuch-quvvat, g‘ayratdir. Shuning uchun, «Men ishlashni istayman, ammo vaqtim yo‘q. Or-zuim bor, faqat kuch-quvvatim yo‘q", degan kishiga ishonmang. Boshqa narsalarga vaqt topa olgan insonning bu gaplari, o‘zini oqlash uchun aytilgan bahonadan boshqa narsa emas. Inson istasa boshqa narsalarga vaqt topgani kabi, ishlashga ham vaqt va kuch topa oladi.
Ishtiyoqimizni so‘ndiradigan, g‘ayratimizni o‘ldiradigan tuyg‘u yoki biror voqe'lik bo‘lsa, ularni darhol bartaraf etib, shavq va g‘ayratni uyg‘otuvchi fikr va kitoblarga e'tibor qaratmog‘imiz kerak. Bajarayotgan ishimiz va zimmamizga yuklatilgan vazifaning buyukligini his qila olsak, bizdagi g‘ayrat tuyg‘ularini uyg‘otishga ularning o‘zi kifoya bo‘ladi.
Biz erishadigan ma'naviy, bebaho foyda bizni quyosh chiqmasdan uyg‘otmog‘i, o‘rni kelsa bizni kechgacha ishlashga undamog‘i lozim. Biz buzg‘unchilikuchun emas, bunyodkorlik uchun dunyoga kelganmiz. Biz adovat, gina-kudurat, dushmanlik va yomonlik uchun emas, sevgi, birodarlik va yaxshilik uchun tug‘ilganmiz.
Mavjudligimizning o‘zi bizni g‘ayratga keltirishi yetarli emasmi? Bu tuyg‘ular bilan harakat qilganimizdagina, o‘qigan kitoblarimizdan, bajargan ish va darslardan, zimmamizga yuklatilgan vazifadan zavq olamiz. Shavq va g‘ayrat bilan unga intilamiz. Ish va vazifamizni yuksakligi bizni bir qolipga tushib va bee'tibor bo‘lib qolishdan qutqaradi. So‘nggi nafasimizgacha shavq, g‘ayrat va hayajon bilan to‘lib-toshib yashashga yordam beradi.

Download 142.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling