Ilmiy ish asoslari a. O. Muminova
Download 82.84 Kb.
|
ILMIY ISH ASOSLARI 9 MAVZU
ILMIY ISH ASOSLARIA.O.MUMINOVATalabalarning ilmiy tadqiqot (kurs ishi, bitiruv malakaviy ishi) ishlarini tayyorlash jarayoni va ularni rasmiylashtirish
TAYANCH SO’Z VA IBORALAR:
Kurs ishi - o‘quv rejasiga kiritilgan, biror bir aniq mavzu bo‘yicha talaba tomonidan tayyorlanadigan, ilmiy-tadqiqot elementlarini o‘z ichiga olgan yozma ish shakli. Kurs ishiga ilmiy rahbar tanlanadi va u reja asosida amalga oshiriladi. Kurs ishi 20-25 betlik hajmda yoziladi. Kurs ishini tayyorlash jarayonida foydalanilgan barcha adabiy manbalar adabiyotlar ro’yxatiga kiritilishi shart. Kurs ishlari tayyor holga keltirilgach, tegishli kafedralarda himoya qilinadi. Diplom ishi (bitiruv malakaviy ishi (BMI)) mavzulari tegishli kafedralar tomonidan belgilanadi. Talaba o‘zi uchun bitiruv malakaviy ish mavzusini tanlash xuquqiga ega. BMIni yozish jarayonida talabaga ilmiy rahbar tayinlanadi. Diplom ishi 50-60 sahifadan iborat bo’ladi. Malakaviy ish mavzulari mutaxassis chiqaruvchi kafedra tomonidan shuningdek, zamonaviy fan-texnika, pedagogik texnologiyalari yutuqlarini e’tiborga olgan holda belgilanadi va oliy o‘quv yurti o‘quv-uslubiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi. BMI mavzulari amaldagi Nizomga muvofiq uch yilda bir marotaba yangilab boriladi. Talabaga bitiruv-malakaviy ish topshirig‘i, odatda, 4-kurs boshida beriladi. Malakaviy ishning maqsad va vazifalari: ➢ ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash hamda kengaytirish; ➢ tahsil davomida olingan nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish; ➢ egallangan bilimlarni muayyan ilmiy, metodik, texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy vazifalarni hal etishda qo‘llash; ➢ talabalarning ilmiy iqtidorini shakllantirish, tanlangan yo‘nalish bo‘yicha mustaqil va ijodiy ishlashga o‘rgatish; ➢ talabalarda ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha davlat ta’lim standartida ko‘rsatilgan fanlarga doir mavzularda ilmiy izlanishlar olib borish va ular yuzasidan ilmiy hamda amaliy xulosalar chiqarish, qarorlar qabul qilish malakasini shakllantirish. Download 82.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling