Ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, taklif va yechimlar


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/54
Sana23.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1387907
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   54
Bog'liq
online konferensiya

 
15 
www.academiascience.uz
 
qiladi, bir oz dam ham oladi. Ilg‘or o‘qituvchilar bolalarga bu xususiyatlaridan kelib 
chiquvchi darslarni tashkil qilib ana shu imkoniyatdan samarali foydalanadi. Natija, 
albatta yomon bo‘lmaydi. Negaki o‘quvchi qiziqish bilan ongli ravishda darslarga 
qatnashsa, mashqlarni bajarishga faol ishtirok etsa, berilayotgan bilimni to‘la 
o‘zlashtirib oladi. Keyingi darslarda o‘rganiladigan bilimlarni egallashda ham 
o‘quvchilarning imkoniyatlari hisobga olinmay, darslarni bir xil uyushtirish 
mashg‘ulotlarning zerikarli bo‘lishiga olib keladi. Bunday darslar o‘quvchilarda hech 
qanday qiziqish uyg‘otmaydi. Pirovardida bu o‘quvchilar faolligining susayishiga 
olib keladi.
Dunyoning ilg‘or mamlakatlari tajribasida sinab ko‘rilgan va bugun o‘qish 
tizimimizdan mustahkam o‘rin olgan ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida ish olib 
borayotgan bizning mamlakatimizda ta`lim-tarbiyaga katta e`tibor berilmoqda. Qisqa 
vaqt ichida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta’lim to‘g‘risida qonun” ning 
qabul qilinishi va uning hayotga tadbiq etilishi, yosh avlod tarbiyasining umummilliy 
ahamiyatga ega bo‘lgan ish darajasiga ko‘tarilishi mamlakatimizda xalq ta’limiga 
ko‘rsatilayotgan ulkan g‘amxo‘rlik hisoblanadi. Ana shunday bir sharoitda barcha
fanlar qatori ona tili o‘qitilishiga ham katta ahamiyat berilmoqda. Chunki ona tili 
barcha o‘quv fanlarining asosidir. Ona tilini o‘rganish bolaga ta’lim berish uni 
tarbiyalash va rivojlantirishda ham katta ahamiyat kasb etadi. 
Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitishning asosiy vazifasi ushbu fanning 
bilimlar tizimini egallash, so‘zlarning grammatik shakllarini ishlab chiqish, savodli 
yozuv ko‘nikmasini hosil qilishdir. Bu vazifalarni ro‘yobga chiqarish o‘ta murakkab 
bo‘lib, o‘qituvchining xilma-xil o‘qitish metodlarini egallashini, o‘quvchilarni 
mumkin qadar ijodiy fikrlashga o‘rgatishni va har bir mashg‘ulotga qiziqtira bilishni 
taqozo qiladi. 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling