Ilm maskani – katta hayot maktabi !
Download 251.62 Kb.
|
Ilm maskani-katta hayot maktabi!
ILM MASKANI – KATTA HAYOT MAKTABI !Toshkent - 2022Ilm maskani – katta hayot maktabi !2020-yil mamlakatimizda ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb eʼlon qilinib, bu boradagi ustuvor maqsadlar belgilandi. Yurtimizda avvaldan shakllangan ilmiy maktablar salohiyatini hisobga olib, hozirgi bosqichdagi milliy manfaatlarimiz va taraqqiyotimiz yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda, bu yil matematika, kimyo, biologiya, geologiya fan va sohalarini rivojlantirish tanlab olindi. Zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga ola biladigan barkamol, maqsadga intiluvchan va serg‘ayrat yoshlarni tarbiyalash mamlakatni barqaror va ildam rivojlantirishning eng muhim shartidir. So‘nggi yillarda yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini namoyon qilish, ularning fuqarolik javobgarligini va olib borilayotgan islohotlarga daxldorligini oshirish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ilm-maʼrifat va texnologiyalar rivojiga alohida ahamiyat qaratdi: “Sharq donishmandlari aytganidek, “Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir!” Shu sababli, hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish, chinakam maʼrifat va yuksak madaniyat egasi bo‘lish, uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak. Taraqqiyotga erishish uchun, raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini beradi. Zero, bugun dunyoda barcha sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib bormoqda. Prezidentimiz tomonidan yosh avlodni yuksak axloq va maʼnaviyat sohibi etib kamolga yetkazish, ularga eng zamonaviy bilim va kasb-hunar o‘rgatish masalasiga ustuvor vazifa sifatida yondashilmoqda. Prezidentimizning “Dunyoda eng katta boylik yoshlikda olingan bilim va egallangan kasb-hunardir” deganlar. Bu fikrlarining mazmun-mohiyati yoshlar ongida vatanga muhabbat, keksa avlod vakillariga hurmat, tinchlik va osoyishtalikni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, yaratilayotgan imkoniyat-larning qadriga yetish, ularga munosiblik tuyg‘usini kuchaytirishdir. Download 251.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling