Ilmiy adabiyotlarni о‘qish qoidalari
О‘qishda g‘oyat jiddiy va sermulohazali bо‘lishi kerak.
Ilmiy adabiyotlarni mutolaa о‘qishda:
о‘qib chiqilgan matnni tahlil etish kerak;
notanish atamalar va tushunchalar ma’nosini bilib olish lozim,
о‘zingizga ahamiyatli bо‘lgan savollarga javob izlash zarur;
axborotlarni markirovkalash – belgilar qо‘yish kerak.
Sizning ilmiy ishingizda asqotadigan joylarini: qiziqarli fikrlar, faktlar, raqamlar, har xil nuqtai nazarlarni kо‘chirib olish lozim.
О‘qib chiqqandan keyin olingan axborotlarni ularga tanqidiy nuqtai nazardan, shuningdek sizning tadqiqotingiz uchun ahamiyatini hisobga olib yondashgan holda baholash.
AXBOROTLARNI MARKIROVKALASH USULLARI
Kerakli axborotlarni izlash va ajratish usullari
- kо‘rib chiqqanligimni tasdiqlaydi,
+ - mavzuga oid yangi manbaa topilganligi,
(-)- mavzuga oid (aloqador) bо‘lmaganligi,
!!! - о‘ta muhim manbaa yoki manbaaning muhim tomoniga e’tibor berish, S!- zarur holatda keltirilgan ma’lumotlardan foydalanish,
O- foydalanish uchun kо‘chirib olish va konspektlashtirish.
Siz kitobdagi axborotni belgilab qо‘yishning qanday usulini ishlatasiz? Sizning alohida belgili tizimingiz bormi?
Agar Siz axborotlarni belgilashning alohida belgili tizimini ishlab chiqishga ulgurmagan bо‘lsangiz, unda bu haqda о‘ylab kо‘ring va yuqorida kо‘rsatilagan takliflardan boshqa bir necha о‘zingizga ma’qul usullarni tanlab oling.
Do'stlaringiz bilan baham: |