1-4-sinflarda dars o'tish uslubiyoti Reja: O’zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi


Jismoniy tarbiya darsini tuzilishi


Download 33.91 Kb.
bet3/6
Sana20.03.2023
Hajmi33.91 Kb.
#1285289
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-4-sinflarda dars o\'tish uslubiyoti

Jismoniy tarbiya darsini tuzilishi
Jismoniy tarbiya darslari bilan bog’liq masalalarning eng asosiylaridan biri bu darsning tuzilishidir. Darsning to’zilishi, dars strukturasi degan atamalar 1940 yillarda pedagogikaga kirib kelgan.
Darsning tuzilishi – bu dars qismlari soni, ularni ketma ketligi va mazmuni, davomiyligidir – deb ta’rif berish mumkin.
Darsni tuzilishiga oid maxsus-ilmiy adabiyotlarda mutaxasislar tamonidan turiga fikrlar bildirilgan. Masalan ba’zi mutaxasislar darsni kirish – tayyorlov – asosiy – yakuniy qismlardan iborat deb biladilar. Yana bir qator mutaxassislar jismoniy tarbiya darslari tashkiliy – asosiy – yakuniy qismlardan iborat deb hisoblanadi.
Ammo bunday baxs – munozara va fiqrlarga chek qo’yilgan. Bugungi kunda jismoniy tarbiya darslarituzilishiga ko’ra uch qismdan iborat va ular darsning tayyorlov qismi, darsni asosiy qismi, darsni yakuniy qismi deb nomlanadi.
Darsning tayyorlov qismida o’quvchilarni har tomonlama darsni asosiy qismida bajarilishi lozim bulgan asosiy vazifalarga tayyorlab olishdan iborat bo’lib bu qismga 8 – 12 minut ba’zan ko’prok vakt rejalashtiriladi.
Darsning asosiy qismida o’qituvchi tomonidan to’zilgan dars ishlanmasiga ko’ra sinfda jismoniy tarbiyadan o’quv dasturida belgilangan yangi mashqlar o’qtiriladi, yoqi avval o’qitilgan mashqlar takrorlanadi, takomillashtiriladi. Jismoni tarbiya darslarini asosiy qismi uchun 25-30 daqiqa vaqt ajratilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Darsni asosiy qismini tashkil etish turli xil bo’lishi mumkin. Ya’ni jismoniy tarbiya bo’yicha DTS va o’quv dasturi bo’limlari (gimnastika, yengil atletika, suzish, kurash, sport o’yinlari, harakatli o’yinlar) ni o’quv materialini o’qitish darsni asosiy qismini turli usullarda tashkil etishni talab etadi.
Darsni yakuniy qismi uchun 3-5 daqiqa sarflanadi. Unda darsni asosiy qismida o’quvchilar olgan jismoniy nagruzka holati pasaytiriladi, yengil mashqlar bilan yakunlanadi. O’quvchilar rag’batlantiriladi, lozim bo’lsa topbeh beriladi, baholanadi va uyga vazifa beriladi. Uyushgan holda dars utilgan joydan chikib ketiladi. Dars qismlarini to’g’ri tashkil etilishi darsni uzliksizligini va samaradorligini ta’minlashga katta imkoniyatlar yaratib beradi.

Download 33.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling