Ilmiy faoliyat nima ? Ilmiy maqola qanday yoziladi? Ilmiy faoliyat


Download 0.9 Mb.
bet1/5
Sana28.12.2022
Hajmi0.9 Mb.
#1024011
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Ilmiy Faoliyat va Ilmiy maqola


ILMIY FAOLIYAT NIMA ?
ILMIY MAQOLA QANDAY YOZILADI?

Ilmiy faoliyat obyektlar, hodisa (jarayonlar)ning xususiyatlari, o‘ziga xosliklari va qonuniyatlarini aniqlash maqsadida borliqni o‘rganish va olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llashga yo‘naltirilgan faoliyat hisoblanib, fundamental va amaliy tadqiqotlardan iboratdir.
Fundamental tadqiqotlar tabiat, jamiyat va insonning tuzilishi, shakllanishi va rivojlanishiga oid asosiy qonuniyatlar haqida yangi bilimlar olish, ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik, shuningdek muayyan faoliyat natijasida yaratilgan obyektlarni o‘rganishga yo‘naltirilgan nazariy va (yoki) tajribaga yo‘naltirilgan faoliyat hisoblanadi.
Amaliy tadqiqotlar amaliy maqsadlarga erishish va aniq vazifalarni hal etish uchun asosan yangi bilimlar va fundamental tadqiqotlar natijalarini qo‘llashga yo‘naltirilgan faoliyat hisoblanadi.
(O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
ILM-FAN VA ILMIY FAOLIYAT TO‘G‘RISIDA
3 bob 12-modda)
Ilmiy maqola qanday yoziladi?
Yozishdan oldin siz ilmiy maqolani va uning nima ekanligini yozishni tushunishingiz kerak. Ilmiy maqola ma'lum bir kichik mavzu bo'yicha kichik tadqiqot. Uchta ilmiy maqolalar mavjud:
  • Empirik - bu o'z tajribasi asosida qurilgan maqola.
  • Ilmiy-nazariy - bu tadqiqotning aniq natijalarini tasvirlaydigan maqolalar.
  • Ko'rib chiqish - bu tor doirada muayyan sohadagi yutuqlarni tahlil qiluvchi maqolalar

ILMIY MAQOLA TURLARI

Ilmiy maqola turlari

  • Research article – eng ko’p uchraydigan maqola turi. Bu turdagi maqolalarda biz o’rganmoqchi bo’layotganimiz barcha seksiyalar mavjud: Abstract, Introduction, Materials Methods, Results, Discussion (Conclusion, Acknowledgement).
  • Short communication – olingan ma’lumotni ilmiy yangiligni boshqalar “ilib ketmasidan avval” tezroq chop qilish maqsadida tayyorlanadigan maqola turi. Bunda, Material Methods va Discussion ga odatda ko’p urg’u berilmaydi, natija tezroq chop qilib olinadi.
  • Mini review yoki Review – hozirgi kunda soni ko’payib borayotgan, tor sohadagi ma’lumotlar sharh qilingan maqola turi. Ilmiy yangiliklarni “hazm qilishga” tor soha professorlaring ham vaqti yetishmayotganligi sababli bu turdagi maqolalarga jurnallar tomonidan ham rag’batlantirilmoqda va ularga ilmiy sotsium tomonidan qiziqish ham ortib bormoqda.
  • Expert opinionsexpert fikrlarini aks ettiruvchi kritik, maslahat, tavsiya, prognoz ko’rinishlaridagi maqolalar.

Ilmiy maqola matnini tayyorlash talablari
Xalqaro ilmiy jurnallarning aksariyati eksperimental tadqiqot natijalarini tavsiflovchi maqolaga quyidagi asosiy qismlardan iborat talabni belgilaydi: Kirish, Usullar, Natijalar va Munozara (Introduction, Methods, Results, and Discussion - IMRAD). Ba'zan Annotatsiya (Abstract) ma'nosini anglatuvchi «A» harfi IMRAD qisqartmasiga qo'shiladi va IMRAD, deb yozilishi ham mumkin. Ilmiy maqola bo'limlarining ichki tuzilishi batafsil tavsifi quyidagi ko'rinishga egadir. Agar maqola nazariy izlanishlarga bag'ishlangan bo'lsa, unda «Methods» bo'limi «Theoretical Basis»ga (Nazariy Asos) almashtiriladi. Maqolaning Kirish, Metodlar, Natijalar va Munozara bo'limlari – maqolaning asosiy qismi (Article Body), deb ataladi. Muallif asosiy e'tiborni maqola asosiy qismiga qaratish kerak!

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling