Ogahiyning Tavizu-l-oshiqin devonidagi adabiy janrlarni o'rganish
Download 15.53 Kb. Pdf ko'rish
|
Ogahiyning Tavizu-l-oshiqin devonidagi adabiy janrlarni o\'rganish
- Bu sahifa navigatsiya:
- OGAHIY TAXALLUSINI OLADI.
OGAHIYNING "TAVIZU-L- OSHIQIN" DEVONIDAGI ADABIY JANRLARNI O'RGANISH Nurmetova Nasibaning tuzgan slaydi REJA: Ogahiy hayoti Ogahiy ijodi Ogahiy g'azallaridan namunalar Ogahiy g’azallari. ALISHER NAVOIY G‘AZALIGA MUXAMMAS Xulosa Xalqimizning ma’naviy merosiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli shoir, tarixnavis olim, mohir tarjimon, davlat va siyosat arbobi Muhammadrizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludiga 200 yil to‘ladi. U 1809 yilning 17 dekabrida Xiva shahri yaqinidagi Qiyot qishlog‘ida, mirob oilasida dunyoga kelgan. Ogahiyning uyi Ko‘hna Arkdan taxminan 5–6 chaqirim masofada, Qiyot qishlog‘ining Xiva–Qo‘shko‘pir yo‘lining chap tarafida. Shu kunlarda, shoirning “uy-muzeyi” joylashgan bu hovli “Ogahiy bog‘i” deb ataladi. Shoirning borliq umri o‘tgan bu boqqa qadam qo‘yishingiz bilan osmonga sapchiyotgan otga mengzar tut xayolingizni moziyga olib ketadi. MUHAMMADRIZO OTADAN ERTA YETIM QOLIB, AMAKISI, ZAMONANING YETUK SHOI- RI, KATTA MANSAB EGASI – XONNING BOSH MIROBI, USTOZ MUNIS XORAZMIY QO‘LIDA TARBIYA TOPADI. U AMAKISI HAM USTOZI SHERMUHAMMAD MUNIS XORAZMIY ILA BAMASLAHAT O‘ZIGA OGAHIY TAXALLUSINI OLADI. Shoirning taxallusi ham o‘zi aytmish ogohlik bilan xushmavzundir: Ne tong ogoh bo‘lsa, Ogahiy, ishqing siridin kim, Onga behuda ermas osmondin bu laqab paydo. Ogahiy “Ta’viz-ul oshiqin” devoni debochasida “Saodatlik asrining yoqimli, uslubi chiroyli bayon fozillariga va sharofatlik zamonining shirin tillik shoirlariga diqqatli she’rlari va nazokatga yaqin nazmlari baxshishligi uchun mo‘l in’omlar, xursandlik va ko‘p ehsonlar bilan bahramandlik yetkarib, qadru martabada o‘zgalardan aziz va mo‘‘tabar, izzat va shavkatda o‘zga odamlar orasida quyoshdek porloq va sarbaland qildi”, deya o‘zining qadri balandligidan shodmonlik tuyg‘usini izhor qiladi. Yuqoridagi dil izhori bejiz emas. Chunki mavlono tirikligidayoq elda aziz shoir, tarixnavis olim, tarjimon, ulkan mirob bo‘lib yetishgan, kamol topgan ulkan Shaxs edi. Bularning barisi tinimsiz mehnat, ilm olish, izlanishlar, Olloh bergan iste’dodiy ijod mulkidan samarali foydalanish mahsulidir. Shuning uchun ham Ogahiy avvalam bor ilmni yuqori darajada sharaflaydi: “Ilm andoq ganji nofi’dur bani odamg‘akim, kimda ul bo‘lsa, iki olam bo‘lur obod anga”, deya ulug‘lovchi shoir, keyinlarda oyog‘ida quvvat yo‘qligi ishorasida, ilmga nisbatan yanada yuksak martabada urg‘u beradi: Ey, keldi fununu ilm taslim sanga, Qilmoq manga lozim o‘ldi ta’zim sanga. Garchi yo‘q edi quvvat ayoqimda, vale, Keldim bosh ila olg‘oli ta’lim sanga. Shoirning g‘azaliyoti, uning nazm nahri, yurtga jon baxshida etib turgan Jayhunga mengzaydi, gahi shiddatli, gahi sokin, gahi sho‘x, gahi mahzun oqadi. Daryolar qay tarzda oqmasin, ular elu elatlarga hayot baxshida etib turadilar. Nainki yozish, hatto ba’zi birovlarning umr mobaynida o‘qib chiqishga ham vaqti yetmaydigan darajada sermahsullik hamma ijodkorlarga-da nasib etavermaydigan noyob baxtdir E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! Download 15.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling