1-4-sinflarda dars o'tish uslubiyoti Reja: O’zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi


Download 33.91 Kb.
bet1/6
Sana20.03.2023
Hajmi33.91 Kb.
#1285289
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-4-sinflarda dars o\'tish uslubiyoti


1-4-sinflarda dars o'tish uslubiyoti
Reja:
1. O’zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi
2. Maktab yoshining 6-7 va 10-11 yoshli o’quvchilariga dars o’tish uslubiyoti
3. 1-4 sinflar jismoniy tarbiyasi

O’zbekiston Respublikasining ta’lim tizimida umumiy o’rta ta’lim eng asosiy bo’g’in hisoblanadi. Aynan ana shu bo’g’inda o’quvchilar xar tomonlama (jismonan, aqliy, axloqiy, etuk, estetik v.b.) garmonik rivojlanadi, shakllanadi. Jismoniy rivojlanish eng mas’uliyatli va samarali boskichni amalga oshiradi. Maktab yoshining 6-7, 10-11, yoshlarida(1-4 sinflarda boshlangich ta’limda bolalar organizmi tabiiy ravishda tez sura’atda rivojlanadi. Markaziy nerv sistemasida boshkarish funksiyalari, harakat tayanch apparati, yurak qon tomir, nafas olish organlari ish faoliyati, kaddi komati shakllanadi. Bu biologik jarayonni to’g’ri samarali o’tkazishda bolalarni jismoniy tarbiya bilan shug’ullantirish katta ahamiyatga ega. V-IX sinflarda o’quvchilarni (12-15 yoshlarda) jismoniy sifatlarini rivojlanishiga jismoniy mashqlar samarali ta’sir ko’rsatadi. V-IX sinflarda umumiy o’rta ta’limga doir asosiy bilimlar, ko’nikma va malakalar egallanadi o’quvchilar ta’limning keyingi bosqichlariga har tomonlama tayyorlab beriladi.


Umumiy o’rta ta’limni samarali kechishida jismoniy tarbiyaning o’rni hisobga olingan holda o’quv rejasida jismoniy tarbiyaga alohida e’tibor karatilgan va uni tashkil etish usullari umumiy o’rta ta’limning Davlat ta’lim standartlarida (DTS) aniq belgilab berilgan.
Bugungi kunda umumta’lim maktab o’quvchilari jismoniy tarbiyasi qo’yidagi shakllarda amalga oshiriladi:

  • jismoniy tarbiya darslari;

  • darsdan va sinfdan tashqari ishlar (darsgacha gimnastika mashqlari, tanafusdagi o’yinlar, jismoniy tarbiya daqiqalari, sport bayramlari, musobakalar, o’yinlar v.b);

  • maktabdan tashqari muassalardagi jismoniy tarbiya ishlari;

Bolalar va o’smirlar sport maktablarida, sport inshootlari va suv hovzalarida, madaniyat saroylarida, mahallalarda yo’lga qo’yilgan sport to’garaklarida mashg’ulotlar o’tkaziladi.

  • Oilada jismoniy tarbiya:

Uy sharoitidagi jismoniy mashqlar bilan shugullanishi, mustakkil va ota-onalar xamkorligida, oilaviy sayohatlar, o’yinlar asosida uyushtiriladi.
Maktab yoshidagi o’quvchilarni jismoniy tarbiyasi yuqorida keltirilgan kuplab uyushmallarda amalga oshirilsada, eng asosiy shakl bu jismoniy tarbiya darslari hisoblanadi.
Dars – bu jismoniy tarbiya mashg’ulotlarining tizimli shakli bo’lib sinflarda dars jadvali asosida o’quv dasturi mavzularini o’qitish jarayonidir.
Ya’ni jismoniy tarbiya darslari umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartiga ko’ra o’quv dastur asosida o’qitiladi. Umumta’lim maktablari o’quv rejasida belgilanganidek haftasiga 2 soatdan bir o’quv yiliga 68 soat jismoniy tarbiya darslari o’qitilishi belgilab qo’yilgan. Ta’kidlaganimizdek dasturlarida 1 – 4 – sinflarda jismoniy tarbiya darslari imkoniyatiga qarab maktab hisobidagi soatlardan 3 – 5 soatgacha ko’paytirish mumkinligi alohida ko’rsatib o’tilgan.
Shuningdek milliy mintalitet, milliy qadriyatlarni hisobga olib 8 – 9 – sinf qizlariga dars alohida o’tkazilishi yo’lga qo’yildi. Ammo bu imkoniyatlardan ba’zi bir maktablargina foydalanayotganligini ta’kidlab o’tish zarur.
Jismoniy tarbiya uslubiyatida jismoniy tarbiya darslari o’quvchilar jismoniy tarbiyasining asosiy shakli bo’lib, har bir darsda alohida vazifalar hal etilishi ko’rsatib o’tilgan.

Download 33.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling