Ilmiy asoslari va mexanizmlarini takomillashtirish


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana22.10.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1715471
  1   2
Bog'liq
Qahhorova Shaxnoza



Международный научный журнал № 7(100), часть 1 
«Научный импульс» Февраль, 2023 
35 
PREZDENT MAKTABLARIDA TA'LIM TARBIYA JARAYONLARINI BOSHQARISHNING 
ILMIY ASOSLARI VA MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH 
Qahhorova Shaxnoza 
Annotatsiya: Ushbu maqolada Prezident maktablarida o'quvchilarni ijodiy 
qobiliyatlarini shakllantirishning pedagogik hamda psixologik hususiyatlari bayon etilgan. 
Shu bilan birga Prezident maktablaridagi tizimli ta'lim shakli, usul, vositalari haqida 
ma'lumotlar mujassamlashgan. 
Kalit so'zlar: STEAM - ta'lim, shaxga individual yondashuv, professional ta'lim, ta'lim, 
ijodkorlik, qobiliyat, bilim, ko'nikma, faoliyat, differensial, tashabbus, ta'lim muassasas 
 
Prezident va ijod maktablari rahbariyati va oʻqituvchilari Prezident Shavkat Mirziyoyev 
raisligida mamlakatimizda taʼlim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini 
jadallashtirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida qoʻyilgan vazifalardan 
kelib chiqib taʼlim muassasalarini takomillashtirish boʻyicha rejalarni ishlab chiqdi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va 
ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (PIIMA) tomonidan davlat rahbari 
belgilab bergan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida 6-7-noyabr kunlari Prezident 
maktablari direktorlari va 9-10-noyabr kunlari ijod maktablari rahbariyati uchun seminarlar 
tashkil etiladi. 
Prezident maktablari direktorlari uchun tashkil etilgan seminar davomida 
ishtirokchilar oxirgi yilda taʼlim muassasalari faoliyati, ularda oʻquv va tarbiya jarayonlarini 
takomillashtirish masalalari muhokama etiladi. 
Jumladan, ishtirokchilar yoshlarning STEAM fanlarini oʻrganishi, isteʼdodli yoshlarni 
fan olimpiadalarga tayyorlash, xorijiy oʻqituvchilar ishtirokida mahalliy mutaxassislarning 
malakasini oshirish masalalarini ham koʻrib chiqadi. 
Shu bilan birga Xalq taʼlimi vazirligi va PIIMA tizimiga kiruvchi taʼlim muassasalari 
pedagoglari oʻrtasida tajriba va metodologiyalar almashinuvini taʼminlash uchun hamkorlik 
masalalari ham muhokama etiladi. 
Prezident maktablari iqtidorli yoshlarni tanlab olishning, ularning bilim olish va 
tarbiyalashga qaratilgan yaxlit bir tizimiga aylanishi lozim. Maktablar oʻquvchilarda keng 
fikrlash va oʻzlashtirgan bilimlarini samarali foydalanish koʻnikmalarini rivojlantirishlari 
lozim. 
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida mamlakatimizda ta'lim-tarbiya tizimini 
takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari muhokamasi bo'yicha 
videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi. 


Международный научный журнал № 7(100), часть 1 
«Научный импульс» Февраль, 2023 
36 
Davlatimiz rahbari O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan soha vakillariga 
yo'llagan tabrik nutqida ta'kidlaganidek, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni 
qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham ilm-fan, ta'lim va tarbiyadir. 
Shuning uchun ham, O'zbekistonda ta'lim tizimini kompleks rivojlantirish, malakali 
kadrlar tayyorlash maqsadlariga katta kuch va mablag'lar yo'naltirilmoqda. Maktabgacha 
ta'lim, maktab va oliy ta'lim tizimlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatida sifat 
o'zgarishlari ro'y bermoqda. 
– Biz ustozni otaday ulug' deb bilgan, doimo ardoqlagan ma'rifatparvar xalqning 
vakillarimiz. Men ham o'qituvchi, muallim deganda o'zim uchun eng aziz va hurmatli 
bo'lgan, ziyoli va zamonaviy, samimiy va mehribon insonlarni tasavvur qilaman. Chunki 
hammamizga ham shu muallim saboq va ta'lim berib, mehribon ota-onalarimiz qatorida 
tarbiyalagan, – dedi davlat rahbari yig'ilish avvalida. – Bugungi kunda O'zbekistonning yangi 
taraqqiyot davri poydevorini yaratyapmiz. Bunda bizning eng yaqin ko'makchilarimiz ustoz 
va murabbiylar, ilmiy va ijodkor ziyolilardir. 
Har bir oila, har bir bola hayoti maktab bilan bog'langani, bu masala davlatning, 
jamiyatning eng muhim ishi ekani ta'kidlandi. 
– Hammamiz aziz farzandlarimiz hayoti va taqdirini o'qituvchi va murabbiylarga 
ishonib topshiramiz. Mana shunday beqiyos boylik posbonlari, kelajak bunyodkorlari 
bo'lgan bu mo''tabar zotlarga munosib hurmat-ehtirom ko'rsatishimiz kerak, – dedi 
Prezident. 
Yig'ilishda bugungi modernizatsiya jarayonlari, islohot va o'zgarishlar natijadorligi 
maktab ta'limiga, yangi avlod kadrlarini etishtirish masalasiga borib taqalayotgani qayd 
etildi. Shu bois maktab direktorlari va muallimlarga ko'p narsa bog'liq. Ular qishloq va 
shaharlarda ta'lim-tarbiya, madaniyat va ma'naviyat tarqatadigan fidoyi kishilardir. 
Maktablar nafaqat ta'lim maskani, balki mahallaning madaniy, intellektual markazi bo'lishi 
zarur. 
Ma'lumki, mamlakatimiz ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan 
sohasi rivojini jadallashtirish maqsadida Prezident farmoni loyihasi ishlab chiqildi. Mazkur 
hujjat regulation.gov.uz portaliga qo'yilib, barcha hududlarda, mahalliy kengashlarda va 
maktab jamoalarida ota-onalar ishtirokida keng muhokama qilindi. 
Farmon loyihasida ta'limdagi hozirgi muammolarni hal qiladigan, yaqin besh yilda 
natijasini ko'rsatadigan va keyingi taraqqiyot darajasini belgilab beradigan maqsadlar 
qamrab olingan. 
Jumladan, jamiyatda muallimning obro'-e'tibori va maqomini ko'tarish, o'quv 
dasturlari va metodikasini to'liq qayta ko'rib chiqish, maktabni ta'limning keyingi 
bosqichlari bilan uzviy bog'lash, o'qituvchilarni ortiqcha qog'ozbozlikdan xalos etib, o'z 
ustida ko'proq ishlashi uchun sharoit yaratish va shuni rag'batlantirish, maktab 
infratuzilmasi va undagi ma'naviy muhitni yaxshilash kabi masalalarning echimlari aniq 
belgilab berilmoqda. 


Международный научный журнал № 7(100), часть 1 
«Научный импульс» Февраль, 2023 
37 
eng asosiysi, joylardagi rahbarlarning, shuningdek, mahalliy kengashlarning ushbu 
muhim masalaga yondashuvi va e'tiborini tubdan o'zgartirish, ularning mas'uliyati, 
javobgarligi va hisobdorligi mexanizmlari kiritilmoqda. 
Videoselektor yig'ilishida ta'lim sohasidagi muammolar, ularni hal etib, ta'lim sifatini 
oshirishga oid vazifalar muhokama qilindi. 
Davlatimiz rahbari avvalo maktablarda o'quv yuklamasi va darslar sonini qayta ko'rib 
chiqish, o'quvchilarni faqat yodlashga emas, balki fikrlashga chorlaydigan metodika 
yaratish zarurligini ta'kidladi. 
Bu borada Finlyandiya tajribasi misol qilib keltirildi. Ushbu mamlakat umumiy 
savodxonlik, tabiiy fanlar va matematika bo'yicha dunyoda eng ilg'orlardan biri. 
– Maktabda o'qitish metodikasi o'zgarmasa, ta'lim sifati ham, mazmuni ham, muhit 
ham o'zgarmaydi, – dedi Shavkat Mirziyoev.
Dunyodagi zamonaviy o'quv dasturlari, o'qitish metodikalarini o'rganib, yurtimiz 
umumta'lim maktablarida joriy qilish muhimligi ta'kidlandi. Xalq ta'limi vazirligiga ushbu 
tajriba asosida Milliy o'quv dasturini ishlab chiqib, 2021/2022 o'quv yilidan boshlab ta'lim 
jarayoniga sinov tariqasida tatbiq etish vazifasi qo'yildi. 
Yangi metodikani samarali yo'lga qo'yish uchun barcha maktab o'qituvchilari 
videoaloqa orqali xorijiy mutaxassislar ishtirokida o'qitiladi. eng muhimi, bu jarayonlarga 
pedagogika yo'nalishidagi universitet va institutlar ham jalb qilinib, pedagog kadrlar 
tayyorlash metodikasi ham yangilanadi. Shuningdek, matematika, fizika, kimyo, biologiya 
va informatika fanlari bo'yicha chet ellardagi ilg'or darsliklar chuqur o'rganib chiqiladi. 
Maktablarni ta'mirlash, obodonlashtirish, isitish kabi xo'jalik masalalariga hokimlar 
shaxsan mas'ul ekani eslatib o'tildi. Shuningdek, oliy o'quv yurtiga kira olmagan 
bitiruvchilarni muayyan kasb-hunar yoki tadbirkorlikka jalb etish muhim. 
Shu bois kelgusi yildan boshlab 7-sinfdan o'g'il-qizlarning kasbga qiziqishlarini 
aniqlash va bosqichma-bosqich kasbga yo'naltirish amaliyoti joriy qilinishi belgilandi. 
Hududdagi sanoat, qishloq xo'jaligi va xizmat ko'rsatish korxonalari maktablarga 
biriktiriladi. 
Har bir maktab reytingini hamda shu asosda ta'lim sifati bo'yicha tuman, shahar va 
viloyatlar reytingini ishlab chiqish zarurligi aytildi. Reyting natijalariga qarab, maktab 
direktorlari va o'rinbosarlari, o'qituvchilar, hokimlar va ularning ta'lim bo'yicha 
maslahatchilari faoliyatiga baho beriladi. 
Reytingda birinchi beshlikka kirgan maktab direktorlariga mahalliy byudjetdan ustama 
to'lanadi. Xususan, maktab direktorlari va ularning o'rinbosarlariga mehnatga haq to'lash 
eng kam miqdorining 3 baravaridan 12 baravarigacha rag'batlantiruvchi to'lovlar beriladi. 
Shu bilan birga, xalq ta'limi bo'limi rahbari va metodisti, maktab direktorlari, tuman 
reytingida birinchi va ikkinchi o'rinni egallagan maktablarning 2 nafar ilg'or o'qituvchisiga 
kasaba uyushmalari hisobidan har yili sihatgohlarga ikki haftalik bepul yo'llanma beriladi. 
Shuningdek, fidoyi pedagoglar boshqa yo'llar bilan ham rag'batlantiriladi. 


Международный научный журнал № 7(100), часть 1 
«Научный импульс» Февраль, 2023 
38 
Yig'ilishda pedagog kadrlar malakasini oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi. 
Bugungi kunda pedagoglar har 5 yilda, rahbar kadrlar esa har 3 yilda malaka 
oshirmoqda. Lekin bu to'la qamrov uchun etarli emas. Joriy yilda Sirdaryo viloyatida 11 
ming nafar maktab o'qituvchilarining barchasi sinov tariqasida masofaviy malaka oshirish 
kurslari bilan qamrab olinmoqda. 
Kelgusi yili Buxoro, Samarqand, Farg'ona viloyatlari va Toshkent shahrida malaka 
oshirish bo'yicha masofadan o'qitish tashkil etiladi. Toshkent davlat pedagogika universiteti 
pedagog kadrlar malakasini oshirishda respublikada etakchi oliygoh etib belgilanadi. 
Avloniy nomidagi malaka oshirish instituti esa ta'lim muammolarini chuqur o'rganadigan 
ilmiy-tadqiqot dargohi bo'ladi. 
O'qituvchilar toifasini belgilash tartibini ham tubdan qayta ko'rib chiqish lozimligi 
ta'kidlandi. 
Bugungi kunda xalq ta'limi tizimida mehnat qilayotgan 490 mingdan ziyod 
pedagoglarning 4 foizi oliy, 15 foizi birinchi toifaga ega. 4 bosqichdan iborat amaldagi 
attestatsiya tizimida qog'ozbozlik hanuzgacha saqlanib qolgan. 
Shu bois mutasaddilarga toifa berish tartibini soddalashtirish, pedagoglar bilimini yil 
davomida baholash imkonini beruvchi 2 bosqichli tizimga o'tish bo'yicha ko'rsatma berildi. 
Yana bir muammo – ta'lim sifati pastligi, moddiy-texnika bazasi etarli bo'lmagani 
sababli ayrim maktablar to'liq quvvatda ishlamayapti. Masalan, Toshkent shahridagi 32 ta 
maktabda o'quvchilarni qamrab olish darajasi past. 
Mamlakatimizda xususiy ta'lim muassasalariga keng sharoit yaratilayotgani bois 
kelgusi yildan eksperiment tariqasida kam quvvatda ishlayotgan maktablarni tanlov asosida 
salohiyatli talabgorlarga ishonchli boshqaruvga berish taklifi bildirildi. 
Maktablarda zamonaviy boshqaruvni joriy qilish masalalariga ham to'xtalib o'tildi. 
endi maktab direktorlarini lavozimga tayinlash bevosita mahalliy kengashlar bilan 
kelishilgan holda, tanlov asosida amalga oshiriladi. Har bir nomzod maktabning 
ko'rsatkichlarini kelgusi 3 yilda yuqori darajaga olib chiqish bo'yicha o'z dasturi bilan 
tanlovda ishtirok etadi va har yili kengashlar oldida hisobot beradi. 
Bundan asosiy maqsad – maktablarning samarali faoliyatini tashkil etish, direktorlar 
ishiga noqonuniy aralashuvlar va kadrlar qo'nimsizligiga barham berish. 
Maktablar bilim bilan birga tarbiya, ma'naviyat maskani hamdir. Davlatimiz rahbari bu 
ishlarga hududlarda yashab, ijod qilayotgan shoir va yozuvchilarni keng jalb qilish
maktablarning direktor jamg'armasidan va mahalliy byudjet mablag'laridan ularga oylik 
maosh to'lash lozimligini ta'kidladi. 
Oliy ta'lim sohasida sog'lom raqobat muhitini shakllantirish va qamrovni oshirish, har 
bir hududda kamida bittadan nodavlat oliy bilim yurti tashkil qilish muhimligi qayd etildi. 
Prezident maktablari tahsil olish, yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish - 
mutlaqo bepul bo'lib, bunda ta'lim oluvchilariga umumiy o'rta ta'lim beriladi. Bunda 
Prezident maktablarini tashkil etishdan ko'zlangan asosiy maqsad ta'lim jarayonida ilg'or 


Международный научный журнал № 7(100), часть 1 
«Научный импульс» Февраль, 2023 
39 
texnologiyalarni qo'llash orqali qobiliyatli o'quvchini aniqlash va o'qitish tizimini 
shakllantirish, shuningdek, qobiliyatli yoshlarni qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish, 
ma'naviy boy va intellektual rivojlangan, keng dunyoqarashga ega avlodni tarbiyalash 
kafolatlarini ta'minlashdan iboratdir. 
Prezident maktabi o'quvchilari uchun maxsus dastur asosida tizimli muhit, 
innovatsion shart-sharoitlari yaratilgan bo'lib, o'quvchilar bepul oziq-ovqat, maktab 
formasi,yashash joyi bilan ta'minlanadi. Ovqatlanish-besh mahallik ratsionni tashkil etadi. 
Prezident maktablariga yuqori malakali o'qituvchilar faoliyat olib borib, ular ham 
ma'lum me'zonlar asosida tanlab olinadi. Bunda o'qituvchilar STEAM yo'nalishidagi fanlar 
Cambridge University tashkiloti bilan birgalikda tuzilgan dasturga kirgan fanlarni, xorijiy 
ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan o'quv rejalari, dasturlari bo'yicha 
o'qitilishi sababli quyidagi talablarga javob berishiga alohida e'tibor beriladi. 
Prezident maktablaridagi ta'lim jarayoni maktab-internat shaklida tashkil etilganligini 
e'tiborga olib, o'quvchilar darsdan tashqari o'z ustilarida ishlab, qo'shimcha ta'lim va 
tarbiya olishi, bunda: tabiiy va aniq fanlarni chuqur o'rganish, turli xil amaliy 
mashg'ulotlarda ishtirok etish, xorijiy tillarni o'rganish, muhandislik va axborot 
texnologiyalarini o'zlashtirish kabi kelajak ko'nikmalarni o'rganishadi. 

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling