Ilmiy adabiyotlarni о‘qish


Referat matnidagi iboralar va sо‘z birikmalari


Download 459.28 Kb.
bet8/16
Sana08.03.2023
Hajmi459.28 Kb.
#1249176
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
Ilmiy axborot bilan ishlash

Referat matnidagi iboralar va sо‘z birikmalari




«Ishda …. Tizim kо‘rib chiqiladi…»
(Muallifning F.I.Oi.) « » asarida berilgan.
«Kirishda kо‘rsatilishicha, ..»
«Muallifning hisoblashicha, …» Muallif shunga asoslanadiki, ….
Shu bilan birga u shunday deb hisoblaydi.
«1-bobda masalasi yoritiladi»
«2-bobda … tadqiq qilinadi»
« haqida gapirganda, muallif deb ta’kidlaydi»
«Ishda, shuningdek … ga e’tibor qaratiladi»
«Shunday qilib, muallif… degan xulosaga keladi»
« 3-bobda… tadqiq qilinadi, kо‘rib chiqiladi»
«… zarurligi belgilanadi»
«Xulosada muallif: «…» deb yozadi.

Material quruq bayon qilib berilmasligi kerak. Tegishli xulosalarga, shu jumladan matn bilan chambarchas bog‘lanadigan statistik yoki solishtirma materialga ega tahlil zarur.


Keng hajmdagi solishtirma ma’lumotlarni jadvallarga yig‘ish maqsadga muvofiq. Solishtirma ma’lumotlar asosida u yoki boshqa ijtimoiy- iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni ancha yaqqol tasavvur etish va rivojlanish dinamikasida aks ettirishga imkon beradigan diagrammalar, grafiklarni qurish mumkin.
Referatda keltiriladigan barcha jadvallar, diagrammalar, grafiklar, sxemalar sarlavhalanishi va raqamlanishi kerak. Statistik ma’lumotlar olingan manbalarning sarlavhalari kо‘rsatilgani holda qayd qilinishi lozim.
Matnda beriladigan barcha raqamli materialning tegishli manbalari kо‘rsatilishi
kerak.
Shuningdek, boshqa mualliflar asarlaridan olingan matndan kо‘chirmalar,
fikrlar, qoidalar, xulosalar sо‘zma-sо‘z kо‘chirib olinganida ham albatta satr ostida qaydlar berilishi zarur.
Munozarali masalalar bо‘yicha har xil nuqtai nazarlarning tahlili, qо‘shiladigan yoki о‘zining pozitsiyasining dalillanishi ham referatning afzalligi hisoblanadi.
Referatning xulosasi referent tanlangan mavzuni о‘rganish natijasida qilgan aniq ifodalangan xulosalarni, shuningdek hal etilmay qolgan va keyinchalik ishlab chiqishni talab qiladigan masalalarni о‘z ichiga oladi.



Download 459.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling