1
|
Tashbehning bir necha qismlari mavjud bo’lib, bular qaysilar?
O’xshatilgan narsa;
O’xshagan nasrsa;
O’xshatish maqsadi;
O’xshatish vositasi;
O’xshatish sababi.
|
1,2,4,5
2,3,4
1,2,4,5
1,2,3,5
|
2
|
Tashbehning bir necha qismlari mavjud bo’lib, shulardan biri hisoblangan holati tashbeh nima?
|
O’xshatish vositasi
O’xshagan nasrsa
O’xshatish sababi
O’xshatilgan narsa
|
3
|
O’xshatishlarning yana bir xususiyati ma’lum bir o’xshatishning turli obrazlarni yoritishda qo’llanishi bo’lib, masalan, bo’ri obrazi kimlarga nisbatan qo’llaniladi?
Lashkarboshiga;
Yov-dushmanga;
Mard erga;
O’limga;
Shon-shuhratga;
|
1,2,3,4
1,2,3,5
1,2,4,5
3,4,5
|
4
|
Istiora arabcha so’z bo’lib, qanday ma’noni anglatadi?
|
“qarz berish”
“o’xshatish”
“qarz olish”
“qiyoslash”
|
5
|
Quyidagi baytda qo’llanilgan “la’l” so’ziga berilgan to’g’ti izohlarni toping.
Tamanno qilg’ali la’lining ko’nglum,
Kishi bilmas oni kim, qoldi qanda.
Tabiatda uchraydigan qimmatbaho qizil tosh hisoblanadi;
Ko’chma ma’noda nihoyatda nozik va pok qalbni anglatadi;
Yorning labi qon kabi qip-qizil bo’lgani uchun la’lga o’xshatiladi;
Ko’chma ma’noda nihoyatda mo’tabar va qadrli so’zni anglatadi;
Yor labidan chiqadigan iliq so’zni anglatadi.
|
2,3,4
1,3,4,5
1,2,4,5
1,2,3,5
|
6
|
Quyidagi baytda qo’llanilgan “sarvi ozod” birikmasi orqali nima nazarda tutiladi?
Tilar el mansabi oliy va lekin,
Atoyi sarvi ozodingg’a banda.
|
Ozod va erkin xalq
Erkin so’zgan sarv daraxti
Yor qaddining go’zalligi, chiroyli qomati
Ozod va hur ruhiyat
|
7
|
Alisher Navoiyning quyidagi misralarida qo’llanilgan so’zlar haqida t’g’ri izohlarni toping.
Ul oy o’tlug’ yuzin ochsa, Navoiy, tegmasin de ko’z,
Muhabbat tuxmidin o’zga ul o’t uzra sipand etmas.
Baytdagi “muhabbat tuxmi” “muhabbat” degan abstrakt ot bilan “tuxum”(“urug’ onasi”) konkret otining birikuvidan hosil bo’lgan;
Baytda “oy” so’zi osmon jismini ifodalashi bilan birga, alohida shaxsni ham anglatadi;
Baytdagi “muhabbat tuxmi” birikmasi insindagi nozik va qadrli bir tuyg’uni anglatib turibdi;
“o’t”baytda “olov” so’zi bilan sinonim bo’lib kelmagan;
Baytdagi “o’t” so’zining asosiy vazifasi ma’shuqa yuzidagi go’zal qizillik – olov rangni ko’rsatishdan iborat.
|
2,3,4
1,2,3,5
1,3,5
1,3,4,5
|
8
|
Quyidagi baytda qaysi so’zlar orqali tazod san’ati hosil qilingan?
Manga sensiz tirilgandim o’lim yuz qatla ortuqdur
Bu so’zda, haq bilur, ko’nglum tilim birla muvofiqtur.
|
“men” va “sen”
“tirilmoq” va “o’lmoq”
“ko’ngil” va “til”
“ortiq” va “muvofiq”
|
9
|
Quyidagi baytning har ikki misrasida ham qaysi she’riy san’ati kuzatish mumkin?
Mengizlari gul-gul, mijalari xor
Qaboqalari keng-krng, og’izlari tor.
|
Istiora
Tashbeh
Ishtiqoq
Tazod
|
10
|
Quyidagi baytda qanday she’riy san’at qo’llanilgan?
Sulaymon saltanatlik podshosen
Masih anfoslik, Yusufliqosen.
|
Istiora
Tashbeh
Ishtiqoq
Talmeh
|
11
|
Quyidagi baytda nomi keltirilgan Masih obrazi haqidagi to’g’ri izohlarni toping.
Sulaymon saltanatlik podshosen
Masih anfoslik, Yusufliqosen.
U payg’ambarlar silsilasidan o’rin olgan;
Masih anfoslik – Masih nafasiga ega bo’lishlik demakdir.
U adabiyotda sabr-toqat ramzi ham hisoblanadi;
Unga xos xislatlardan biri o’likni tiriltira olish qudratidir;
Masih anfoslik – Masih nafisligiga ega bo’lishlik demakdir.
|
3,4,5
1,2,3
1,2,4
1,4,5
|
12
|
Quyidagi baytda qaysi san’atdan foydalanilgan?
Mengiz yo razvonmudur bu?
Og’iz yo g’unchai xandonmidur bu?
|
Tajnis
Tajohil ul-orif
Husni ta’lil
Ta’did
|
13
|
Qaysi she’riy san’at fikrni asoslash san’atidir, ammo bu asoshlash real, hayotiy bo’lmasdan faqat shoirona asoslash hisoblanadi?
|
Tajnis
Tajohil ul-orif
Husni ta’lil
Ta’did
|
14
|
Quyidagi baytda qaysi she’riy san’atdan foydalanilgan?
Nozuklik ichra belicha yo’q tori gesuyi,
O’z haddini bilib belidin o’lturur quyi.
|
Tajnis
Tajohil ul-orif
Husni ta’lil
Ta’did
|
15
|
Quyidagi she’rda Lutfiyning nazarida qand shirinlikni labdan “o’g’irlab olgan”. O’g’ri esa jazolanishi kerak. O’g’riga beriladigan jazo turlaridan bir uni suvga kiyimsiz yalang’och holda kiritishdir.
Ushbu tasvir qaysi she’riy san’atni hosil qilgan?
Labingdin chun suchuklik qand o’g’urlar,
Solurlar el ani sevg’a yalang’och.
|
Tajnis
Tajohil ul-orif
Husni ta’lil
Ta’did
|
16
|
Quyidagi baytda jinos san’atini vujudga keltirgan so’z qanday ma’nolarni ifodalab kelgan?
Bo’yung sarv-u sanubartek, beling qil,
Vafo qilg’on kishilarga vafo qil.
|
Dastlabki misrada “ingichka, nozik’ ma’nosini bildirsa, keyingisida u “qilmoq” fe’lini anglatadi.
Dastlabki misrada “qilmoq” fe’lini bildirsa, keyingisida “ingichka, nozik” ma’nolarni anglatadi.
Dastlabki misrada “tik, chiroyli” ma’nolarini bildirsa, keyingisida u “qilmoq” fe’lini anglatadi.
Dastalabki misrada “tik, ingichka, nozik” ma’nolarini bildirsa, keyingisida u “vafo qilmoq” fe’lini anglatadi.
|
17
|
Lutfiyning quyidagi baytida qaysi she’riy sa’natdan foydalanilgan?
Yuz ochg’il, ko’z to’yguncha ko’rsin,
Necha bo’lg’ay bu ko’zim muntazir, och.
|
Husni ta’lil
Tajohil ul-orif
Tajnis
Ta’did
|
18
|
Quyidagi she’r qaysi janrda yozilgan
Ko’z yoshim tuproq ila gar qotila
Kelmagayman javridin, haqqo, tila.
G’amzasi o’ltirdi-yu, ul bexabar,
Men agar o’lsam, ne g’am ul qotila.
|
Tuyuq
Murabba
Qit’a
Ruboiy
|
19
|
Ta’did san’ati qaysi asarlarda “siyoqat-ul a’dod” nomi bilan uchraydi?
“Aruzi Humoyun”;
“Badoye’ us-sanoe’”
“San’athoyi bade’yi dar she’ri tojikiy”;
“Jamoi muxtasar”;
“Rahnomayi adabiyoti forsiy”;
“Ilmi bade’ dar zaboni frosiy”;
“Latoyif at-tavoif”.
|
2,4,5,6,7
1,2,3,6,7
1,3,4,5,6
1,2,4,5,7
|
20
|
Ahmad yassaviyning quyidagi baytida qaysi san’atdan foydalanilgan?
Dardga to’lding, g’amga to’lding, telba bo’lding,
Ishq dardini so’rsang hargiz darmoni yo’q.
|
Husni ta’lil
Tajohil ul-orif
Tajnis
Ta’did
|
21
|
Shoirning mantiqan bir-biriga ma’naviy bog’liq va bir-birini taqozo etadigan so’zlardan foydalanishi qaysi she’riy san’atni hosil qiladi?
|
Tanosib
Tajohil ul-orif
Tajnis
Ta’did
|
22
|
Quyidagi bayt haqidagi noto’g’ri izohni toping.
Olma yanoqing ko’rgach, men bandi nechuk o’lmay?
Bodom ko’zi fitna, pista dahani nozuk.
|
Ushbu bayt Xorazmiy qalamiga mansub.
Baytda yanoq, ko’z, dahan kabi kishi tanasi qismlari jamlangan.
Baytda olma, bodom, pista singari meva nomlari jamlangan.
Olmadek yanoq, bodomdek ko’z, pistadek dahan tasvirlari bayt mazmuniga ta’sirchanlik bergan.
|
23
|
So’zlar takroriga oid san’atlarni toping.
Ishtiqoq;
Tasdir;
Tasbe;
Ta’did;
Aks;
Tardi aks;
Rad;
Mukarrar;
Tajohil ul-orif;
|
1,3,5,6,7
1,2,3,4,8,9
1,2,3,5,6,7,8
2,4,5,6,7,8,9
|
24
|
Baytning ikkinchi misrasining oxirgi rukni (yoki shu running oxiri) nima deb yuritiladi?
|
Radd
Ajuz
Sadir
Rasbe
|
25
|
Atoyining quyidagi baytida qaysi san’at qo’llanilgan?
Men bu yuz mushtoqidurmen, bog’-u bo’stonkim bo’lur,
Bo’lmasin Nasrin-u lola, arg’uvon sizsiz menga.
|
Takrir
Tasbe
Tardi aks
Tasdir
|
26
|
So’z takroriga asosalangan qaysi san’atda birinchi misra oxiridagi so’zning keyingi misrani boshlashi beixtiyor kitobxon ongida ta’sir qo’zg’atadi so’zlarning birinchi joylashish shu so’z ustida o’ylashga majbur qiladi?
|
Tasbeda
Tasdirda
Takrirda
Ishitiqoqda
|
27
|
So’z takroriga asosalangan qaysi san’atlarning hammasida ham takrorlangan so’zlar oldingi tarkibni saqlab qoladi, faqat qaysi san’atlaridagina so’zlarning birinchi joylashish tartibi keyingi misrada almashib keladi?
|
Tasbe va aks
Tardi aks va rad
Mukarrar va tardi aks
Tardi aks va aks
|
28
|
Navoiyning quyidagi baytida qaysi san’atdan foydalanilgan?
Ko’zung ne balo qaro bo’lubtur
Kim, jong’a qaro balo bo’libtur.
|
Mukarrar
Rad
Tardi aks
Tasbe
|
29
|
Quyidagi bayt haqidagi to’g’ri izohni toping.
Ko’zung ne balo qaro bo’lubtur
Kim, jong’a qaro balo bo’libtur.
’Balo” va “qaro’ so’zlari dastlabki oddiy tartibida ko’zning qoraligini ta’kidlash uchun ishlatilgan;
“Qaro balo” baloning rangini nihoyatda mubola’a bilan, kuchaytirib ifodalagan;
“Balo” va “qaro” so’zlarning o’rni almashganidan keyin, ikkinchi miasrada mutlaqo boshqa ma’no va mzmun yuzaga kelmay, shakl va mazmunda takrorlanish hosil bo’lgan;
Dastlabki misrada “balo” va ‘qaro” so’zlari “shunchalik”, “nihoyatda” kabi so’zlarning o’rnida kelgan;
“Qaro balo” baloning rangini emas,balki uning darajasini, dahshatini ifodalaydi.
|
2,3,4
1,4,5
1,2,5
1,3,4
|
30
|
Qaysi she’riy san’atda insonning ichki tuyg’ulari po’rtana misoli junbushga kelganida lirik qahramon o;amdagi har qanday narsa-hodisalarga, tabiatdagi istalgan narsaga, o’zining qalbiga, suhbatdoshiga murojaat etishi mumkin?
|
Nido
Tardi aks
Tasdir
Tajohil ul-orif
|
31
|
Atoiy qalamiga mansub quyidagi baytda qaysi she’riy san’atdan foydalanilgan?
Sensiz u jahon ayshi alamdur manga, ey do’st,
Shodlig’I ham mehnat-u g’amdur manga, ey do’st
|
Husni ta’lil
Nido
Tasdir
Tasbe
|
32
|
Qaysi she’riy san’atda so’zlarda ifodalangan ikki yoki undan ortiq narsa va hodisa, xususiyatlar o’rtasida mavjud bo’lgan o’xshashlik, sifat va belgidagi umumiylik qiyoslanadi, o’zaro solishtiriladi, tasvirlanayotgan narsa-hodisaning ayrim xususiyati yorqin, chuqurroq va ta’sirliroq ochib beriladi?
|
Ishtiqoq san’atida
Talmeh san’atida
Tashbeh san’atida
Tazod san’atida
|
33
|
O’xshatishlarning mavjud xususiyatlaridan biri – ma’lum bir o’xshatishning turli obrazlarini yoritishda qo’llanishi bo’lib, masalan, yilqi (hayvon) obrazi kimlarga nisbatan qo’llaniladi?
Qora xalqqa;
Nodon kimsaga;
Kambag’al va baquvvat kimsaga;
Ochko’z kimsga;
Yomon xulqli, yaramas odatli kimsaga;
Bilimsiz, zakovatsiz kimsaga.
|
1,2,3,6
1,2,3,4,5
2,3,4,5,6
1,2,4,5,6
|
34
|
Quyidagi bayt muallifi kim?
Tamanno qilg’ali le’lingini ko’nglum,
Kishi bilmas oni kim, qoldi qanda
|
Atoyi
Xorazimiy
Navoiy
Lutfiy
|
Do'stlaringiz bilan baham: |