Ilm-fan taraqqiyotida zamonaviy metodlarning qo‘llanilishi
Download 141.65 Kb. Pdf ko'rish
|
10-13
28-SON WWW.ACADEMICS.UZ
11 Chunki o’quvchilarni teran fikrlay oladigan, mustaqil fikrlashga yonaltiradigan adabiyot fani oldida asosiy bosh maqsad turadi. Bu maqsad Vatanimizning kelajagi bo’lgan yosh avlodni komil shaxs sifatida ma’naviyatini shakllantirish, ularni duhyoqarashini kengaytirish va ijodiy fikrlashini rivojlantirishdan iboratdir. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida Davlat ta’lim standartlarini belgilashda nutq o’stirish asosiy o’rinda turadi. Muhtaram birinchi prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov aytganidek: “Bizga maktab bitiruvchilari emas, maktab ta’lim –tarbiyasini ko’rgan shaxslar kerak”. Birinchi prezidentimiz bu gaplarni bejizga aytmagan, albatta. Shuning uchun ham barcha o’qituvchilar oldida adabiyot darslarini o’qitishda katta ulkan vazifalar borligini bilgan holda, o’quvchilarga bilim berishda hozirgi zamon talablariga mos holda ish olib borishimiz kerak. Buning uchun esa mamlakatimizda ta’lim sohasida ulkan o’zgarishlar bo’lyapti. Mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh qilish orqali yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar etib, voyaga yetkazish asosiy vazifa sifatida qo’yilmoqda.Ta’limning maqsadi eng, avvalo, inson ongini rivojlantirishdir. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunday islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlariga erishilmoqda. Bu esa yoshlar o’rtasida kitobxonlik va darslarga qiziqish xususiyatini o’stirish va o’qituvchilarning har tomonlama ta’lim –tarbiyaga yanada e’tiborini kuchaytirishni talab etmoqda. Shuning uchun hozirgi kunda ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi yuksak psixologik mahorat va nutq madaniyatiga ega bo’lishi kerak. Buning uchun esa o’qituvchi o’z nutqida quyidagilarni aks ettirishi kerak: 1. Nutqninig to’griligi. 2. Nutqning sofligi. Hozirgi zamon o’qituvchisi dars o’tish jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan unumli foydalansa, o’quvchilarni o’z darsiga jalb qila olishi oson bo’ladi. Ayniqsa, yuqori sinflarda adabiyot darslarida bu usullur juda qo’l keladi. Nega desangiz yuqori sinf o’quvchilari adabiyot darslariga uncha e’tibor |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling