Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida
Download 4.85 Mb. Pdf ko'rish
|
“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
- Affiksatsiya
So‘z yasalishi . So ‘z yasalishi o ‘z ichiga so ‘z qurish uchun qismlar kabi
elementlarni oladi. Metyuning fikriga ko ‘ra, “Morfologiya bo ‘limi oddiy va murakkab leksema o ‘rtasidagi bog ‘liqni o ‘rganadi.” ( 1991:36) Morfema atamasi tilshunoslikning eng kichik qismini bildirish uchun ishlatiladi. Morfema – eng kichik birlik. Uni kichikroq birliklarga bo‘lish mumkin emas , o‘z- o‘zidan ma’noli yoki Grammatik vazifani bajaradi. Misol uchun faqat bitta morfemani o‘z ichiga olgan fee [fi:] so ‘zini [f] va [i:] ga bo‘lish mumkin emas. Lekin birds, arms, trees ikkita morfemaga bo‘linadi va o‘ziga xos vazifasiga ega. Birinchi morfema bird, arm, tree, ikkinchi morfema esa (lar) qo ‘shimchasidir. Buni biz morfema tarkibiga kiruvchi ko‘plik fleksiyasi deyiladi. Morfologik jarayonda so‘z yasalishi va shakllanishi kabi masalalar muhokama qilinadi. Oddiy leksemaga misol “Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi 232 sifatida catch so‘zini olsak, catch, catches, catching, caught so‘zlari turlicha yozilishiga qaramasdan ma’nosi bir yadroga egadir. Yuqoridagi misollar fleksiv morfologiyada o‘rganiladi. Murakkab so‘zga misol qilib olsak, association= associate(e)+ (ion), associate fe’liga (ion) ot yasovchi qo‘shimcha qo‘shilib association ot so‘z turkumiga kirovchi qo‘shma so‘z yasaydi. Bunday turdagi so ‘zlar hosilaviy morfologiyada o‘rganiladi. So‘z yasash tilning lug’at boyligini oshirishda eng samarali usullaridan biridir. Zamonaviy ingliz tilida so‘z yasalishining ikki xil turi ko‘rishimiz mumkin, birinchi usul produktiv hisoblanadi. Bunday deyilishiga sabab bugungi kunda bu usullar orqali yangi so’zlar yasaladi va produktiv usul o‘z ichiga quyidagilarni oladi: 1) affikslar yordamida (affiksatsiya); 2) konversiya; 3) abbrivatura (qisqartirish); 4) kompozitsiya (so’z yoki negiz qo’shish orqali). Affiksatsiya. Tilda ko‘p shakllanish turlari mavjud bo‘lib,shulardan biri affiksatsiyadir. Affiksatsiya eng keng tarqalgan morfologik jarayon sifatida da’vo qilish mumkin. Inson tilida ehtimol qo ‘shma so ‘zlarni yaratishning eng keng tarqalgan usulidir. Syzmanekning fikricha, affiksatsiya, umuman “ Ildizli morfema bilan bog’lanishning birikmasi ya’ni o ‘zakka qo ‘shilgan morfema affiks yoki affiksatsiya deb atalish jarayoni ” deb ta’riflagan. (1989:62) Affiksatsiya – asosga hosila affikslarini qo ‘shish orqali so ‘z yasalishidir. Affikslar yordamida, ya’ni qo’shimcha qo’shib so’z yasash ingliz tilining uzoq tarixi davomida eng ko’p qo’llanilgan produktiv usuldir. Bunda biror–bir so’z turkumiga oid so’zga qo’shimcha qo’shiladi. Tilshunoslar affikslarni uch turga ajratadilar: suffiks, prefix va infiks Asosning old tomoniga bog’langan affiks prefiks deyiladi, asosning oxiriga biriktirilgan bo ‘lsa suffiks deyiladi so ‘zning o ‘rtasida kelsa infiks deyiladi, bu yerda prefix, infiks va suffiks larga ba’zi misollar keltirilgan. Prefikslar: ingliz tilidagi de-activate, re - organize,un -happy, o‘zbek tiladagi ser-farzand, super-yutuq, ba-davlat. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling