Ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, taklif va yechimlar


Download 1.59 Mb.
bet14/71
Sana28.02.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1237641
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   71
Bog'liq
26-son konf tayyor

LIST OF USED LITERATURE:


  1. Sh. Mirziyoev. “We will build a free and prosperous democratic country of Uzbekistan together”. Tashkent-“Uzbekistan”-2016.

  2. Imam Ismail al-Bukhari. “AL-ADAB AL-MUFRAD” (Masterpieces of literature) Tashkent- “Uzbekistan”-1990.

  3. Imam Ismail Al-Bukhari. “Al-jome’ as-sahih”. Editor-in-chief of dictionaries. Tashkent-1997.

  4. Sheikh Muhammad Sadiq Muhammad Yusuf. “Hadith and Life”. Hilal edition-2019.

34
www.academiascience.uz


“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 26-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI

MATEMATIKA FANINI O‘QITIShDA O‘QUVCHILARNING MANTIQIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI




Xamida Matmuratova
Xorazm viloyati, Yangibozor tumani,
11- umumiy o‘rta ta`lim maktabi matematika fani o‘qituvchisi
Annotatsiya: Mantiqiy tafakkurni rivojlantiruvchi masalalar o‘quvchilardagi matematika faniga bo‘lgan loqaydlikni bartaraf etadi. Matematika fanini o‘qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarning tasavvur qilishi qiyin bo‘lgan mavzularida yaxshiroq tushunishiga, yangi bilimlarni egallashda yangi qirralarning ochilishiga turtki bo‘ladigan eng yaqin yordamchi hisoblanadi.
Kalit so‘zlar: «Mantiqiy masala», «Qobiliyat», «Axborot texnologiyalaridan foydalanish », «Mantiqiy tafakkur», « Bilim samaradorligi ».

Mamlakatimizda ta`lim tizimidagi asosiy vazifa ta`lim mazmunini takomillashtirish, o‘quvchilarning bilim samaradorligini oshirishga qaratilmoqda. Matematika o‘quvchilar aqlini mantiqiy fikrlashga undar ekan, undagi nuqsonlar va keraksiz fikrlarni bartaraf qilishga ham juda katta yordam beradi.


Matematika fanidan umumiy o‘rta ta`lim maktablarining Davlat ta`lim standartlariga asoslangan holda, o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda, har bir sinf uchun matematikaga oid mantiqiy masalalar berilib, bilimlari tekshiriladi. Ma`lumki, har bir sinfda o‘quvchilarning hammasi ham bir xilda qabul qiluvchi, qobiliyatli bo‘la olmaydilar. Bu fanga qiziquvchi o‘quvchilarga darsda olgan bilimlari kamlik qiladi, ularga ko‘proq ma`lumotlar berishga to‘g`ri keladi. Kam o‘zlashtiradigan o‘quvchilarni esa bu fanga qiziqtirib, bilimidagi bo‘shliqlarini to‘ldirib borish kerak. Shuning uchun har bir o‘quvchining individual psixologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yondashish maqsadga muvofiqdir.
35
www.academiascience.uz
“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 26-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
Bu kabi vazifalarni bajarishda, ya`ni ta`lim sifatini oshirishda o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish va unda axborot texnologiyalarining ahamiyatining o‘rni beqiyosdir.
Ko‘z bilan ko‘rgan eshitgandan afzalroqdir. (Beruniy hikmatlaridan). Mantiqiy tafakkurini rivojlantirish deganda ko‘p hollarda unga juda keng ma`no beriladi.Uning asosiy ahamiyati shundaki, bunda o‘quvchilarning ijodiy tarbiyasini rivojlantirish, qiziqishini vujudga keltirish va o‘stirish, o‘quvchilarning ilmiy saviyasini oshirish, mustaqil ishlash, havasini uyg`otish, fanga oid adabiyotlardan foydalana bilishga o‘rgatish kabi imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, o‘quv jarayoni markazida o‘quvchi bo‘lishini inobatga olgan holda, asosiy e`tibor bu jarayonni unga mos va xos ravishda tashkil qilishga qaratilgan bo‘lib, o‘quvchilarni nima uchun o‘qitish, nimaga o‘qitish, nimalarni o‘qitish, qanday o‘qitish kerak, degan savollarga aniq va atroflicha javob topishga to‘g`ri keladi. Shaxsga qaratilgan ta`lim tizimini o‘quvchining o‘quv mehnatini maqsadga muvofiq tashkil etishni mantiqiy tafakkurni rivojlantirmasdan tasavvur qilib bo‘lmaydi. O`quvchilarga berilgan mantiqiy masalalar ularning bildirgan fikrlarini asoslay bilishi, boshqalarning bildirgan fikrlarini tanqidiy idrok qilishi mumkin. O`quvchilarning bildirgan fikrlarini yanada aniqlashtirish maqsadida ularga qo‘shimcha tarzda quyidagi savollar berilishi mumkin: Sening fikring qanday? Bu nima degani? Sening fikringni nima isbotlaydi?
Quyida keltirilgan masalalar o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiladi.
1 (5-sinf) 1,2,3,...,1609 sonlari orasida nechta natural sonning kvadrati bor?

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling