Ilmiy amaliyot va dissertatsiya ishi amaliyoti
Download 11.66 Kb.
|
6-fevral
- Bu sahifa navigatsiya:
- KUN TARTIBI 1. “Ilmiy amaliyot va dissertatsiya ishi amaliyotiga chiqarish masalalari.
- Ilmiy amaliyot va dissertatsiya ishi amaliyotiga
- YIGʼILISh QАROR QILАDI
- Yigʼilish raisi R.Yarmatov Yigʼilish kotibi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Magisratura boʼlimi 2022-2023 o‘quv yili 2- kurs magistralari bilan “Ilmiy amaliyot va dissertatsiya ishi amaliyoti”ga chiqarish mavzusida oʼtkazilgan yigʼilish BАYONNOMАSI №____ 2023 yil 06-fevral Jizzax shaxri Qatnashdi Magistratura boʼlim rahbari R.Yarmatov, dekan oʼrinbosarlari ( I.Qurbanov, J.Ismoilov) va 2- kurs magistr talabalari KUN TARTIBI 1. “Ilmiy amaliyot va dissertatsiya ishi amaliyotiga chiqarish masalalari. 2. “Odob-axloq va ichki mehnat tartib” qoidalar toʼgʼrisida. Eshitildi: Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan Magistratura boʼlim boshligʼi R.Yarmatov soʼzga chiqib, kun tartibidagi masalalar to‘g’risida talabalarni tanishtirib o‘tdilar, u o‘z so‘zida universitetning magistratura 2 kursida 20 ta mutaxassislikda jami 918 nafar bitiruvchi bitirishi universitet rektorining 2023 yil 73-T –sonli buyrug‘I bilan 15 xaftalik, joriy yilning 6 fevralidan 20 may kuniiga qadar Ilmiy amaliyot va dissertatsiya ishi amaliyotiga chiqarilgani to‘g‘risida gapirib o‘tdilar. Amaliyotnin universitetimizdagi mutaxassislik kafedralarda o‘tkazilishi va amaliyot davrida dissertatsiya ishlarini puxta tayyorlash, ilmiy rahbar bilan doimiy ravishda hamkorlikda ishlash kerakligini aytib o‘tdilar, mutaxassislik kafedralarga calendar ish rejasida ko‘rsatilgan ishlarni xar oyning yakuni bilan topshirib borishlari kerakligini ham aytib o‘tdilar. Shundan so‘ng so‘zni markeying va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i I.Mo‘minovga berishdi, u o‘z so‘zida amaliyot davrida talabalning kundaliklarni yuritilish tartibi, hisobotlarni topshirish va amaliyotda xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilish tartibi bilan tanishtirib o‘tdilar. Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan o‘zining qiziqtirgan savollari bilan magistrlar ishtirok etdilar. Eshitildi: Kun tartibdagi ikkinchi masala yuzasidan Magistratura boʼlim boshligʼi R.Yarmatov soʼzga chiqdi, u oʼz soʼzida Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori tomonidan 2021 yilda tasdiqlangan “Odob-axloq” Kodeksi tanishtirib oʼtildi, mazkur Kodeksning 4 bobida talabalarning, doktorantlarning yurish-turish va rasmiy muloqotiga oid talablari, magistrlarning oʼquv binosida yurish-turish qoidalariga amal qilish tartiblari bilan tanishtirib oʼtdilar. Shundan soʼng oʼzlarini qiziqtirgan savollari bilan magistrlar soʼzga chiqtilar. YIGʼILISh QАROR QILАDI: 1. Magistratura boʼlim boshligʼi R.Yarmatov va marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i I.Mo‘minov bergan axborot maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin. 2. Magistratura bo‘limi boshlig‘i va o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlariga korruptsion xolatlarning oldini olish ishlarini domiiy ravishda guruhlarda tashkil etish va magistrlarning odob–axloq va ichki mehnat tartib qoidalariga rioya qilishi, ichki-tartib qoidalarga amal qilashlarini nazoratga olinsin. Yigʼilish raisi R.Yarmatov Yigʼilish kotibi Download 11.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling