"Ilmiy ish asoslari" fanidan yakuniy nazorat savollari
Download 4.18 Kb.
|
Ilmiy ish asoslari fanidan yakuniy nazorat savollari-hozir.org
"Ilmiy ish asoslari" fanidan yakuniy nazorat savollari “Ilmiy ish asoslari” fanidan yakuniy nazorat savollari 1. Ilmiy bilimni verifikatsiyalash (tekshirish, nazorat qilish)ni qanday tushunish lozim? *A. Olingan natijalarni ratsional tekshirish imkoniyati; B. Olingan ishonchli bilimni yangi bilimga kiritish imkoniyati; C. Oldin rejalashtirilgan natijalarni olish imkoniyati sifatida; D. Ilmni o'z-o'zini o'rganish qobiliyati sifatida. 2. Ilmiy bilimning kumulyativ vazifasi nimada o'z ifodasini topadi? *A. Bilimlarni to'plab-yig'ib avloddan avlodga yetkazib berishda; B. Bilimlarni yangilab borish jarayonida; C. Bilimlarni differensiatsiya va integratsiya qilishda; D. Bilimlarni integratsiya qilishda; 3. Tadqiqot maqsadi va vazifalarining farqi nimada? A. Tadqiqot maqsadi - bu obyektning nima uchun o'rganilayotgani, tadqiqot vazifalari esa tadqiqot maqsadiga erishish uchun shakllantirilishi va javob berilishi lozim bo'lgan savollardir; B. Tadqiqot maqsadi - olim erishgan haqiqiy natijalar, tadqiqot vazifalari esa bu natijalarga erishish imkoniyatini bergan uslub va vositalardir; *C.Tadqiqot maqsadi - ilmiy izlanish jarayonida olim uchun asosiy bo'lgan, yetakchilik qilgan mantiq, tadqiqot vazifalari esa mazkur mantiq asosida vujudga keladigan izlanish dasturidir; D.Tadqiqot maqsadi - ijtimoiy buyurtma doirasida tadqiqot natijalariga qo'yiladigan talablar, tadqiqot vazifalari esa mazkur talablarni bajarishning ilmiy yo'llaridir. 4. ITIning kirish qismida nima sababdan adabiyotlar sharhi beriladi? A. Muallifning nazariy jihatdan tayyor ekanligini ko'rsatish uchun; B. Mavjud bo'lgan muammoda ishni muvofiqlashtirish hamda mazkur ishning maqsad va vazifalarini shakllantirish uchun bazaga ega bo'lish uchun; *C. Ma'lum ilmiy an'ana bilan mazkur ishning aloqasini ko'rsatish uchun; D. Kitobxonga tadqiqot xarakteri haqida kengroq ma’lumotlar berish uchun; 5. Nazariy manbada axborotning qanday turi bibliografik tavsifga kiritilmaydi? A. Muallif, mualliflarning ismi-sharifi; B. Manba nomi va yoki u joylashtirilgan nashr nomi; C. Nashr ma’lumotlari (nashr joy-nashriyot, nashr etish yili, betlar soni); *D. Ishning umumiy bahosi. 6. Ilmiy bilish nimadan boshlanadi? A. ilmiy tеrminlarni o’rganishdan B. ilmiy qonunlar, nazariyalar va farazlarni o’zlashtirishdan *C. voqеa-hodisalarni idrok qilishdan boshlanadi D. ilmiy faoliyat va ijoddan 7. Bilishning manbai ... A. ilmiy tеrminlar B. ilmiy qonunlar, nazariyalar va farazlar C. ilmiy faoliyat va ijod *D. ilm va tajribadir. 8. Bilishning eng yuqori bosqichini ko’rsating. A. ilmiy ijod qilish B. ixtiro qilish *C. tafakkur qilish D. ilmiy faoliyat yuritish 9. Mavjud obyеktlar, jarayonlar va hodisalarni umumlashtirib idrok qilish… A. faraz B. ta'rif *C. tasnif D. tajriba 10. Ilmiy bilim nimalarda namoyon bo’ladi? A. o’quv-uslubiy adabiyotlarda B. ilmiy tadqiqiy faoliyat yuritishda C. kasbiy faoliyatning turi vositasida *D.ilmiy-nazariy xulosalar va amaliy tavsiyalarda 11. Bilishning qanday turlari mavjud? *A. oddiy (kundalik) bilish va ilmiy bilish B. ilmiy tadqiqotlar va ilmiy izlanishlar C. ilmiy dalillar va ilmiy uslublar D. ilmiy farazlar va tajriba 12. Qaysi javob ilmiy bilish jarayonini ifodalaydi? A. g’oya va faraz *B. ilmiy tadqiqiy faoliyat C. amaliy tavsiyalar D. ilmiy ta'riflar 13. Qaysi javob ilmiy bilish jarayoniga kirmaydi? A. differensiatsiya B. ilmiy tadqiqiy faoliyat *C. amaliy tavsiyalar Download 4.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling