Ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, taklif va yechimlar


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/54
Sana23.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1387907
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   54
Bog'liq
online konferensiya

 
21 
www.academiascience.uz
 
SAVOD O‘RGATISH MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISHNING 
USLUBIY JIHATLARI 
 
Fatullayeva Mashhura Tursunovna, 
Navoiy viloyat Qiziltepa tuman 21-maktab 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi 
 
Annotatsiya: Umumta’lim maktablarida boshlang‘ich sinflar uchun eng asosiy 
mashg‘ulot hisoblangan savod o‘rgatish darslarining metodik jihatlari haqidagi fikr-
mulohazalar maqola mazmunini tashkil etadi.
Kalit so‘zlar: qadriyat, savodxonlik, fonematik eshitish, bo‘g‘in, alifbo. 
Yurtimizda ta’lim sohasini isloh qilish maqsadida qabul qilinayotgan qator 
qarorlar va ularning ijrosi zaminida yosh avlodni mustahkam bilimli, zakovatli, dono 
avlodni tarbiyalash mujassam. Umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinflarda 
o‘quvchilarning savodxonligi to‘g‘ri rivojlantirish, o‘quvchilarning umumiy 
kamolotiga, ularda do‘stlik, o‘rtoqlik kabi xislatlarni milliy qadriyatlarni 
shakllantirish, jamoa ichida o‘zini boshqarish, mehnatsevarlik, halollik, rostgo‘ylik, 
o‘qishga ongli munosabatda bo‘lish kabi ijobiy xususiyatlarni tarbiyalashga 
ko‘maklashuvi lozim. Maktabda savod o‘rgatish davri sentabrdan dekabrgacha 
davom etadi. Savod o‘rgatish jarayoni ikki davrni: alifbogacha tayyorlov davri va
alifbo davriga ajratiladi.
Bu davrda bolalarning fonematik eshitish qobiliyatlari o‘stiriladi,
o‘quvchilarning atrof-muhit haqidagi tasavvurlari boyitiladi. Boshlang‘ich ta’limda 
o‘qish va yozishga o‘rgatish tilshunoslik, pedagogika, adabiyotshunoslik va metodika 
sohasida erishilgan yutuqlarga asoslangan, takomillashgan hozirgi zamon analitik-
sintetik tovush metodi vositasida amalga oshiriladi hamda o‘quvchilar nutqini 
rivojlantirishni nazarda tutadi. Darsda o‘quvchilar gapni so‘zlarga, so‘zni 
bo‘g‘inlarga, bo‘g‘inni tovushlarga ajratadilar, so‘zdagi tovushlarni tartibi bilan 
aytishni o‘rganadilar, o‘rganilgan tovushlarni o‘zaro bog‘lab so‘z tuzish va o‘qish 
yuzasidan mashq qiladilar. Bolalar tovushlarni yozuvda harf bilan ifodalash


“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” 
MAVZUSIDAGI 11-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling