Ilm-fan va innovatsiya ilmiy-amaliy konferensiyasi


Download 439.86 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.06.2023
Hajmi439.86 Kb.
#1591668
Bog'liq
Ilm-fan va innovatsiya 0603



ILM-FAN VA INNOVATSIYA 
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
 
in-academy.uz/index.php/si 

LIPIDLAR
Hamidova Mohigul Odiljon qizi 
Andijon Davlat Pedagogika Instituti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7917463
 
Annotatsiya: Tirik organizm hayot faoliyatida lipidlar muhim ahamiyatga ega. Lipidlar-
barcha tirik hujayralar tarkibida boʻlgan yogʻsimon yetkazib. Lipidlar biologik 
membranalarning asosiy komponentlaridan biri hisoblanib, bir qator jarayonlarda 
qatnashadi. Bu tezis lipidlar yaʼni yogʻlar haqida va lipidlar almashinuvi haqida maʼlumot 
beriladi. 
Kalit so’zlar: lipidlar, lipoza, energiya, yog’lar, aldegid, diol, mum, ortofosfat. 
Lipid soʻzi yunonchadan olingan boʻlib, lipos- yoʻgʻ degan maʼnoni anglatadi. Lipidlar biologik 
membrananing muhim komponenti boʻlib, hujayralarning oʻtkazuvchanligi, nerv impulsini 
uzatish, muskullar qizqarishi, fermentlarning faolligiga taʼsiri, energiya rezervi
termoizolgasiya qoplamasini hosil qilish va organlarni mexanik taʼsirdan saqlash lipidlarning 
asosiy vazifalari hisoblanadi. Lipidlar oddiy va murakkab lipidlarga boʻlinadi. Oddiy 
lipidlarga mum, diol va boshqa yogʻlar kiradi. Murakkab lipidlarga ortafosfat kislata hosilalari 
va qand qoldiqlaridan tarkib topgan moddalar kiradi. Lipitlar ekstraktsiya usuli bilan olinadi. 
Lipidlar oziq ovqat sifatida, tibbiyotda kasallarni davolashda va turli sanoat tarmoqlarida 
ishlatiladi.
Lipidlar almashinuvi. Ortiqcha miqdorda yuqori kelakaloriyali ovqatlar-uglevodlar
tregtitseridlarni isteʼmol qilishi yogʻ toʻqimalaridagi endogen tiriglitseridlarining zaxiralari 
sarflanishiga yoʻl bermaydi. Endogen xolesterin sintezi bilan boshqariladi. Bunda xolestirin 
ovqat tarkibida qancha koʻp isteʼmol qilinsa, jigarda uning hosil boʻlishi shuncha kam boʻladi. 
Organizmda lipidlarning almashinuvida ovqat tarkibidagi turli xil lipidlarning nisbati katta 
ahamiyatga ega. Oʻsimlik moylaridagi toʻyinmagan yogʻ kislotalarining isteʼmol qilinishi oʻzlari 
substrat boʻladigan endogen fosfolipidlar va prostaglandinlar sinteziga ijobiy taʼsir etadi. [ 3 ] 


ILM-FAN VA INNOVATSIYA 
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
 
in-academy.uz/index.php/si 
10 
1-rasm Lipidlar almashinuvi [5] 
Organizm toʻqimalarida har doim maʼlum miqdorda lipid mavjud boʻlib, ular yogʻ depolarida 
zaxira modda sifatida koʻp toʻplanadi, kam miqdorda hujayra strukturasiga kiradi. 
Oʻsimliklarda lipidlar uglevodlardan sintezlanib, meva va donlarda koʻp yegʻilgan boʻladi.
Yogʻlar tarkibida vadarod atomlari koʻp boʻlganida ular yonganda suv ham deyarli ikki marta 
ortiq hosil boʻladi: 1g yogʻ yo ganda 1.07g, 1g uglevod yonganda 0.55g, 1g oqsil yonganda esa 
0.41g suv hosil boʻladi. Bu omil suv yetarli boʻlmagan sharoitda yashaydigan hayvonlar 
ayniqsa tuxumda embrionning oʻsishi uchun katta ahamiyatga ega. [4] 
Lipidlar har bir tirik organizm uchun muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Lipidlar yaʼni 
yogʻlar zaxira sifatida toʻplanadi va hujayraga kerak bplganda oz miqdordan berib turiladi. 
 
References: 
1. 
Biologik kimyo va molekulyar biologiya. Majmua 
2. 
M.N.Valixanov, S.N.Dolimov. Biologik kimyo va molekulyar biologiya.
3. 
arxiv.uz 
4. 
m.org.wikipedia.org 
5. 
tltaudit.ru 
6. 
azkurs org 

Download 439.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling