Ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, taklif va yechimlar
Download 1.59 Mb.
|
26-son konf tayyor
Tayanch so‘z va iboralar: elektron tijorat, raqamli iqtisodiyot, axborot- kommunikatsiya texnologiyalari, onlayn banking, mijoz, hisob raqam, internetga ulanish tezligi, o‘tkazuvchanlik qobiliyati.
Bugungi kun ommaviy axborot vositalariga nazar solinsa, mamlakatimizdagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi yutuqlar haqida ko‘plab maqolalarni ko‘rish mumkin. Mamlakatimizda mahalliy va xalqaro internet kanallarining axborotni o‘tkazuvchanlik darajasi oshib borayotgani axborot va kommunikatsiya texnologiyalari asosida elektron tijorat tizimini joriy qilishga ham 92 www.academiascience.uz “ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 26-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI zamin yaratmoqda. Xususan, elektron hujjat aylanishi tizimlari joriy etilmoqda, elektron to‘lovlar rivojlantirilmoqda va elektron tijorat sohasida yaratilgan normativ- huquqiy baza takomillashtirilmoqda. Respublikamizda O‘zbekiston Respublikasining "Elektron tijorat to‘g‘risida" gi qonunini amalga oshirish maqsadida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda elektron tijoratni yanada rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Elektron tijorat yo‘nalishidagi qonunlarning qabul qilinishi 2004 yilga borib taqaladi. «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi [1] O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qarori 614-II-son bilan 29.04.2004 sanasida imzolangan. Keyinchalik 2004 yilda qabul qilingan qonunga o‘zgartirishlar kiritilgan. “«Elektron tijorat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” [2] O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. [3] “Internet bizning masofa va vaqt haqidagi tasavvurlarimizni o‘zgartiradi. Tarmoqning ko‘lami ma’lumotlar, insonlar munosabatlarini bugungi kunda yangi o‘lchamda namoyon qilmoqda.” [4] Ushbu tarmoqning tavsifini elektron tijorat jarayonlariga qaratsak. Elektron tijorat so‘nggi paytlarda juda tez rivojlanib borayotgan sohalardan hisoblanadi. An’anaviy tijoratdan farqli ravishda bir qator afzalliklarga ega. Foydalanuvchidan vaqtni tejash, yo‘l uchun va boshqa to‘lovlar uchun mablag‘ni iqtisod qilishi mumkin. Yetkazib berish xizmati orqali buyurtma qilingan mahsulot ortiqcha to‘lovlarsiz manzilga yetkazilishi mumkin. Bugungi kunga kelib hukumatimiz oldida elektron biznes jarayonlarini osonlashtiruvchi, mobil pul platformalarini ishlab chiqish va elektron texnologiyalardan foydalanishni rag‘batlantiruvchi, elektron tijoratning zarur infratuzilmasini rivojlantiruvchi, internet tarmog‘i vositasida bitimlar tuzishga bo‘lgan ishonchni oshiruvchi, shuningdek, kiberjinoyatlarga qarshi tura oladigan samarali huquqiy asosni shakllantirish bo‘yicha muhim vazifalar turibdi. Elektron tijorat tushunchasi ostida tovar buyurtmasini qabul qilish, to‘lovni amalga oshirish, tovar (xizmat bajarilishi) etkazib berilishidagi boshqaruvda qatnashuvni o‘z ichiga oluvchi operasiyalarning (amallar) texnologiyasi tushuniladi. Ushbu amallar 93 www.academiascience.uz “ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 26-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI (operasiyalar) axborot texnologiyalari va elektron vositalar yordamida o‘tkazilib, egalik qilish yoki ishlatish huquqini bir yuridik (jismoniy) shaxsdan ikkinchisiga o‘tishi ta’minlanadi. Noan’anaviy tijoratning rivojlanishi O‘zbekiston mehnat bozori strukturasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Yuqori axborot texnologiyalarini sanoatlashtirish minglab yangi ish o‘rinlarini yaratadi. O‘zbekiston iqtisodiyotining barqarorlashishi, tovar va xizmatlar raqobatbardoshligining kuchayishi va elektron tijorat rivojlanishi jarayonining bir paytda sodir bo‘lishi mamlakatimiz eksport imkoniyatlarining oshishiga olib keladi. Elektron tijorat aholi turmush darajasining yaxshilanishini, marketing, menejment kabi sohalarning rivojlanishini ta’minlaydi. So‘nggi yillarda respublikamizda elektron tijoratni rivojlantirish imkoniyatlari yildan yilga o‘sib borayapti. Uning rivojlanishi mahalliy ishlab chiqaruvchilarimizga yangi bozorlar ochish, yangi mijozlar topish imkoniyatlarini yaratadi. O‘zbekistonda elektron tijorat bo‘yicha mavjud muammolarni hal qilishning to‘g‘ri yo‘li tanlanganligi xalq farovonligida, jamiyatimizning taraqqiy topishida, iqtisodiy rivojlanishimizda o‘z aksini topadi. Keyingi yillarda O‘zbekistonda internet orqali savdo qilish anchayin ommalashgan bo‘lsa-da, shu bilan birga, bu sohada faoliyatni yo‘lga qo‘yishda muammolar ham oz emasligi ma’lum bo‘lib qolmoqda. Bu muammolarning tezkor va aniq yechilishi bugungi kunning muhim talablaridan biri hisoblanadi. Chunki aynan quyidagi yechimini kutayotgan masalalar jahon tajribasida keng tarqalgan bo‘lib, ularning to‘gri hal qilinmasligi oqibatida bu sohada jiddiy inqirozlar vujudga kelishi mumkin. [5] Birinchidan, zarur infrastrukturaning hali ham yetarli darajada takomillashmagani. Internetning global tarmog‘i bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘langan provayderlar soni cheklangan miqdorda va buning natijasida internet mijozlarga provayder o‘rtasida biridan ikkinchisiga tashish orqali yetkazilmoqda, ma’lumki bunday holat xizmat ko‘rsatishning sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Viloyatlarda ko‘rsatilayotgan internet xizmatining sifat ko‘rsatkichlari poytaxtdagi holat bilan solishtirganda sezilarli darajada yomon. 94 www.academiascience.uz “ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 26-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI Ikkinchidan, internet foydalanuvchilarining miqdori shunday darajadaki, bu holat elektron tijorat bilan shug‘ullanish uchun zarur bo‘lgan yirik bozor yaratish imkonini bermaydi. To‘g‘ri, oxirgi yillarda bu sohada bir qancha ijobiy natijalarga erishilmoqda, lekin bu faqatgina ma’lum bir hududlar (asosan poytaxt va ba’zi bir viloyat markazlari)da o‘smoqda. Ko‘pchilik viloyatlarda bunday holat haligacha muammoligicha qolmoqda. Ma’lumki, yetarlicha hajmdagi bozorga ega bo‘lmasdan turib elektron tijorat faoliyatini yuritish ixtiyoriy tadbirkor uchun zarardir. Respublikamizda so‘nggi yillarda internet va undan foydalanuvchilar to‘g‘risidagi quyidagi solishtirma statistik ma’lumotni tahlil qilib ko‘raylik: [6] Jami internetdan foydalanuvchilar soni 01.07.2021 sanasiga 22.6 mln. Xalqaro ma’lumotlar uzatish tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik qobiliyati 1200 Gbit/s. Bu ko‘rsatkich 2018 yildan beri o‘zgarmagan. Provayderlar uchun 1 Mbit/s tezlikda Internet tarmog‘iga ulanish narxi 2021 yil holatiga 3$. 2020 1ilda bu ko‘rsatkich 5.5 $ ni tashkil etgan. Optik tolali aloqa liniyalari uzunligi 2021 yil holatiga 81.7 ming km. bo‘lgan bo‘lsa, 2020 yilda esa 46.6 ming km. bo‘lgan. Mobil qurilmalar abonentlari soni 2021 yilda 27 mln, o‘tgan 2020 yil holatiga esa 25.4 mln.tani tashkil qilgan. Keltirilgan statistik solishtirishlar asosida ko‘plab muammoli holatlarni sanash mumkin. Garchi internet foydalanuvchilari va talabgorlar ko‘p bo‘lsada, zamon va talab darajasida ulanish tezligi va sifati muammo bo‘lib qolmoqda. Keyingi yillarda optik tolali aloqa liniyalarini tortish anchagina ko‘zga ko‘rinarli darajada oshgan, maktab, bog‘cha, tibbiy va boshqa davlat muassasalariga yetib borgan bo‘lsa-da, lekin hali hamon ko‘plab aholi yashash joylarida liniyani yetib borishi muammo bo‘lib turibdi. Mobil qurilmalar orqali internet foydalanuvchilar soni tezkorlik bilan oshayotgan bo‘lsa-da, hali hamon internet sifati talabga javob bermaydi. Uchinchidan, jismoniy shaxslarning bank hisob raqamlaridan onlayn to‘lovni amalga oshirishni ta’minlaydigan ishonchli tizimning rivojlanmaganligi. Banklarimiz tomonidan chiqarilayotgan plastik kartochkalardan faqatgina maxsus terminallardan foydalanib to‘lovni amalga oshirishimiz mumkin, xalqaro tajribada esa plastik 95 www.academiascience.uz “ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 26-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI kartochkalar yordamida, to‘lovni qabul qilish uchun o‘rnatilgan maxsus modular orqali, to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn do‘konlarda to‘lovni amalga oshirish mumkin. Xulosa sifatida aytish mumkinki, yurtimizda jismoniy shaxslar uchun onlayn banking xizmati keng tarqalmadi. Ma’lumki, Onlayn banking bank mijozlari uchun internet tarmog‘ida yoki mobil aloqa yordamida o‘z hisoblarini boshqarish va to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi. Bir necha banklar tomonidan taklif etilayotgan SMS-banking bir tomonlama bo‘lib, faqatgina hisob va operasiyalar tarixi haqida ma’lumot olish uchun mo‘ljallangan xolos. Hozirda mavjud onlayn to‘lov qabul qilish vositachilari orqali faqatgina yuridik shaxs sifatida hamkorlik qilish mumkin. Yuridik shaxs hisob raqamidagi pullardan foydalanishda imkoniyatlar juda kam. Ko‘plab tashkil etilayotgan yuridik shaxslar cheklangan imkoniyatlar tufayli o‘z firma yoki tashkilotlarini tez orada o‘z faoliyatlarini yakunlashlariga sabab bo‘lmoqda. O‘z-o‘zidan bank sohasida elektron tijoratni rivojlantirish, mijozlar bilan ishlashda yuqori imkoniyatlar taqdim etish, bozor iqtisodiyotini rivojlangan davlatlar darajasiga olib chiqish uchun ko‘plab islohotlar o‘tkazish zarurligi ma’lum bo‘lib qolmoqda. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling