Ilmiy-amaliyot hisoboti


Download 10.07 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi10.07 Kb.
#1382638
Bog'liq
Sohiba stajirovka hisobot


ILMIY-AMALIYOT HISOBOTI
Namangan davlat universiteti Filologiya fakulteti 70230502-Adabiyotshunoslik (O’zbek adabiyoti) magistratura mutaxassisligi 2-bosqich talabasi Usmonova Sohiba Ilhomjon qizining Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida 2023-yilning 6-fevralidan 18-martga qadar ilmiy stajirovka o’taganlik to’g’risida hisobot.
Men Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida 2023-yilning 6-fevralidan 18-martiga qadar ilmiy stajirovka o’tadim.Amaliyotning dastlabki kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti rektori hamda ilmiy amaliyot rahbarim Nurboy Jabborov va ilmiy rahbarim Umida Rasulovaning ish faoliyati bilan tanishdim.Amaliyotning dastlabki haftasida ilmiy amaliyot rahbarim bilan universitet ARMidagi ilmiy qo’lyozmalar fondi va ma’rifatparvarlarning qo’lyozmalari bilan tanishdim.Ilmiy amaliyot o’tash bo’yicha me’yoriy hujjatlar tahlilini o’tkazdik.
Ilmiy amaliyot boshlagan kunimdan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida amaliyot olib borish uchun alohida ish o’rni ajratib berildi. Amaliyot rahbarim Nurboy Jabborov bilan birgalikda amaliyot davrida bajarilishi lozim bo’lgan vazifalar rejasi ishlab chiqildi.Butun ilmiy amaliyot davrida mazkur reja va vazifalar asosida olib borilgan ishlar kundalik daftarimda qayd etib borilgani tasdiqlangan.

  1. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti ichki tartib-qoidalari, tashkiliy tuzilmasi, faoliyat yo’nalishlari bilan tanishdim.

  2. Ilmiy amaliyot rahbarim tomonidan magistrlik dissertatsiya mavzuyim bo’yicha ilmiy ma’lumotlar bazasini kengaytirdim.

Ilmiy- amaliyot rahbarim Nurboy Jabborov bilan magistrlik dissertatsiyasi bo’yicha ilmiy adabiyotlar bilan tanishib chiqdik.
Shu kunlar davomida magistrlik dissertatsiyasiga bog’liq ma’lumotlarni to’plab, kerakli qismidan foydalandim.Adabiyotlar yordamida " xalq ta'lim tizimidagi kamchiliklar" mavzusida ilmiy maqola tayyorladim.
Ilmiy-amaliyotning so’nggi haftalarida to’plagan ma’lumotlar bo’yicha takliflar ishlab chiqish va qilingan ishlar yuzasidan hisobotlar tayyorlash bilan shug’ullandim.Tadqiqot olib borayotgan magistrlik dissretatsiyasi bo’yicha amalga oshirilgan ishlar rasmiylashtirildi.
Ilmiy-amaliyot bilan bog’liq ishlar yuzasidan tayyorgarlik ishlari olib borildi.
Mazkur ilmiy-amaliyotni o’tash Namangan davlat universitetida olgan nazariy bilimlarimni Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida amaliyotda sinab ko’rishimga imkon yaratdi. .Kelgusi ish faoliyatimda amaliyot davomida olgan bilimlarimdan keng foydalanaman.Shu bilan birga ushbu ilmiy-amaliyot o’zimni kelgusidagi ilmiy faoliyatimni rivojlantirishim uchun rejalar tuzishga imkon berdi.

Magistr: S.Usmonova
Download 10.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling