4-amaliy mashg‘ulot mavzu: suv muhitiga organizmlarning moslashishi. Ishning maqsadi
Download 40.36 Kb.
|
4-амалий машғулот
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg‘ulot vazifalari
- Talabaning bilim, о‘quv va kо‘nikmasiga qо‘yiladigan talablar
- Kerakli materiallar va jihozlar
- Ishni bajarish tartibi
- Gidrofitlarning moslashishi
- Ekologik guruhlar Guruh vakili Xususiyatlari
4-AMALIY MASHG‘ULOT Mavzu: SUV MUHITIGA ORGANIZMLARNING MOSLASHISHI. Ishning maqsadi: Suv muhiti omillariga organizmlarning moslashish belgilarini о‘rganish. Chuchuk suv havzasining biotsenozlari va suv havzasining moddalar aylanishi haqida ma’lumotlar tо‘plash. Mashg‘ulot vazifalari: chuchuk suv havzasining biotsenozlari; havzadagi ozuqaviy bog‘lanish; havzadagi asosiy biomassa hosil qiluvchi plankton ekologik guruhlar; suv havzasida moddalar aylanishi bilan tanishishdan iborat. Talabaning bilim, о‘quv va kо‘nikmasiga qо‘yiladigan talablar: chuchuk suv havzasining biotsenozlari tо‘g‘risida tasavvurga ega bо‘ladi; havzadagi ozuqaviy bog‘lanishni bilib oladi; havzadagi asosiy biomassa hosil qiluvchi plankton ekologik guruhlarni bilib oladi; suv havzasida moddalar aylanishini tushunib oladi. Kerakli materiallar va jihozlar: Amaliy mashg‘ulotning dars ishlanmasi, suv biotsenozining rasmi, jadvallar, albomga chizilgan rasmlar, о‘simlik namunalari. Adabiyotlar: 1, 2, 3, 4, 6, 11, 14, 22 Nazariy material. Suv resurslari: okeanlar, dengizlar, daryo va kо‘llar, qutb va tog‘likdagi muzliklar, yer osti suvlari, tuproq va havodagi namlikdan iborat. Umumiy suvning miqdori 1,5 mlrd. km3 ni tashkil etadi. Bu miqdordagi suvning 94,2% shо‘r suvlar hisoblanadi. Chuchuk suv zahiralari 2-2,5% dan iborat. Chuchuk suvlar asosan Antarktida muzliklarida, Grenlandiya, qutbdagi orollar va tog‘larda joylashgan. Ishni bajarish tartibi Berilgan suv о‘tlari va suv о‘simliklari namunalarini solishtirish asosida ekologik guruhlari aniqlanadi. Sxemalar asosida organizmlarning ekologik guruhlari aniqlanadi (1-2-3-sxemalar). Suvning biosferada aylanish sxemasi tuziladi. 1-sxema
2-sxema Gidrobiontlarning ekologik guruhlariga misollar 3-sxema
Topshiriqlar 1-topshiriq. Berilgan suv organizmlari namunalarini solishtirish asosida ekologik guruhlarini aniqlang. 2-topshiriq. 1-2-3 sxemalar asosida organizmlarning ekologik guruhlarini aniqlang va 1-jadvalni tо‘ldiring. 3-topshiriq. Suvning biosferada aylanish sxemasini tuzing. 1-jadval
Savollar: 1. Gidrotsenozning о‘ziga xos hususiyatlari. 2. Gidrotsenozdagi ekologik guruhlar. 3. Gidrotsenozdagi ozuqaviy bog‘lanish. 4. Gidrotsenozdagi moddalar aylanishi. Download 40.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling