Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida


Masofaviy ta'lim modellari


Download 18.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet207/240
Sana03.12.2023
Hajmi18.72 Kb.
#1797134
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   240
Bog'liq
19-37-PB

Masofaviy ta'lim modellari. 
Masofaviy ta'lim (MT) - bu o‘qituvchi va o‘quvchi bir biri bilan masofa yoki 
vaqt orqali ajratilgan sababli, axborot texnologiyalaridan fodalanilgan ta'lim turi. 
Bu ta'lim turining bir necha modellari mavjud, ular masofaviy ta'lim tashkil 
qilinishiga sabab bo‘lgan vaziyatlari bilan farqlanadi: geografik sabablar (mamlakat 
maydoni, markazlardan geografik uzoqlashgan regionlar mavjudligi), mamlakatni 
kompyuterlashtirish 
va 
informatsiyalashtirish 
darajasi, 
transport 
va 


“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” 
mavzusidagi 6-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
 
249 
kommunikatsiyalar rivojlanish darajasi, masofaviy ta'lim uchun mutaxasislar 
mavjudligi, ta'lim sohasida informatsion va kommunikatsion texnologiyalardan 
foydalanish darajasi, mamlakatning ta'lim sohasidagi odatlari. 
Birinchi model. Ushbu model faqat masofaviy o‘quvchilar bilan ishlash uchun 
yaratiladi. Ularning har biri virtual o‘qituvchiga biriktirilgan bo‘ladi. Konsultatsiyalar 
va yakuniy nazoratlarni topshirish uchun esa hududiy bo‘limlarga kelishlari shart. Bu 
modelga misol qilib Buyuk Britaniyaning Ochiq Universitetidagi ta'limni olish 
mumkin. 
Ikkinchi model. Ushbu model masofaviy va kunduzgi ta'lim o‘quvchilar bilan 
ishlash uchun yaratilgan bo‘lib, ikkala guruhda bir xil o‘quv dasturi va darslar 
jadvali, imtihonlar va ularni baholash mezonlari mavjud. Shunday o‘quv 
muassasalarda kunduzgi kurslarning soni masofaviylarga qaraganda ko‘p bo‘ladi. 
Ushbu masofaviy kurslar pedagogikadagi yangi yo‘nalishlar izlanishlarida qo‘llanadi. 
Misol tariqasida Yangi Angliya va Avstraliya Universiteti ta'limini keltirish mumkin. 
Gibrid model. Ushbu model masofaviy va kunduzgi ta'lim turlarini 
integratsiyalash uchun yaratiladi. O‘quvchilar o‘quv kursning bir qismini kunduzgi, 
boshqa qismini esa masofadan o‘qiydi. Shu bilan birga bu ta'lim turiga virtual 
seminar, 
prezentatsiyalar 
va 
lektsiyalar 
o‘tkazish 
ham 
kiradi. 
Bu modelga sifatida Yangi Zelandiyadagi Massey Universiteti ta'limini olish 
mumkin. 
Konsortsium. Ushbu model ikkita universitetni bir biri bilan birlashishini talab 
etadi. Ushbu muassasalardan biri o‘quv kurslarni tashkil qilsa, ikkinchisi esa ularni 
tasdiqlab, kurslarga o‘quvchilarni ta'minlaydi. Shu bilan birga bu jarayonda butun 
universitet emas, balki bitta kafedra yoki universitet o‘rnida ta'lim sohasida 
ishlaydigan korxonalar ham qatnashishi mumkin. Ushbu modelda o‘quv kurslarni 
doimiy ravishda nazorat qilish va muallif xuquqlarini tekshirish zarur bo‘ladi. 
Kanadadagi Ochiq O‘quv Agentligidagi ta'lim aynan shu modelga misol bo‘la oladi. 
Franchayzing bu – ikkita universitetlar bir biri bilan O‘zlari yaratgan o‘quv 
kurslar bilan almashishadi. Masofaviy ta'lim sohasida yetakchi bo‘lgan o‘quv 
muassasa bu sohada ilk qadam qO‘yadigan muassasaga O‘zining o‘quv kurslarni 



Download 18.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling