Ilm-fan va ta’lim
TRANSFORMATORNING TRANFORMATSIYALASH KOEFFITSIENTINI VA F.I.K
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali 6-son (3) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- NAZARIY MUQADDIMA
TRANSFORMATORNING TRANFORMATSIYALASH KOEFFITSIENTINI VA F.I.K. ANIQLASH Kerakli asbob va materiallar: 1. Transformator. 2. Voltmetr 2ta. 3. Ampermetr 2ta. 4. Reostat. 5. Kalitlar. 6. Avtotransformator (LATR). 7. Surgichli geoxord. 8. Kichik qarshilikka ega boʻlgan telefon. Ishning maqsadi: Transformatorning transformatsiyalash koeffitsientini va F.I.K. ni aniqlash. NAZARIY MUQADDIMA Transformator deb, bir kuchlanishdagi oʻzgaruvchan tokni, ikkinchi xil kuchlanishli oʻzgaruvchan tokka aylantirib beruvchi asbobga aytiladi. “Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali 2181-4325 | https://ilmfanvatalim.uz/ | № 6 ~ 111 ~ 1-rasm Transformator elektromagnit induksiya hodisasiga asoslangan holda ishlaydi. Transformator temir oʻzakdan va unga joylashtirilgan oʻramlar soni n1, boʻlgan birlamchi va oʻramlar soni n2 boʻlgan ikkilamchi gʻaltakdan iboratdir. Temir oʻzak bir-biridan izolyatsiyalangan elektrotexnik poʻlat plastinkalaridan yasalgan. Ikki chulgʻamli transformatorning sxemasi 2a-rasmda, shartli belgilashlari esa 2b-rasmda berilgan. “Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali 2181-4325 | https://ilmfanvatalim.uz/ | № 6 ~ 112 ~ Transformatorning transformatsiyalash koeffitsientiniva F.I.K. ni aniqlash 1. 2-rasmdagi sxema boʻyicha zanjirni tuzing. 2. Ikkilamchi gʻaltakdagi kalitni uzib qoʻying. Birlamchi gʻaltakni oʻzgaruvchan tok manbaiga ulang va transformatorni salt ishlayotgan vaqtda oʻlchov asboblarini koʻrsatishini yozib oling. 3. K = U 1 /U 2 formula yordamida transformatsiyalash koeffitsientini hisoblang. 4. K – boʻyicha transformator kuchaytiruvchini yoki pasaytiruvchini aniqlang. 5. Reostatning surilgichini qarshilikning eng katta qiymatiga qoʻying. 6. Kalit K bilan ikkilamchi gʻaltakni ulang. Asta-sekin ikkilamchi gʻaltakdagi tokni oshirib, voltmetr va ampermetr koʻrsatishini yozib boring. Oʻlchashlar natijasi jadvalga yoziladi va formula F.I.K. hisoblanadi. 4-rasm. Ikki chulgʻamli transformatorning elektr sxemasi. “Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali 2181-4325 | https://ilmfanvatalim.uz/ | № 6 ~ 113 ~ KUZATISH JADVALI Ikkilamchi gʻaltak Birlamchi gʻaltak F.I.K KUZATISH NATIJASI HISOBLASH NATIJASI KUZATISH NATIJASI HISOBLASH NATIJASI I 2 U 2 P 2 I 1 U 1 P 1 P 2/ P 1 1. Olingan natijalar yordamida F.I.K. ning ikkilamchi gʻaltakdan oʻtuvchi tok kuchi (Y 2 ) ga bogʻliq grafigini chizing. h = f (I 2 ) Nazorat savollar 1. Transformatorning tuzilishi va ishlash prinsipi? 2. Transformatorning koeffitsienti deb nimaga aytiladi? 3. Transformatsiyalash koeffitsientini aniqlashda kompensasiya usulini maʻnosi nima? 4.Trasformatorni salt ishlashi deb nimaga aytiladi? 5. Trasformatorda qanday energiya yoʻqolishlari roʻy beradi? 6. Transformatorning F.I.K. qanday topiladi? Download 4.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling