Mavzu: «Ilmiy tadqiqot ishini tashkil etish» fanining predmeti, maqsadi, vazifasi va rivojlanish tendensiyalari Reja: Ilm-fan, uning xalq xo’jaligidagi o’rni va kelajagi Fan jamiyatimizning ishlab chiqaruvchi kuchidir. Hozirgi vaqtda xalq xo’jaligining biron – bir sohasi yo’qki, u o’z faoliyati jarayonida ilm-fanning natijalarini, uning yutuqlarini tadbiq qilmagan bo’lsin. Ilm-fan shunday tez rivojlanmoqdaki, kechagi hayollar bugun haqiqatga aylanmoqda: kosmik kemalar, kompyuterlar, Internet, texnikaning barcha sohalari va h.k. Bularning hammasi hozirgi zamon ilmiy-texnika yutuqlariga asoslanadi. Bugungi qishloq xo’jalik korxonasining faoliyati hozirgi zamon fani talablariga to’la javob beradigan va ilmiy asoslangan bo’lishi kerak. Misol uchun bugungi zamonaviy fermer xo’jaligini oladigan bo’lsak, unda nafaqat boqilayotgan mollar, parrandalar balki barcha ishlab chiqarish vositalari, ularga texnik xizmat ko’rsatish va tuzatishni tashkil etish ham hozirgi zamon fani talablariga to’la javob berishi va ilmiy asosda tashkil etilishi kerak. Hozirgi zamon fani talablari: Bu nima degani? - Mehnatni ilmiy asosda tashkil etish; - Qishloq xo’jalik texnikalarining holatini aniqlash, (diagnostika), texnik qarov va tuzatishda yangi usullarni tadbiq qilish; - ishlab chiqarish jarayonida mashinalashtirish va kompyuterlashtirishni qo’llash va hokazo. Fanning asosiy maqsadi va uni talqin etish tartibi Yuqorida keltirilgan va shunga o’xshash boshqa masalalarning qishloq xo’jaligida tadbiq qilinishi katta iqtisodiy foyda beradi, chunki bu masalalarning yechimi ilmiy tarzda asoslangan bo’ladi. Bu ishlarni kim amalga oshiradi?
Do'stlaringiz bilan baham: |