Ilm-fan va ta’lim
HACH DR 3900 spektrofotometri
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali 6-son (3) (1)
HACH DR 3900 spektrofotometri- yordamida tahlil qilish namuna olishdan tortib, natijani saqlashgacha bo’lgan o’lchov jarayonini nazorat qilish imkonini beradi. Bu asbob yordamida kim, qanday na’muna qanday reagent yordamida olinganligi ham saqlab qolish imkonini beradi. O’lchov natijalarini katta rangli sensorli ekranda o’qish mumkin. Yangi IBR+shtrix-kod skaneri yangi 2D kyuvetli.Shtrix-koddagi reagentlarni raqami va yaroqlik muddatini taniy oladi. Ushbu ma’lumotlar o’lchov natijalari bilan birga hujjatlashtiriladi. “Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali 2181-4325 | https://ilmfanvatalim.uz/ | № 6 ~ 74 ~ Ishdan maqsad: 100gramm kunjut urug’i tarkibidagi kalsiy miqdorini spektrofotometriya usuli orqali aniqlash. Kerakli jixozlar: HACH DR 3900 spektrofotometri, analitik tarozi, o’lchov silindri, stakanlar, shisha tayoqcha, pipetka, aralashtirgich, quritish pechi, havoncha, filtr qog’ozi, voronka; Kerakli reaktivlar: kunjut urug’i-100gr., ishqor eritmasi-5%li, distillangan suv, LCK 327 test kyuvetasi; Ishning bajarish tartibi: Kunjut urug’i namunasidan analitik tarozi yordamida 100 gramm tortib olib, uni hovoncha yordamida ezib maydaladik. Maydalangan kunjut urug’lariga tayyorlab olingan 0, 5%li ishqor eritmasida eritib oldik. Elektron aralashtirgich yordamida tegishli harorat berib, 30-40 daqiqa davomida aralashtirib ekstraksiya qildik. Ushbu jarayon yakunlangach olingan ekstraktni filtrlab oldik. Bunda cho’kib qolgan filtratni olib, tarkibidagi elementlarni eritmada o’tkazish uchun 5% li ishqor eritmasidan 1:10 nisbatda 30 daqiqa davomida ekstraksiya qilindi. Olingan ekstrakt filtrlandi va yana 1:10 nisbatda ishqor eritmasi bilan suyultirildi. Har bir element uchun miqdoriy aniqlash uchun maxsus shtrixlangan test kyuveta (LCK)dan foydalandik va kalsiy uchun LCK 327 test kyuvetasidan foydalanildi. Test kyuvetaga namunalar solindi va natijani olish uchun test kyuveta spektrofotometrga joylashtirdik. Avtomatik aniqlash orqali natijalar spektrofotometr ekranida ko’rinadi. Taxlillar yakuniga ko’ra quyidagi natijalar olindi: Download 4.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling