Ilmiy adabiyotlarni о‘qish


KITOB, ILMIY JURNAL, ILMIY MAQOLALAR, TEZISLAR TО‘PLAMI BILAN ISHLASHNING PROTSESSUAL TIZIMI


Download 459.28 Kb.
bet3/16
Sana08.03.2023
Hajmi459.28 Kb.
#1249176
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Ilmiy axborot bilan ishlash

KITOB, ILMIY JURNAL, ILMIY MAQOLALAR, TEZISLAR TО‘PLAMI BILAN ISHLASHNING PROTSESSUAL TIZIMI




I bosqich – kо‘z yugurtirib chiqish, sarlavhalarni о‘qish. Maqsad – kerakli va qiziqarli materialni tez belgilash.
Agar siz jurnal, tо‘plamning tuzilmasini va ruknlarni, о‘zingizga qiziqarli bо‘lgan olimlar va tadqiqotchilarning familiya- larini bilsangiz, muayyan mavzuga oid materiallarni izlash osonlashadi.
Jurnal yoki tо‘plamga birinchi marta murojaat etishda hoshiyada о‘qib chiqishingiz kerak bо‘lgan qilib qо‘yish qayd foydalidir.
II bosqich – qayd qilingan maqolalar- ni sinchiklab kо‘rib chiqish. Maqsad–zarur axborotni olish.
Bu bosqichda matnning kerakli joylarining tagiga chizish, ajratish, alohida ma’noli qismlarga bо‘lish, kо‘chirmalar qilishga о‘rganish kerak.


MANBAANING TARKIBIY TUZILISHI


Manbaa bilan ishlash mahorati kо‘p jihatdan manbaaning tuzilmaviy elementlarining rolini bilish va tushunishga, kitobni о‘qib chiqishdan oldin undan zarur axborotni ola bilishga bog‘liqdir.


Manbaaning tarkibiy tuzilishi (elementlari)





  • Sarlavha:

  • Annotatsiya:

  • Mundarija:

  • Sо‘zboshi:

  • Sо‘ngsо‘z (xotima):

  • Bildirgichli

Sarlavha: ilmiy adabiyotda mavzuni bildiradi.
Annotatsiya: titul varag‘ining orqasida joylashadi; mavzuning qisqacha tavsifiva kimga mо‘ljallanishini anglatadi.
Mundarija: mavzu bayonining rejasi, kitobning kо‘rsatkichi.
Sо‘zboshi: muallif qо‘ygan vazifalar bayoni; nashr yoki qayta nashrning zaruratini asoslaydi.
Sо‘ngsо‘z (xotima): yakun, qisqacha xulosalar.
Bildirgichli tuzilma: tushuntirilishi lozim bо‘lgan tushunchalar, atamalar, faktlar va shu kabilarga izohlar.
Bitta ilmiy ishni – kitobni tanlang, uning tarkibiy tuzilishini о‘rganing.
Kitobning mazmuni va tuzilishi haqida о‘z fikringizni ayting.
Tо‘plam yoki jurnalni tanlang. Uni tahlil qiling. Tahlilda quyidagi jihatlarni aks ettiring:
tо‘plam, jurnalning nomi; ixtisosligi, yо‘nalishi; nashriyot;
nashrlar soni, ushbu nashrning boshqa shunga о‘xshash nashrlar orasidagi о‘rni;
ruknlari, tо‘limlari, mavzulari;
e’lon qilingan materiallarning о‘ziga xos xususiyatlari; eng qiziqarli ishlar, ulardagi muammolar;
tahlil etilgan nashrning bahosi.



    1. Download 459.28 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling