Ilmiy ijodkorlik jarayonida mantiqiy va intuitiv tafakkurning ahamiyati


Ijodkorlik faoliyatini tashkil etishda kompyuterlar afzalliklari


Download 53.36 Kb.
bet4/6
Sana19.06.2023
Hajmi53.36 Kb.
#1604164
1   2   3   4   5   6
1.3.Ijodkorlik faoliyatini tashkil etishda kompyuterlar afzalliklari
Ijodkorlik faoliyatini tashkil etishda kompyuterlar quyidagi afzalliklarga ega:
1. Boshqarilishi muloqotli tartibda, tez va qulay amalga oshiriladi, uning texnik vositalari: displey, klaviatura, manipulyator, chiqarish qurilmalaridan foydalanish sodda tartibda amalga oshiriladi.
2. Kompyuterdan foydalanuvchi talabaning dastur tuzishi va bu sohadagi bilimlarga ega bo’lishi talab qilinmaydi.
3. Tashqi xotirasi ixcham va katta sig’imga ega.
4. Arxitektura va dizayn yechimi uning tashqi ko’rinish va texnik yechimlarining yuqori samaradorlik va qulayligini ta’minlaydi.
5. Kompyuterning iqtisodiy va texnik ko’rsatkichlari ta’lim muassasalari talab va imkoniyatlariga mos keladi.
Ixtirochilik g’oyalarini bevosita kompyuterlar yordamida ishlab chiqish talabalarga bir qator qulayliklar tug’diradi. Bularga misol sifatida talaba fikrini yozma ravishda bayon qilishidagi, turli manzillardagi kompyuterlarda mavjud axborotlarni uzatish imkoniyatlari, ko’rgazmali qurol sifatida foydalanishdagi qulayliklarini keltirish mumkin.
Mashg’ulotlarni kompyuterlar yordamida olib borish ta’lim samaradorligini oshiradi, talabalarni reyting tizimida baholash xaqqoniyligi ortadi va qo’yilgan ballarni hisoblash va ularning ko’rgazmaliligini ta’minlash osonlashadi. O’qituvchilarning talabalarga alohida vazifalarni yechishda yordam berishi, yangi usullarni ishlab chiqishi, rahbarlik qilishi va rag’batlantirishga, nihoyat o’z ustida ko’proq ishlashiga qo’shimcha vaqt ajratish imkoniyati tug’iladi. Talabaning darsda kompyuter bilan ishlashdagi samaradorligini darslik bilan ishlash va o’qituvchi bilan shug’ullanishning o’rta holati deb hisoblash mumkin, ya’ni bunda kompyuter zarur o’quv dasturi bilan ta’minlanganda talaba qobiliyati va saviyasiga to’laroq moslanishi mumkin, bu bilan u darslikdan ustun turadi, biroq hali o’qituvchi bilan raqobatlashadigan darajaga yetganicha yo’q.
Kompyuterlar beqiyos imkoniyatlari bilan ta’limda favqulodda o’qitish vositasi bo’lsada, u ijodkorlik va ta’lim sohasining barcha muammolarini hal qilib bera olmaydi. Misol uchun, kompyuterlar ijodiy va aynan ixtirochilik masalalarini hal qilish imkoniyatiga ega emas, ular faqat tuzilgan dasturda ko’zda tutilgan vazifalarnigina bajara oladilar. Ijodkorlik jarayonida esa ular faqatgina yordamchi vosita sifatidagina qatnashishi mumkin.
Ushbu tadqiqot davomida olib borilgan ishlar shuni ko’rsatdiki, ixtiro texnik yechimini asoslash uchun ma’lumotlarni qayta ishlamoqchi bo’lgan talaba hisob-kitoblarni statistik yo’l bilan hisoblash uchun bir necha oy jadal ishlashi lozim bo’lgan holda, kompyuter zarur natijani bir necha daqiqa ichida yetkazib bera oladi. Ushbu fikrlardan kelib chiqqan holda, kompyuterlarning ijodiy yo’nalishdagi ahamiyatini quyidagicha tavsiflash mumkin: tadqiqotchi kompyuter vositasida tejalgan vaqti va kuchlarini yangi g’oyalar ishlab chiqish, o’z xulosalarini asoslash va isbot qilishga sarflashi mumkin. Bu bilan ijodiy jarayonlarning jadallashuviga erishiladi. O’z ishlarida kompyuterlardan foydalanish tadqiqotchi talabalarga, ilmiy-texnik xodimlarga o’zlarining ijodiy faoliyatlariga va yangi g’oyalarga ko’proq e’tibor berishga, ularni amaliyotga tadbiq etishning yangi-yangi usullarini qidirib topishga, ya’ni kompyuterlar amalga oshira olmaydigan vazifalarni bajarish imkonini beradi.
Shunday qilib, bugungi kunda kompyuterlarning ijodiy sohada erishgan darajasi va ularning ixtirochilik ijodkorligini amalga oshirishdagi o’rnini belgilashda ularning o’z imkoniyatlari majmui vositasida u bilan ishlovchi insonga o’z qobiliyatlarini to’la rivojlantirish uchun erkinlik yarata olishini ta’kidlash mumkin. Endilikda, inson butun umr bitta sohada ixtisoslashib qolmasdan turli sohalarda o’z bilimini kengaytirish, turli tadqiqotlar o’tkazish va hayotdagi o’zining asl o’rnini topish uchun zarur vaqtga ega bo’ladi. Oxir-oqibatida inson ma’lumotlarni yig’ib, qayta ishlovchi sifatidagi mashinaga tobe mavjudot emas, balki butun jarayonlarning boshqaruvchisi bo’lib qoladi. Bu ma’noda yangi axborot texnologiyalari butun insoniyatning hayot tarzini va mehnat shaklini o’zgartirib, uni o’z bilimlarini chuqurlashtirishga, malakasini oshirishga keng imkoniyatlar yaratadi.
Zamonaviy ishlab chiqarish va uni boshqarish jarayonlari talablardan kelib chiqib yangi axborot texnologiyalari ikki guruhga bo’linadi. Ularning birinchisi matn prosessorlari, elektron jadvallar, ma’lumotlar jamlamasi, grafik muharrirlar, multimedia va telekommunikasiya texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan bo’lib, universal tipdagi axborot texnologiyalari deb ataladi. Maxsus axborot texnologiyalari deb nomlanuvchi ikkinchi yo’nalishga ma’lum bir ixtisoslashgan yo’nalishdagi faoliyatni amalga oshirishda foydalaniluvchi kompyuterli texnologiyalar, misol uchun o’qitishning yangi axborot texnologiyalari kiradi. O’qitishning yangi axborot texnologiyalari har qanday ta’lim texnologiyasining asosiy qismi bo’lgan bilim berish va uni qabul qilish jarayonlarini kompyuterlashtirish natijasida vujudga kelgan o’qituvchining texnologiyasi bo’lib, o’qituvchi undan o’qitishning texnik vositasi sifatida foydalanadi, darsga tayyorlanadi va uni tashkil qiladi, o’quvchilar bilimini nazorat qiladi hamda ularga vazifalar beradi. Hozirgi kundagi va yaqin kelajagimizdagi ta’lim tizimini takomillashtirishda kompyuterlashtirishning eng asosiy vazifasi - o’qitishning yangi axborot texnologiyalarining yangilarini yaratish va ularni ta’lim jarayoniga olib kirishdan iborat bo’ladi.
O’qitishning yangi axborot texnologiyalaridan ta’lim tizimida foydalanishning samaradorligi quyidagi holatlar bilan belgilanadi:
1. O’qitishning yangi axborot texnologiyalari talabalarga axborotlarning noan’anaviy manbalariga murojaat qilish imkoniyatlarini ochib beradi, mustaqil ishlar samaradorligini oshiradi va ijodiy faoliyat bilan shug’ullanish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
2. O’qitishning yangi axborot texnologiyalari qo’yilgan didaktik maqsadlarni amalga oshirishi uchun o’qituvchiga o’qitishning turli shakllaridan va ularning majmuasidan foydanish, ya’ni zaruriy ta’lim muhitini barpo etish imkonini beradi. O’qitishning yangi axborot texnologiyalaridan foydanishda o’qituvchi kompyuterlashtirilgan o’qitish va nazorat qilish dasturlarini sharoitdan kelib chiqib o’zgartirish imkoniga ega bo’ladi.
3. O’qitishning yangi axborot texnologiyalarini qo’llash orqali o’qituvchilar talaba shaxsini rivojlantirish, ijodiy izlanish bilan birgalikda ishlash, o’quv dasturlarining eng maqbullarini tanlash yoki yangilarini yaratish uchun qo’shimcha imkoniyatga ega bo’ladilar.
4. Avtomatlashtirilgan o’quv-axborot tizimidan foydalanishga asoslangan o’qitishning yangi axborot texnologiyalarini qo’llash natijasida o’qituvchilar o’zlarining axborot bilan ta’minlanganlik darajalarini oshiribgina qolmay, balki deyarli butun dunyodagi axborot jamlamalaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
O’qitishning yangi axborot texnologiyalari bugungi kunda ta’lim tizimiga keng kirib kelayotgan yangi pedagogik texnologiyalarning vositaviy asosi hisoblanadi. Shu sababli biz o’z tadqiqotlarimizda o’qitishning yangi axborot texnologiyalarini qo’llashda pedagogik texnologiyaning quyidagi tamoyillariga amal qildik: ta’lim maqsadining aniq shakllantirilganligi, ta’limning mahsuldorligi, teskari aloqaning mavjudligi, kafolatlangan yakuniy natija. Bu tamoyillarga amal qilinganligi quyidagilarda o’z aksini topgan.
Ixtirochilik ijodkorligini shakllantirishda ta’lim mahsuldorligi va teskarialoqaning mavjudligi dasturlashtirilgan ta’lim metodining o’qitishning yangi axborot texnologiyalari vositasida joriy qilinganligi orqali ta’minlandi. Kafolatlangan yakuniy natijaga erishish uchun avvalo ta’lim maqsadi tashxisli belgilandi, ya’ni unga erishilganlik darajasini talabalar tomonidan o’zlashtirilgan bilim va ko’nikmalarni sinash orqali aniq belgilash mumkin. Ushbu tamoyilni ta’minlashning yana bir omili sifatida talabaning dasturlashtirilgan ta’lim axborot kadrlari vositasida o’zlashtirgan har bir tushunchasi shu vaqtning operasion kadrdagi test savollari orqali tekshirib borilishidan foydalanildi.
"Ta’lim to’g’risida"gi Qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" da qayd etilganidek ta’lim tizimini barkamol insonni voyaga yetkazuvchi yaxlit muhit va yagona texnologik jarayon deb qarash lozim. Chunki, ta’lim oluvchi ushbu tizimning bir bosqichida undan keyingi bosqichda ta’lim olish uchun tayyorlanadi va bunda bir bosqichda olgan bilimlarini keyingi bosqichlarga olib o’tadi va takomillashtiradi. Agar bilimni o’zlashtirilgan axborot sifatida qarasak, ta’lim tizimi yaxlit axborot makonini o’zida aks ettiradi. O’qitishning yangi axborot texnologiyalari esa ana shu makonda bilimlarni axborot shaklida harakatlantirishning yuqori darajada takomillashgan texnikaviy vositasi rolini bajaradi.
Respublikamiz ta’lim tizimining yagona axborot makonini yuzaga keltirish maqsadida shu sohada qabul qilingan me’yoriy-xuquqiy hujjatlarga asoslangan holda uzluksiz ta’lim tizimi bo’g’inlarni yangi axborot texnologiyalari vositasida axborotlashtirishning majmuaviy dasturi ishlab chiqilishi lozim:
- mazkur dasturda ta’lim tizimining har bir bo’g’inida axborot texnologiyalarini qay darajada joriy qilinishi, qanday hajmda o’qitilishi va uning maqsadlari belgilab berilishi;
- ta’lim muassasalarini zamonaviy kompyuterlar bilan ta’minlashni yo’lga qo’yilishi va bunda ularning multimedia vositalari bilan jihozlanishiga alohida e’tibor berilishi;
- o’qitishning yangi axborot texnologiyalari va kompyuter tarmoqlaridan foydalanish asosida o’quv yurtlarining o’zaro axborot almashinuvini, ta’lim va tadqiqot jarayonlarini masofadan axborot bilan ta’minlash amalga oshirilishi;
- har bir ta’lim mussasasi uchun bilimlar banki, ma’lumotlar bazasi, o’rgatuvchi dasturlar hamda o’quv yurti xususiyatlaridan kelib chiquvchi boshqa tuzilmalari bo’lgan ixtisoslashgan avtomatlashgan o’quv axborot tizimini ishlab chiqilishi;
- mutaxassislar tayyorlashning samarali metodlaridan biri bo’lgan va shu davrga qadar texnik vositalar imkoniyatlari cheklanganligi sababli deyarli qo’llanilmay kelayotgan dasturlashtirilgan ta’lim metodini kompyuterlar vositasida keng joriy qilish lozim.
Talabalar ixtirochilik ijodkorligini shakllantirishda yangi axborot texnologiyalarining qo’llanilishi to’g’risidagi fikrlarimizni quyidagicha xulosalaymiz:
- kompyuter talabani ixtiro g’oyasi va texnik yechimi yuzasidan qaror qabul qilishida axborotlar bilan ta’minlaydi va hisoblash ishlarini bajaradi, murakkab holatlarda aqliy-irodaviy sifatlarni maqsadga muvofiq yo’naltirishga hizmat qiladi;
- kompyuterlar oddiy holatlarda zarur qarorlarni dastur asosida qabul qiladi va ularni amalga oshiradi;
- kompyuterlar bajarilayotgan amallarni nazorat qiladi va xatoga yo’l qo’yilgan holatlarda talabani ogohlantiradi;
- yangi texnik yechim ishlab chiqishda murakkab hisob ishlarini tez va aniq bajaradi.

II- Bob TALABALARNING MANTIQIY TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK OMILLARI


2.1. Bo‘lajak pedagoglar – dunyoqarashini, mantiqiy tafakkurimizni shakllantirishda pedagogik omillarning ahamiyati.

Mantiqiy tafakkurni shakllantirish orqali talabalarda mustqil fikrlash va intelektual qobliyatlarini ishga solgan holda ko‘zlangan natijaga erishish Muhtaram birinchi prezidentimiz I.A.Karimov takidlaganidek “Biz yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini, ertaga o‘rnimizga keladigan yoshlarni ma’naviy dunyosini shakllantirishda o‘qituvchi mehnatini qanchalik muhim o‘rin tutishini yaxshi bilamiz. Chunki, o‘qituvchi nainki sinf xonasiga fayz va ziyo olib kiradigan, balki minglab murg‘ak qalblarga ezgulik yog‘dusini, hayot maktabini uqtiradigan mo‘tabar zotdir” degan edi. Shu boisdan ham bugungi kunda oliy o‘quv yurtlarida bo‘lajak pedagoglarga mantiqiy tafakkurni shakllantirish maqsadida talabalarga pedagog o‘qituvchilarimiz tashkiliy, motivatsion, o‘quv tafakkur va nazorat bosqichlaridan iborat pedagogik faoliyatni tashkil etishmoqda. Didaktik jarayonni tashkil etish pedagogik faoliyatimizda muhim va serqirrali jarayon hisoblanadi. Aynan bilish jarayonlari asosida boʻlg‘usi pedagoglarning kasbiy ongli, tafakkuri, dunyoqarashi shakllanib boradi. Xuddi shuning bilan birga auditoriyada pedagog tomonidan tashkil etilgan har bir pedagogik jarayonni boʻlg‘usi pedagoglarning kasbiy shakllanishda ibrat rolini oʻynaydi. Keling, pedagogik faoliyat, uning tarkibiy qismlariga nazar solaylik. Pedagogik faoliyatda o‘quv tafakkur faoliyati bosqichi pedagogik jarayonning “yadrosi”ni tashkil etadi. Ushbu bosqichda talabalarning oʻzlashtirish darajasini ikki turga boʻlish mumkin. Bular: mahsuldor va nomahsuldor. Ularning bir-biridan farqi shundaki, nomahsuldor faoliyatida inson oʻziga maʼlum boʻlgan harakat (algoritim) qoidalaridan foydalanadi va bu jarayonda hech qanday yangi axborotlar yuzaga chiqmaydi. Faqat oldin oʻzlashtirgan usullarni qaytadan ishlab chiqadi. Nomahsuldor bilan reproduktiv metodlar asosida shakllanib boradi. Masalan: mavzu bilan tanishish, gapirib berish, axborotga ega boʻlish. Bugungi kunda talabalar auditoriyasida maʼruza, seminar mashgʻulotlarida reproduktiv metodlardan foydalanib kelinmoqda. Mahsuldor faoliyatni bajarishda talaba doimo yangilikka duch keladi yoki yangi axborotlar (yangi obyektlar hodisalar, jarayonlar, faoliyat metodlari, vujudga keladi har ikki faoliyat turli ham mustaqil ravishda yoki tashqaridan koʻrsatilgan taʼsir yordamida bajariladi. Misol uchun nomahsuldor faoliyat koʻrsatma (yoʻriqnoma, lugʻat, ustoz) orqali yoki harakatlarni bajarish qoidalari toʻgʻrisida boshqa bir axborot manbalari asosida, yaʼni koʻrsatmasiz, mustaqil ravishda bajariladi. Mahsuldor faoliyat ham maʼlum metodik koʻrsatmalar ostida bajarilishi mumkin, biroq bu yerda harakatlar ketma-ketligi, tartib-qoidalarini ayni vaziyatda yangilangan, (faqat ozi uchun) yoki hech kimga maʼlum boʻlmagan usullar vositasida amalga oshadi. Demak, bu yerda ham ikki faoliyat darajasini kuzatish mumkin: evristik va ijodiy. Yuqorida bayon qilingan fikrlarni hisobga olgan holda talabaning oʻquv materiallarini oʻzlashtirish faoliyatini har qanday masalalarni yecha oladigan quyidagi to‘rt darajaga boʻlishi mumkin:
1. daraja: tashqi koʻrsatma ta’siridagi harakat. Bu faoliyatni shartli ravishda TANISHUV darajasi deb nomlaymiz.
2. daraja: xotira asosidagi harakat. Bu faoliyatning ALGORITIM darajasi deb nomlaymiz.
3.daraja: nostandart vaziyatlardagi mahsuldor harakat. Bu faoliyatning EVRISTIK darajasi deb nomlaymiz.
4.daraja: oʻquv faoliyatining yangi qirralarini tadqiq qiluvchi mahsuldor harakat. Bu faoliyatning IJODIY darajasi deb nomlaymiz. Taʼlim jarayonini yuqori bosqichiga koʻtarish pedagogik faoliyatining samaradorligini belgilaydi. Aynan, uzluksiz taʼlim tizimini pedagogik texnologiyalarni qoʻllashdan bosh maqsadi taʼlim jarayonini ijodiy bosqichga koʻtarishdan iborat. Binobarin. taʼlim jarayonida talabalar dunyoqarashini tarkib toptirish bilan uzviy bogliq. Dunyoqarash taʼlim jarayonida yuzaga keluvchi fikrlar majmuasi asosida yuzaga keladi. Psixologlarning taʼkidlashicha, fikrlash ijtimoiy - intellekt jarayon sifatida oʻz motivi (harakatga undovchi kuch, ruhiy ehtiyoj), maqsadi, usullariga ega boʻlgan mustaqil faoliyat hisoblanadi. fikrlash koʻmagida inson miyyasi yoki ruhiyatida aks etgan narsa va hodisalarning anglangan yoki anglanmagan jihatlari ayon boladi. Fikrlashning oʻzi shu yoʻldagi izlanishlar bilan boshqariladi. Fikrlash muloqotga kirishgan ikkinchi bir kishiga taʼsir koʻrsatishning zaruriy qismi, bir-birini bilishning asosi hamdir. Odam ruhiyati bilan shugullanadigan mutaxassislarning dalolat berishicha, inson fikrlash jarayonining asosiy shartlaridan biri - uning borliq soʻzlarini bilishga boʻlgan intilishi, ichki ehtiyoji - motivdir. Usiz insonda fikrlash paydo bolmaydi. Fikrlovchi shaxs atrofidagilarning birgalikdagi mehnati. Oʻzaro muloqoti va hamkorligida shakllanadi, rivojlanadi. Mantiqiy fikrlash - ongli ravishda, ilmiy nazariy asoslarga tayanib o‘z -o‘zini nazorat qilgan holda fikrlash demakdir. Vigotskiyning ta’biriga, fikrlashda mantiqning yoʻqligi fikrlash jarayonida mustaqillikning erkinlikning yoʻqligi demakdir. Talabalar mantiqiy tafakkur asosida mustaqil tafakkuri tarkib topa boradi. Demak mustaqil fikrlash insonning oʻz oldida turgan muammo va vazifalarni belgilagan holda oʻz bilimi va hayotiy tajribalarga tayanib turli usul, vositalar yordamida, oʻzining intellektual imkoniyatlari darajasida mustaqil ravishda hal qilishdan iborat boʻlgan aqliy faoliyatdir. Oliy o‘quv yurtlarida talabalarning mantiqiy fikrlash jarayoniga pedagog uning pedagogik mahorati va oʻquv dasturidagi predmetlar taʼsir koʻrsatadi. Ularni shartli ravishda ikki guruhga boʻlish mumkin; bevosita harakat malakalari va koʻnikmalarini hosil qiluvchi predmetlar va oylashgan, tasavvur qilgan holda tushunishga majbur qiluvchi mavhumroq predmetlar. Qanchalik talabalar uchun maʼlumotlar ko‘p bo‘lsa, ular xilma-xil va bir-birini toʻldiruvchi bolsa, fikrlari to‘liq tartibli va mantiqiy boʻlib boraveradi. Taʼlim mazmunini oʻzlashtirishda fanlararo bog‘lash, ularni umumlashtirish, tizimlashtirish, induktiv, deduktiv yondashish boʻlg‘usi pedagoglarning mantiqiy tafakkurini tarkib topib borishida muhim ro‘l oʻynaydi. Taʼlim jarayonining yuqori bosqichi talabalarda bilishga boʻlgan ichki ehtiyojni shakllantirish asosida mustaqil bilim olish malaka, koʻnikmalarini tarkib toptirishdir. Talabalar mantiqiy tafakkurini tarkib toptirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qoʻllash, taʼlim mazmuniga har tomonlama konseptual yondashish muhim ahamiyatga ega. Bunday taʼlim mazmunini o‘rganishda falsafiy asosini aniqlash, reproduktiv oʻzlashtirishdan ijodiy bosqichga koʻtarilish, hayot bilan bog‘lash, aqliy faoliyatda analiz, sintez kabi mantiqiy operatsiyalarni bajarishga yoʻnaltirish, mantiqiy fikr tugʻilishiga zamin yaratadi. Talabalar mantiqiy tafakkurini tarkib topishida pedagoglarimizning taʼlim jarayonini mantiqiylikka asoslangan holda yoritib borishi, ilmiylik, uzviylik, tizimlilik, hayotiylik prinsiplariga tayanish taʼlim jarayonini muammolashtirish, modullashtirish va boshqa interfaol metodlar ustuvor hisoblanadi. Taʼlim jarayonida bolg‘usi pedagoglarni ijodiy bilishiga yo‘naltirish shaxs ongida bunyodkorlik gʻoyalarini tarkib toptirishda zamin yaratadi, yuzaki bilish ijodiy bilishdan marhum etishni anglaydi, mustaqil ongli munosabatining shakllanishi bilim ekanligini tushunib yetadi. Demak, oliy oquv yurtlariga boʻlg‘usi pedagoglarning kasbiy shakllantirishda taʼlim jarayonini reproduktiv o‘qitishdan produktiv (mahsuldor) darajagacha ko‘tarish ijtimoiy zarurat sifatida qarashimiz lozim. Binobarin, pedagoglarimiz kasbini shakllantirishda mantiqqa tanqidiy tafakkurni tarkib toptirmay oʻquvchilarning mustaqil erkin tafakkurini shakllantirish mumkin emas. Talabalarda turli tomonlama tarmoqlanuvchi, bir vaqtning o‘zida turli yonalishlarga tarqaluvchi, ko‘plab yechim variantlarini yaratishga yo‘nalgan divergent tafakkurni shakllantirish orqali kutilmagan natija va yechimlarga ega bo‘lish.



Download 53.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling