Ilmiy amaliyot to’G’risida shartnoma №


Download 39.95 Kb.
bet1/4
Sana31.01.2024
Hajmi39.95 Kb.
#1829187
  1   2   3   4
Bog'liq
Ilmiy amaliyot shartnoma


ILMIY AMALIYOT TO’G’RISIDA
SHARTNOMA № _____

2023 yil “____” ___________


Buxoro shahri





_________________________________________________________________________

(keyingi o’rinlarda Korxona deb yuritiladi) nomidan rahbar



_____________________________ va Osiyo xalqaro universiteti (keyingi


o’rinlarda - Oliy ta’lim muassasasi deb yuritiladi) nomidan rektor S.S.Dexkanov (keyingi o’rinlarda "Tomonlar" deb yuritiladi) universitet magistrlariga ilmiy amaliyot muhim va dolzarbligini inobatga olib, ushbu shartnomani tuzdik.




1. Shartnoma maqsadi:

1.1. Magistrlar tayyorlash sifatini oshirishda ishtirok etish, ta’limning uzluksizligi va uzviyligini ta’minlash va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash;


1.2. Magistrlarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, amaliy ko’nikma va mahorat hosil qilishda yordamlashish;


1.3. Magistrlarni kasbi, mutaxassisligi va malakasiga mos ish tanlanishi va bandligini ta’minlashga ko’maklashish.




2. Oliy ta’lim muassasasining huquq va majburiyatlari:

2.1. Korxonaga amaliyot boshlanishidan 10 kun oldin ilmiy amaliyotni o’tkazish vaqti, ilmiy amaliyot rahbari va amaliyot o’tashga yuboriladigan magistrlar to’g’risida ma’lumot taqdim qiladi;


2.2. Ilmiy amaliyotga ketayotgan magistrlarga oldindan ilmiy amaliyot o’tash tartibi, mehnat havfsizlik qoidalari haqida zarur ko’rsatmalar va yo’riqlar beradi;


2.3. Zaruriyatga qarab, mas’ul xodimlari korxonaga ilmiy amaliyot boshlanishidan oldin borib, magistrlar kelishiga zaruriy tayyorgarlik ishlarini tashkil etishini ta’minlaydi;


2.4. Ilmiy amaliyotining butun davri uchun magistrlarga ilmiy amaliyot dasturi asosida reja-jadvalini tuzib, korxona tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbari bilan birgalikda ishning hajmi va tarkibini belgilaydi;


2.5. Magistrlarni ilmiy amaliyot reja-jadvali va dasturi bilan ta’minlaydi;


2.6. Mas’ul xodimlari korxona tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbari bilan magistrlarning ilmiy amaliyotini o’tashi holati bo’yicha muntazam ravishda aloqada bo’lishini ta’minlaydi;


2.7. Ilmiy amaliyot muddatlariga rioya qilinishini, shuningdek ilmiy amaliyoti reja-jadvali va dasturi bajarilishini hamda amaliyot kundaligini har kunlik to’ldirilishini nazorat qiladi;





2.8. Amaliyot yakunida ma’sul xodimlari va korxonadan biriktirilgan xodimlar ishtirokida magistrlar amaliyot davrida o’rganishlari shart bo’lgan mavzularning o’zlashtirish natijalari bo’yicha imtihon o’tkazadi.



Download 39.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling