1-4-sinflarda dars o'tish uslubiyoti Reja: O’zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi
Jismoniy tarbiya darsining vazifalari
Download 33.91 Kb.
|
1-4-sinflarda dars o\'tish uslubiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jismoniy tarbiya darslarini samarali tashkil etish talablari
Jismoniy tarbiya darsining vazifalari
Jismoniy tarbiyaning ta’lim berish, tarbiyalash, sog’lomlashtirishdek umumiy vazifalaridan kelib chiqib har bir dars uchun aniq hususiy vazifalar qo’yiladi. Vazifalar “o’rgatish”, “takrorlash”, “mustahkamlash”, “nazorat olish”dek mazmunga ega bo’lishi nazarda tutiladi. Ta’limning ayrim vazifalarini bajarish uchun nisbatan uzoq vaqt yoki qator ketma-ket darslar jarayonida amalga oshiriladi. Ba’zi vazifalar esa bir darsda hal etilishi mumkin. Masalan turnik yoki brusda berilgan mashqlar majmuasi ketma-ketlik bilan qator darslarda o’zlashtiriladi. Jismoniy tarbiya darslari jarayonida nafaqat harakat malaka va ko’nikmalari, jismoniy fazilatlar tarbiyalanadi, balkim aqliy, ahloqiy, etik, estetik tarbiya kabi tarbiyaning boshqa turlarini ham tarbiyalash nazarda tutiladi. Shuningdek turli o’yinlar, musobaqalar orqali milliy va umuminsoniy qadriyatlar singdirib boriladi. Masalan bitta o’yin orqali milliy iftixor, millatparvarlik, vatanparvarlik tuyg’ularini singdirish mumkin. Jismoniy tarbiya darslarida mashqlarni to’g’ri tashkil etish, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish orqali sohlomlashtirish vazifasi hal etiladi. Jismoniy tarbiya darslarini samarali tashkil etish talablari Jismoniy tarbiya darsining samarali o’tlishi o’qituvchining dars rejasini to’g’ri tuzilishga bog’liq. Shuningdek o’qituvchi o’quvchilar faoliyatini tashkil etishdagi tanlagan uslubiyatiga, dars uchun zarur bo’lgan jihozlarning mavjudligiga, sport inshootlarining holatiga va umrdan samarali foydalana olishga bog’liq. Tushunarli kilib aytilganda darsni samarali tashkil etish va o’tkazish uchun to’laqonli ta’minlangan bo’lishi kerak. Dars o’tkazishni ta’minlanishi quyidagilardan iborat. 1.Dars uchun tabbiy va gigiyenik sharoitni yaratish unga rioya qilish. Ya’ni dars utiladigan joyni tozaligi, havo temperaturasini normal ekanligi, sport zal yoqi maydonni toza havo bilan ta’minlanganligi, o’qituvilarni sport kiyinlarida bo’lishi kabilar nazarda to’tiladi. 2.Darsni moddiy texnik jihatdan ta’minlanganligi. Darsni moddiy texnik ta’minlash bu dars samaradorligi ta’minlashga imkon beradigan, qo’yilgan vazifalarni to’liq hol qilish uchun xizmat qiladigan jihozlar, anjomlar va dars joyi tushuniladi. 3.O’qituvchi tomonidan darsda o’quvchilar faoliyatini tashkil etishni eng to’g’ri samarali usullarni ko’llay olishi, dars zizligini oshiradi, samaradorligini ta’minlaydi. Download 33.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling