Ilmiy ijodkorlik jarayonida mantiqiy va intuitiv tafakkurning ahamiyati
Download 53.36 Kb.
|
Mundarija Kirish Bob Ilmiy ijodkorlik jarayonida mantiqiy va intuitiv tafakkurning ahamiyati. 1.1 Ijodkorlik jarayonida mantiq va intuisiyani ahamiyati 1.2. Texnik ijodkorlik jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish. 1.3.Ijodkorlik faoliyatini tashkil etishda kompyuterlar quyidagi afzalliklari II-Bob Talabalarning mantiqiy tafakkurini shakllantirishning pedagogik omillari 2.1. Bo‘lajak pedagoglar – dunyoqarashini, mantiqiy tafakkurimizni shakllantirishda pedagogik omillarning ahamiyati. 2.2 Bolalarning ijodiy va mantiqiy tafakkurini shakllantirish yo‘llari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Mamlakatimiz iqtisodiyotini texnologik asosda rivojlantirish uzluksiz ta’lim tizimida yangi malakaga ega kasbiy ijodkor mutaxassis kadrlar tayyorlash bilan bir qatorda innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarning muhim manbaini shakllantirishni talab etadi. Bu ma’noda tadqiqot ishida kasbiy ijodkorlik tushunchasi mutaxassislik ko‘nikma va malakalarini ilmiy-texnik bilimlar hamda iqtisodiyot sohalari innovatsion faoliyatini ta’lim-fan-ishlab chiqarish integratsiyasi asosida ijodkorlik mahsulini intellektual mulk sifatida yaratishga qaratilgan faoliyat jarayoni sifatida qabul qilindi. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari kasbiy ijodkorlik sifatlarining shakllantirilishi ularni iqtisodiyot sohalarining real ehtiyojidan kelib chiqib innovatsion g‘oyalar va ishlanmalarni yarata oluvchi, innovatsion tadbirkorlik sifatlariga ega mutaxassis etib tarbiyalash imkonini beradi. Ilg‘or o‘qituvchilar tajribalari tahlili ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilarda yuqorida ko‘rsatilgan tasniflar va tamoyillar orqali mantiqiy operatsiyalar shakllanadigan va rivojlanadigan ijodkorlik masalalari hamda o‘quv topshiriqlari tizimi zarurligini ko‘rsatdi. O‘quvchilar ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish omillari har bir mavzu, har bir darsda o‘quv faoliyatining asosi bo‘lishi lozim. Ijodkorlik faoliyati o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining barcha qirralarini qamrab olar ekan, uni samarali tashkil qilish butun ta’lim jarayonining sifatini ta’minlashga xizmat qiladi deb hisoblaymiz. Texnik ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishda ilmiy-texnik ma’lumotlar bilan tanishish muhim o‘rin tutadi. Bunda axborotnomalar, ilmiy atamalar bo‘yicha ma’lumotlar, ilmiy faoliyat bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar, ixtirochilik va patentshunoslik materiallari muhim manba vazifasini o‘taydi. Axborot texnologiyalari va patentshunoslik sohasidagi mutaxassislar bilan yaqindan hamkorlik qilish, shu sohalarga oid davriy nashrlar bilan muntazam tanishib borish o‘zining ijobiy natijalarini beradi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasining xalqaro talablardagi zamonaviy taraqqiyotini ta’minlay oladigan bilimli, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, keng tafakkurli, malakali, shu bilan birga shaxsiy va kasbiy sifatlari shakllangan barkamol kadrlarni tayyorlash maqsadini ko‘zlaydi. CHunki globallashuv sari borayotgan hozirgi dunyoda xalqaro raqobat jarayoni shartlariga tez moslashuvchan hamda mamlakatning muvaffaqiyatli va barqaror rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘sha oladigan mutaxassislarni tayyorlash ta’lim tizimining asosiy maqsadi hisoblanadi. Ba’zi tadqiqotchilarning fikricha, ijodkorlik tafakkurining ma’lum bir turlarini – izlanuvchanlik, tanqidiy fikrlash, refleksivlikni hamda muayyan qobiliyatlarni talab etadi Bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy faoliyatida ko‘p uchraydigan har qanday nostandart vaziyatlarda mustaqil ravishda qaror qabul qila olishga, shuningdek, yaxlit jarayonning barcha voqea va hodisalarini, dalillarini tahlil qila bilishga asos yaratadigan ilmiy tafakkurni rivojlantirish pedagogik shartlardan biridir. Download 53.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling