Ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, taklif va yechimlar
Download 1.59 Mb.
|
26-son konf tayyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar ro‘yxati
XULOSAO‘z ona tilimizda qadimdan ishlatib kelingan, xalq orasida keng tarqalgan, xalqaro terminlar anglatgan tushunchalarni o‘zida to‘la ifodalay oladigan o‘zbekcha tibbiy terminlarni ilmiy adabiyotlar, darsliklar orqali shifokorlar ommasi muloqotiga singdirish maqsadga muvofiq. Tibbiyotning ginekologiya sohasiga oid ko‘rib chiqilgan maxsus terminlarni adabiy til me'yoriga moslashuvini ta'minlash, ularni unifikasiyalash hamda ma'lum bir qolipga solish nafaqat tilshunoslar, balki soha vakillari oldida turgan muhim va kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalardan biri hisoblanadi. Adabiyotlar ro‘yxati:Abu Ali ibn Sino. “Tib qonunlari”. 3 jildlik. 3-jild. – Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti, 1992. O‘zbek xalq dostonlari. “Alpomish”. I qism. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 1992. O‘zbek xalq ijodi. “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi”. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyoti, 1967. В.К.Колобаев, А.Х.Всеволодова. Синонимия и медицинская терминология. Международный журнал экспериментального образования. 2017. - № 5 – с. 89-92. 42 www.academiascience.uz “ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 26-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI “So’nggi yillar o’zbek dostonlarining yetakchi estetik tamoyillari” Soliyeva Kamola Abdumalikovna Buxoro davlat universiteti 2- bosqich magistranti Istiqlol yillari o‘zbek poemachiligida tarixiy mavzudagi poemalar alohida tizimni tashkil etadi. SHuning uchun “keyingi yillarda, ayniqsa, mustaqillikdan so‘ng tarixga, qadimiy qadriyatlarga, jumladan, tarixiy shaxslar hayotiga qiziqish bir qadar ortdi”,- deb yozadi adabiyotshunos SH.Hasanov.1 Haqiqatan, istiqlol yillari o‘zbek poemachiligida bu holat yorqin kuzatiladi. A.Mahkamning “Tavajjuh”, T.Nizomning “Uch so‘z”, “Avvalu oxir”, E.SHukurning “Naqshband”, A.Eshonovning “Samarqandda bir oydin kecha”, K.Avazning “Ogahiy”, O.Safarovning “Buxoriylar yoxud o‘n ikki yulduz haqida qo‘shiq” singari dostonlari mulohazalarimizni tasdiqlaydi. Davr poemachiligida tarixiy shaxslar siymolarini badiiy gavdalantirishga alohida e’tibor berildi. U.Qo‘chqorning “SHiroq” dostonida vatanparvarlikning yorqin timsoli SHiroq, A.Mahkamning “Tavajjuh”, T.Nizomning “Uch so‘z” dostonlarida Mirzo Bobur, E.SHukurning “Naqshband” poemasida din olamining ulug‘ vakillari Boboyi Samosiy, Bahovuddin Naqshband, T.Nizomning “Avvalu oxir”, A.Eshonovning “Samarqandda bir oydin kecha” poemalarida buyuk davlatchilikka asos solgan sarkarda va hukmdor Amir Temur, K.Avazning “Ogahiy” dostonida mashhur o‘zbek shoiri Muhammad ROgahiy, O.Safarovning “Buxoriylar va o‘n ikki yulduz haqida qo‘shiq” dostonida Imom Ismoil al-Buxoriy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Torobiy, Ahmad Donish, Fitrat singari vatanimiz va millatimiz tarixida munosib nom qoldirgan tarixiy siymolarning epik va lirik timsollari yaratilgan. A.Mahkamning “Tavajjuh” dostoni Bobur haqida yozilgan epik turdagi asarlardan ancha farq qiladi. CHunki unda xronologik vaqt va zamon muhim o‘rin tutmaydi, voqeabandlikka asoslanmagan. Asar lirik xarakterda bo‘lgani uchun shoh va shoir Boburning ruhiy dunyosiga chizgilar beriladi. Binobarin, adabiyotshunos SH.Hasanov o‘rinli ta’kidlaganidiy: “Bobur ruhidagi g‘alayon, tuyg‘ular taloshi shaxs va taqdiri azal munosabati ro‘yobga chiqadi. “Men” bilan boshlanib, “sen” bilan poyoniga etadigan kechinmalar tizimi muallifning tasavvufiy-falsafiy qarashlarini tushunishga yordam beradi. Asarning biror satrida epiklik unsurlari uchramaydi”.2 Kitobxon ruhiy kechinmalar tahlili jarayonida Boburning shoir va shoh dunyosini anglaydi. SH.Qurbonning “So‘z yo‘li” dostoni tasvir yo‘nalishi jihatidan A.Mahkamning “Tavajjuh” poemasiga yaqin. CHunki shoir Alisher Navoiyning hayot yo‘lini aks ettirishni maqsad qilib olmaydi. Balki u xalq og‘zaki ijodi va o‘zbek mumtoz adabiyotida an’anaviylashgan qoliplash usulidan foydalangan holda A.Navoiy haqidagi xalq rivoyatlarini asar matniga olib kiradi va ular asosida Alisher Navoiyning ijod dunyosini tasvirlaydi. Rivoyatlar asarga epik ruh bag‘ishlagan va uning ma’rifiy-axloqiy mazmunni kuchaytirishga xizmat qilgan. A.Eshonovning “Samarqandda bir oydin kecha” dostoni lirik xarakterga ega. Unda shoir Go‘ri Amir maqbarasi qoshida Temur ruhi bilan muloqot qiladi. Mana shu muloqot davomida asarning asl mazmuni ochila boradi. SHoir shu asosda Temur, Bibixonim, Ulug‘bek, Alisher Navoiy kabi tarixiy shaxslar ruhini so‘zlatadi. Ularning monologlari asosida Temur xarakteriga xos muhim jihatlar oydinlashadi. T.Nizomning “Uch so‘z” dostonida esa liro-epik tasvir etakchilik qiladi. SHoir Bobur hayotining xarakterli davrlarini tasvirlashga ko‘proq e’tiborni qaratadi. E.SHukurning “Naqshband” dostoni ham voqeabandlikka asoslangan. Unda Bahovuddin Naqshbandning bolalik yillari, kamolotga erishgan davri chuqur lirizm bilan uyg‘un holda tasvir etiladi. Asarning muhim xususiyati, unda tasavvufiy ruhning mavjudligi bilan belgilanadi. T.Nizomning “Avvalu oxir” nomli dostonida ham Amir Temur siymosi gavdalantirilgan. Dostonning “Avval” qismida Amir Temurning dunyoga kelishidan to ulug‘ davlatchilikka asos solishigacha bo‘lgan voqealar, “Oxir” qismida esa uning dardga chalinishi, ichki iztiroblari liro-epik usulda aks ettiriladi. Bunda shoir monologdan foydalanadi. Amir Temur o‘z monologida o‘tgan umriga nazar tashlaydi: Mirzo Ulug‘bek, Pirmuhammad, Jahongir Mirzo, Bibixonim kabi yaqinlariga ko‘ngil dardlarini aytadi. Komil Avazning “Ogahiy” nomli musiqiy dostoni ulug‘ shoir tavalludining 200 yilligiga bag‘ishlangan. Biografik xarakterdagi bu dostonda Ogahiyning hayot yo‘li o‘z tilidan hikoya qilinadi. Bu xususiyat uning liro-epiklik xususiyatini belgilab beradi. SHu jarayonda shoirning g‘azallari kuylanadi. YA’ni musiqa ohangida Ogahiyning qalb izhorlari, kechinmalari ifoda etiladi. Bu asar aslida dostonning yangi janr ko‘rinishi bo‘lib, mohiyatan musiqali dramalarni yodga soladi. Musiqali dramalardan farqi, u sahna uchun mo‘ljallanmagan. Xronologik vaqt va zamon muhim xususiyat sanaladi. SHoir o‘zi yaratgan kuylar ohangida hayotini so‘zlab beradi. Taniqli folklorshunos va adabiyotshunos O.Safarovning Buxoroning 2500 yilligi va Imom Ismoil al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligiga bag‘ishlangan “Buxoriylar yoxud o‘n ikki yulduz haqida qo‘shiq” dostonida Buxoro tarixida munosib nom qoldirgan o‘n ikki siymosi obrazi badiiy gavdalantirilgan. Doston o‘zining bir qator fazilatlari bilan mustaqillik davri poemachiligida muhim o‘ringa egadir. Avvalo, shoir tarixiy shaxslar obrazlarini yaratishda liro-epik usuldan foydalangan. YA’ni tarixiy shaxslarning yurt, vatan oldidagi xizmatlari monologlar vositasida yuzaga chiqadi va shu monologlar epiklik bilan yo‘g‘rilgan. CHunki ularda tarixiy shaxslarning badiiy siymolari gavdalanib turadi. Doston publitsistik xususiyatga ega. CHunki shoir har bir tarixiy shaxs haqida to‘xtalar ekan, albatta, ular haqidagi tarixiy manbalarga murojaat qiladi va maqbul o‘rinlaridan iqtiboslar keltiradi. Keyin o‘sha iqtibos mazmuniga mos badiiy so‘zni satrlarga tizadi. Binobarin, turkon xotunga bag‘ishlangan birinchi qo‘shiq qismida tarixchi Narshaxiyning quyidagi fikrini keltiradi: “Bidun Buxorxudot o‘lgan vaqtda undan bir emadigan o‘g‘il bola qoldi: uning nomi Tag‘shoda edi. Bolaning onasi bo‘lgan xotun taxtga o‘tirdi va o‘n besh yil hukmronlik qildi... Aytishlaricha, uning davrida undan ko‘ra donoroq birorta ham kishi bo‘lmagan; u donolik bilan hukmronlik qilar va xalq unga itoatda edi”. SHoir mazkur tarixiy ma’lumotni keltirgandan so‘ng Turkon xotun ta’rifiga o‘tadi. Bunda qasida ruhi sezilib turadi: Turkon xotun – hoqon xotun, Qalbi nurga qalqqan, Buxoroga oro berib, Yurt boshiga balqqan xotun. SHu asosda Turkon xotunning fazilatlari: aqli teranligi, ahdida butunligi, farosat va shijoati, tadbirkorligi ulug‘lanadi. Asarning yana bir o‘ziga xos jihati uning kompozitsiyasi bilan bog‘liq. CHunki shoir o‘n ikki tarixiy siymoning har biri haqida alohida fikr yuritadi va bu qismlarni qo‘shiq deb ataydi. Sababi, bunday nomlanish ramziy mazmunga ega. SHoir buxoriylarning ta’rifini qo‘shiq yanglig‘ kuylaydi. Doston shakl jihatidan masnaviydan tashqari barmoq vaznining 4+4 =8, 6+6=12, 6+5=11, 4+4=9 kabi turoqlarida tartiblangan. Ko‘rinadiki, istiqlol yillarida milliy tariximiz va tarixiy shaxslarga murojaat etish poemachiligimizning bosh mavzularidan biriga aylandi. Xususan, Amir Temur, Alisher Navoiy, Mirzo Bobur, Bahovuddin Naqshband, Muhammad Rizo Ogahiy singari siymolarga bag‘ishlangan dostonlarda tarix sahifalarining ochilmagan qirralari namoyon bo‘ldi. Mazkur mavzuda yaratilgan asarlarga xos muhim xususiyat shunda ko‘rinadiki, ularda tarixiy shaxslarning qalb dunyosini ochib berishga ko‘proq e’tibor qaratildi. Demak, tarixiy mavzudagi poemalar istiqlol davri o‘zbek adabiyotida quyidagi xususiyatlari bilan muhimlik kasb etdi: - birinchidan, XX asrning ikkinchi yarmi poemachiligida yoritilgan tarixiy mavzuda poemalar yozish an’anasi U.Qo‘chqor (“SHiroq”), A.Mahkam (“Tavajjuh”), T.Nizom (“Uch so‘z”), E.SHukur (“Naqshband”), A.Eshonov (“Samarqandda bir oydin kecha”), K.Avaz (“Ogahiy”), A.Nosirov (“O‘tror hokimi”) singari shoirlar tomonidan yangicha davom ettirildi; - ikkinchidan, bu davr tarixiy dostonlarining o‘z salaflaridan farqi shundaki, ularda liro-epik tasvirdan ko‘ra lirik tasvirga kengroq o‘rin berildi. YA’ni ularda tarixiiy xronologiyadan ko‘ra tarixiy shaxslarning insoniy qiyofasi, qalb dunyosini ochib berishga ko‘proq e’tibor qaratildi. - uchinchidan, shoirlar tarixiy shaxslarning badiiy siymolarini tarix haqiqati va badiiy to‘qimadan samarali foydalangan holda yaratdilar. - to‘rtinchidan, ijodkorlarimiz tarixiy shaxs xarakteriga xos qaysidir ibratli fazilatni, ularning insoniy dunyosini ta’sirchan ifodalashda turli badiiy usullardan: monolog, qoliplash, liro-epik tasvir, ruhiy muloqot kabilardan samarali foydalandilar. SHu asosda istiqlol davri poemachiligida tarixiy shaxslar obrazlarning o‘ziga xos badiiy tizimi vujudga keldi. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling