Ilmga sen boringni bermasang ilm senga birini bermaydi. Ilmga sen boringni bermasang ilm senga birini bermaydi


Download 0.79 Mb.
bet6/10
Sana09.01.2022
Hajmi0.79 Mb.
#268931
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
zoogeography

Antarktika zoogeografik hududi.


Antarktika zoogeografik hududi. Antarktika materigini hamma tomondan o‘rab oladi va u shimolga tomon 60° shimoliy kenglikkacha cho‘ziladi.

Mazkur oblastda suvning yuza qatlamida hukmronlik qiluvchi past harorat Arktikaga qaraganda ham past darajada namoyon bo‘ladi. Qish mavsumida suv yuzasi to‘liq muz bilan qoplanadi va umuman, oblast uchun doimiy muzliklar xos. Qish oylarida quyosh nurlari ko‘rinmaydi. Sovuq va iliq oqimning qo‘shilishjoylarida suvning doimiy vertikal aralashuvi yuz beradi va bu hodisa suvning yuza qatlamlarida nisbatan qulay haroratning pay do bo‘lishiga, uning kislorod bilan boyishiga va oqibatda turlar xilma-xilligining oshishiga sabab bo‘ladi. Xuddi shunga o‘xshash holat yer yuzasidagi turli yashash muhitlari, jumladan, suv havzasining quruqlik bilan, yer yuzasining atmosfera bilan tutashgan joylarida yoki turli biogeotsenozlaming chegara mintaqalarida ham kuzatiladi. Yoz oylarida dunyo okeanidagi chegara mintaqalarda fito va zooplankton yaxshi rivojlanadi va ular ko‘pchilik okean hayvonlari uchun qulay oziqa manbai bo‘lib xizmat qilishi bilan bir qatorda, Arktikaning chegara rayonlarida kitsimonlaming bir necha turlari uchrashini ham ta’minlaydi.


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling