O’zbekiston respublikasi axborot tenologiyalari va komunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi


Download 1.2 Mb.
bet1/3
Sana05.04.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1273519
  1   2   3
Bog'liq
Individual loyiha


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TENOLOGIYALARI
VA KOMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
_____________________________FAKULTETI
“______________________________” KAFEDRASI
“ELEKTRON TIJORAT” YO’NALISH

INDUVIDAL LOYIHA


MAVZU; Elektron pul tushunchasi

Bajardi; 011-19 guruh XUSANOV IKROM SHUXRAT O’g’li


Ilmiy raxbar: Dildora Xakimjonova
Komissiya a’zosi
Toshkent – 2023


“ELEKTRON TIJORAT”
Fakultet dekani,

_2023-y.



“_____________________”
_______________________
“ _____”_________2023-y.

MUNDARIJA
Kirish…………………………………………………………………...……….….. 3
I Elektron pullar nima va ulardan qanday foydalanish mumkin …… ……..…5
1.1 Kriptovalyuta va elektron pullarning farqi. …………………….… ….5
1.2 Elektron pullar. Chiqarish. Foydalanish. Qoplash. ……… ………….7
II . O`zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish uchun shart - sharoitlar……..20
2.1 Elektron pullar tizimning sub’ektlari. Elektron hamyonlarni to‘ldirish yo‘llari……………………………………………………………………..…….....20
2.2 Elektron puldan foydalanish yo‘nalishlari. Elektron pul tizimida elektron pulni qoplash ……………………………………………………………………… 27
Xulosa………………………………………………………………...…….. 58
Foydalangan adabiyotlar ro`yhati…………………………………………… 62

Kirish
Elektron pullar — elektron shakldagi naqd puldir. Ular hamyonlarda saqlanadi. Pul qiymati onlayn shaklda bo‘ladi va milliy valyutaga bog‘lanadi. 


Onlayn bank tizimlari elektron pullar bilan operatsiyalarni osonlashtiradi va pulga oson, doimiy kirish imkonini beradi.
Elektron pullar texnologik yechimlarga asoslangan holda to‘lovlarni tezkor va qulay usulda amalga oshirish imkonini beradi.
Umuman olganda, bu turdagi pullar naqd pulga elektron muqobildir. 
O‘zbekistonning “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi qonunining qabul qilinishi elektron pullar muomalasini, jumladan, ularni chiqarish, foydalanish va qoplash bo‘yicha amalga oshiriladigan faoliyatning huquqiy asosini yaratib berdi.
Ushbu qonun asosida “O‘zbekiston Respublikasi hududida elektron pullarni chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari” ishlab chiqilib, Adliya vazirligida 2020-yil 29-aprelda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Mazkur hujjat jahon tajribasiga tayangan holda, elektron pullar tizimi faoliyatini tashkil etish, ularning muomalasini boshqarish hamda tizimda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Unda elektron pullar tizimiga oid asosiy tushunchalar va sohaga oid boshqa terminlarga batafsil tushuntirishlar berilgan.
Elektron puldan qanday foydalansa bo‘ladi?
Elektron pul kartalarda, qurilmalarda yoki serverda saqlanishi mumkin. U alohida valyuta emas va banklar tomonidan nazorat qilinadi. 
Bu turdagi pullar rivojlangan mamlakatlarda keng qo‘llaniladi va rivojlanayotgan mamlakatlarda tobora ko‘proq foydalanilmoqda.
Dastavval elektron pul egasi identifikatsiyadan o‘tgandan keyin ulardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Bunda bitta operatsiyaning eng ko‘p summasi bazaviy hisoblash miqdorIning (BHM) 100 baravariga teng bo‘lgan summadan oshmasligi kerak.
Identifikatsiyadan o‘tmagan mijozga ham elektron puldan foydalanish imkoniyati berilgan. Biroq bunda bitta operatsiyaning eng ko‘p miqdori BHMning 1 baravaridan oshmasligi kerak.
Elektron pulning asosiy afzalliklaridan biri bu — bankga borib bank hisobvaraqasini ochmasdan turib to‘lovni amalga oshirish imkoniyatining mavjudligi. Bundan tashqari pul mablag‘laridan tezkor ravishda foydalanish mumkin.
Shuningdek, to‘lovlarni elektron pullar yordamida amalga oshirayotgan paytda vositachilik haqining boshqa to‘lov vositalariga nisbatan arzondir. 
Elektron pullardan foydalanib mobil operatorlar uchun, kommunal, davlat xizmatlari va boshqa to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.
Bundan tashqari bu turdagi pullar orqali xorijiy valyutada emissiya qilingan elektron pulni ayirboshlash imkoniyati mavjud.

Table 1


Elektron pullar tizimlari reyestri

t/r

Elektron pullar tizimi nomi

Operator nomi

Emitent nomi

Elektron pullar chiqarish bo‘yicha
faoliyati boshlangan sana




.

«OSON»

"BRIO GROUP" MCHJ

«Turkiston» XATB

16.06.2020 y.




2.

<

"INSPIRED" MCHJ

ATB «Universal bank»

21.08.2020 y.




3.

«CLICK»

"CLICK" MCHJ

«Agrobank» ATB

21.08.2020 y.




4.

«WOOPPAY»

"WOOPPAY UZ" MCHJ

«Kapitalbank» ATB

02.11.2020 y.




5.

«alif.mobi»

"ALIF TECH" MCHJ

AT «Aloqabank»

02.11.2020 y.




6.

«Interpay»

"Interpay sys" MCHJ

«Kapitalbank» ATB

28.07.2021 y.




7.

«A-pay»

"CENTER FOR DIGITAL TECHNOLOGY AND INNOVATION" MCHJ

«Bank Apelsin» AJ

01.07.2022 y.




8.

«QIWI Uzbekistan»

«Payment Aggregation Systems» MCHJ

«Bank Apelsin» AJ

11.08.2022 y.




9.

«1HLSW»

"Genesis Innovation" MCHJ

AT «Aloqabank»

17.11.2021 y.




0.

«GlobalPay»

"Global Solutions" MCHJ

AT «Aloqabank»

17.11.2021 y.




1.

«Payway»

"Payway" MCHJ

«Bank Apelsin» AJ

29.07.2022 y.




2.

«Apelsin»

"Bank
Apelsin" AJ

«Bank Apelsin» AJ

29.07.2022 y.




3.

«ExMoney»

"O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xomashyo birjasi" AJ

«Trastbank» XAB

30.08.2022 y.



Kriptovalyuta va elektron pullarning farqini bilarmidingiz?



Kriptovalyuta haqida gap ketganda, ko‘pchilik elektron pullar haqida tushunishini payqadik. Siz nima deb o‘ylaysiz? Kriptovalyuta bu – elektron pul turimi? Darhol javob beraman - yo‘q! Kriptovalyuta elektron pulning bir turi emas, balki virtual, ya’ni raqamli puldir.
Keling, ushbu turdagi valyutalar o‘rtasidagi farq nimada ekanligini bilib olaylik: elektron pul, virtual pul va raqamli pul. Ko‘pincha insonlar bu atamalarni bir deb o‘ylaydilar . Muammo shundaki, odamlar kriptovalyuta elektron shaklda saqlansa, uni elektron pul deb atash mumkin deb o‘ylashadi. Ammo bu to‘g‘ri emas, negaki elektron pul tartibga soluvchi asosga ega.
Elektron pul nima?
Elektron pul (e-money) naqd pulga raqamli muqobildir. «Naqd pulga raqamli muqobil» bu pul qo‘shimcha konvertatsiya qilmasdan ham naqd, ham raqamli formatda bo‘lishi mumkinligini anglatadi.
Yevropa Markaziy banki ushbu pullarni elektron shaklda saqlanadigan va to‘lovlarni amalga oshirishda qo‘llanadigan pul qiymati sifatida belgilaydi. Ushbu pul qiymatini saqlash uchun ishlatiladigan texnologiyaga qarab, elektron pul turi apparat yoki dasturiy ta’minotga asoslangan bo‘lishi mumkin, masalan, to‘lov kartalari, virtual kartalar yoki to‘lov hisoblari. Elektron pulni faqat vakolatli muassasalar, masalan, banklar va elektron pul institutlari (EMI) chiqarishi mumkin - ularning barchasi elektron pul chiqarish uchun litsenziyaga ega.
Raqamli valyuta nima?
Raqamli valyuta - tartibga solinadigan va tartibga solinmaydigan raqamli pullar uchun umumiy atama. Pullar faqat raqamli shaklda mavjud va naqd pul bilan bog‘liq emas, bu esa o‘z navbatida raqamli valyuta ham elektron pul emasligini anglatadi. Raqamli valyutalar nomoddiydir va ularni muayyan tarmoqlarga ulangan kompyuter yoki elektron hamyon yordamida boshqarish mumkin xolos. Barcha kriptovalyutalar raqamli valyutalardir, ammo barcha raqamli valyutalar kriptovalyutalar emas. Elektron oltin va pulli o‘yinlarni o‘z ichiga olgan boshqa raqamli valyutalar mavjud.
Virtual valyuta nima?
Virtual valyuta - bu faqat raqamli formatda mavjud bo‘lgan tartibga solinmagan raqamli valyuta. Pul qiymatining ushbu elektron ko‘rinishi to‘lov vositasi sifatida ishlatilishi mumkin va uni amalga oshirish uchun sizga hamyon, mobil yoki veb-ilova kerak. Har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs virtual valyutani elektron shaklda o‘tkazishi, saqlashi va savdosi bilan shug‘ullanishi mumkin. Biroq, virtual valyutalar qiymat yig‘indisi, hisob birligi yoki almashinuvni hisoblash uchun ishlatiladigan qiymat sifatida ishlatilmaydi. Virtual valyutaning rolini tushunish muhimdir. Ushbu turdagi valyutani belgilangan valyutaga almashtirib bo‘lmaydi va markaziy yoki boshqa bank organi tomonidan chiqarilmaydi. Bu shuni anglatadiki, bugungi kunda virtual valyuta tartibga solinmagan valyutadir, ammo bu vaqt masalasidir. Markaziy banklar va tartibga soluvchi organlar virtual valyutalarning yangi, tartibga solinadigan va rasman chiqarilgan turlarini (masalan, kriptovalyutalar) yaratish ustida faol ishlamoqda.
Kriptovalyuta nima?
Keling, xulosa qilaylik. Kriptovalyuta tartibga solinmagan virtual valyuta bo‘lib, kriptografik usullar bilan shifrlash orqali qalbakilashtirish va buzishdan himoyalangan. Kriptovalyuta kursi faqat bozordagi talab va taklifga bog‘liq. Kriptovalyuta ham raqamli valyutaning bir turi, ammo u elektron pul turi emas, chunki u hech qanday bank yoki elektron pul moliya instituti (EMI) tomonidan tartibga solinmagan yoki ishlab chiqarilmagan.


Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling