Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida


“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”


Download 4.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/197
Sana01.11.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1737057
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   197
Bog'liq
“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9

“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” 
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
 
30 
Proektlab o‘qitish metodi va x. k. Bu metodlarning vujudga kelishiga, shubhasiz, 
pedagogika, psixologiya, shaxs psixologiyasi, lingvistika, psixolingvistika fanlarining 
rivojlanishi va ta’siri katta bo‘ladi. Fikrimizcha, chet shli o‘rgatish metodlari haqidagi 
bunday turli tumanlik metodist olimlar orasida hamon yagona fikr yo‘qligidandan 
dalolat beradi. Masalan, I. V. Rahmonov va M. V. Lyaxovitskiylarning fikricha chet 
tillarni uchta umumiy metod orqali o‘rgatish mumkin: 
1. Namoyish qilish (demonstratsiya) metodi; 
2. Tushuntirish metodi; 
3. Mashq ishlatish yoki amaliy ishlarni tashkil qilish metodi. 
R. K. Minyar-Beloruchev esa, bu uch metodni boshkacha atamalar orqali 
nomlashni taklif qiladi. 1. Tushuntirish metodi; 3. Ko‘rsatish metodi; 3. 
Mustahkamlash metodi. I. L. Bim esa, o‘rgatish metodlarini tasniflar ekan ularni: 1. 
Ko‘rsatish; 2. Tushuntirish; 3. Mashq, bajartirish; 4. Malakalarni amalda qo‘llash 
kabi turlarga bo‘ladi. E. I. Passov, I. M. Maxmudovlarning asarlarida ularning soni 
yanada ko‘paytirilada: 1. Tushuntirish metodi (retseptiv metod yoki ko‘rgazmali 
tushuntirish metodi); 2. Reproduktiv metod; 3. Muammoli (problemali) o‘qitish 
metodi; 3. Evristik suhbat metodi; 5. Ilmiy izlanish yoki ilmiy tadqiqod o‘tkazish 
orqali o‘rgatish metodi. Nazarimizda o‘rgatish metodlariing bunday turli-tuman 
tasniflanishida o‘rgatish metodlari, usullari, tamoyillari o‘zaro aralashtirilib 
yuborilgan. 
Tushuntirish metodi. Tushuntirish metodi ta’lim jarayonida eng keng 
qo‘llantladigan metodlardan biri hisoblanib, o‘quvchi o‘quv dasturida belgilangan 
fonetik, leksik, grammatik materialni og‘zaki usulda o‘quvchilarga takdim 
qiladi.O‘qituvchi xilma-xil ko‘rgazmali kurollardan, ta’limning texnika vositalaridan 
foydalangan holda o‘quv materialining mazmunini bayon qiladi, bu orqali 
o‘quvchilarda dastlabki fonetik, leksik, grammatik ko‘nikmalarni shakllantiradi va bu 
ko‘nikmalarni amalda qo‘llash yo‘llarini ko‘rsatadi. Bu metod o‘quv materialini 
mantiqiy izchillikda bayon qilish, turli ma’lumotlardan foydalanish, fanlararo 
bog‘liqlikni ta’minlash, o‘zbek va fransuz tillarini qiyoslab tushuntirish imkoniyatini 
beradi. Bu metodning samarador bo‘lishi o‘qituvchining metodik mahoratiga, ya’ni 



Download 4.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling