Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida
“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
Download 18.72 Kb. Pdf ko'rish
|
19-37-PB
“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
mavzusidagi 6-sonli respublika ilmiy konferensiyasi 260 Tadqiqotchi T.Sagatov tomonidan mustaqillik yillarida kadrlarni boshqarish tamoyillari va strategiyasini amalga oshirish borasida erishilgan pozitiv o‘zgarishlar manzarasini totalitar tuzum davri bilan qiyosiy tahlili amalga oshirilgan [17]. Iqtisodchi olim I.Toirov kadrlarni tanlash texnologiyasi xususida tadqiqot o‘tkazib, nomzodlarni tanlashdagi to‘g‘ri tanlov kadrlar bilan ishlashda eng muhim jarayon sanalib, o‘z vaqtida o‘tkazilgan attestatsiya va rotatsiyalar ish samaradorligini ta’minlab beruvchi muhim omillar ekanligini ta’kidlaydi [18]. Tadqiqotning metodologik asosini menejment va personalni boshqarish fanining fundamental qonunlari, kadrlar zaxirasini shakllantirish tizimlari, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatida kadrlar zaxirasini shakllantirishning ustuvor yo‘nalishlariga doir tadqiqot olib borgan xorij va O‘zbekistonlik olimlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ma’ruza va nutqlari tashkil qiladi. Mazkur tadqiqot jarayonida tizimli tahlil, institutsional tahlil, kontent tahlil, funksional tahlil, qiyosiy tahlil, analiz va sintez kabi ilmiy tadqiqot usullaridan foydalanildi. Tadqiqot natijalarning amaliy ahamiyati mahalliy davlat hokimiyati organlarida kadrlar zaxirasini shakllantirish, kadrlar va inson resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha aniq mezon va tartiblarni joriy etishga doir chora- tadbirlar ishlab chiqishda joriy etish mumkin. Tadqiqot natijalarning nazariy ahamiyati shundaki, dissertatsiyada ilgari surilgan taklif va tavsiyalardan “Strategik menejmenti”, “Kadrlar menejmenti”, “Mahalliy boshqaruv”, “Liderlik asoslari” kabi fanlarni o‘qitishda foydalanish mumkin. Tahlil va natijalar Kadrlar zaxirasini shakllantirish texnologiyasi insonlarni o‘z-o‘zini ko‘rsata olishiga, intelektli va professional ekanligini amalga oshirishiga layoqatini takomillashtirishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Davlat fuqarolik xizmatida kadrlar zaxirasini shakllantirishda personalni boshqarishning demokratik tamoyillarini joriy etish maqsadga muvofiq. Bunda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling