Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida


“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”


Download 4.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/197
Sana01.11.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1737057
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   197
Bog'liq
“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9

“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” 
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
 
246 
bo’lgan she’rlari adabiyotimizda o’ziga xos tarzda betakror o’rin tutadi. Shoirning 
she’rlari boshqa tillarga ham tarjima qilingani bois, shoir ijodidan boshqa millat 
vakillari ham hozirgi kunda bahramand bo’lmoqda va ma’naviy ozuqa olmoqdalar. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. 
Yo’ldoshev M. Muhammad Yusufni anglash. – T.: 2020. 
2. 
Muhammad Yusuf. Shoir sevgisi. – Toshkent: Noshir, 2014. 
3. 
www.ziyonet.uz 
4. 
www.kitob.uz 


“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” 
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
 
247 
TAVALLO BADIIY PUBLITSISTIKASINING TIL VA USLUBI 
MASALALARI 
 
Raxmonova Dildora Mirzakarimovna 
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universiteti katta o‘qituvchisi 
dildorarahmonovatsul@gmail.com
  
 
Annotatsiya: Mazkur maqolada jadid adibi Tavallo ijodi, xususan, 
publitsistikasi haqida so‘z yuritiladi. Uning o‘zbek badiiy publitsistikasiga qo‘shgan 
hissasi, so‘z qo‘llash, badiiy tasvirlardan unumli foydalanish mahorati tahlilga 
tortiladi. 
Kalit so‘zlar: Jadid adabiyoti, Tavallo, badiiy publitsistika, turkona uslub, 
soddalik, hajv. 
Adabiyotning missiyasi millatni uyg‘otish, ularni birlashish va ma’rifatga 
chorlash bo‘lib turgan bir vaqtda eng yaxshi usul uni xalqqa moslash va shu orqali 
adabiyot va omma yaqinlashuvini ta’minlashdan iborat edi. Ayni shu jihatlarga ko‘ra 
Tavallo publitsistikasida N.Afoqova ta’kidlagan turkona uslubning eng muhim jihati 
soddalik, tilning ravonligi va nihoyada xalq tiliga yaqinlik yaqqol kuzatiladi. Tavallo 
jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni nihoyatda aniq va tushunarli tarzda bayon etadi. 
Jumladan, “E’tizor” deb nomlangan maqolasida ayni shu ravon va oddiy tilning 
jozibasidan mahorat bilan foydalanadi. “Oyna” jurnaliga nega maqola yubormay 
qo‘ydingiz degan savolga javob berib o‘tish barobarida jamiyatdagi eng dolzarb 
masalalarga e’tibor qaratadi: “Endi mandin she’r, maqola talab qilsangizlar, ushbu 
“Turkiston viloyatining gazetasi”ni olib o‘qursizlar. Ot aylanub qozig‘in topar, degan 
man bo‘ldum. Ne uchun men xafa bo‘lmasmanki, O‘runburg‘da chiqadurgon “Vaqt” 
gazetasin o‘qib turamiz, bir necha maqola yozib yubordim, bosmaydur. Bossa ham 
bik oz qilib bosadurlar. Bizlarning to‘g‘rimizdin matbuot sahifasida qalam tebratsa, 
darhol bosh maqolasiga “Sart”, “sartlar” deb bo‘lmag‘on bir majhul ism ila bizlarni 



Download 4.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling